Xadichai kubro ayol qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Qoriyalar musobaqasi”

        Bismillahir Rohmanir Rohim…

         Yer yuziga Qur’onni  nozil qilib va uni hifz qilishni O’z zimmasiga olgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin. Qur’on ta’limida muallimlar sayyidi bo’lgan Rosululloh sollalolhu alayhi vasallamga behisob salovat va salomlar bo’lsin…

Bugun 22.12.20 sanasida Xadichai kubro ayol qizlar o’rta maxsus  islom ta’lim muassasasida Qur’oni Karim musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqa ko’tarinki ruhda bo’ldi va barcha talabalar faol ishtirok etishdi. Musobaqa 2 xil yo’nalishda Murattaba hamda mujavvida yo’nalishlarida.bo’ldi.

Musobaqada mehmon ustozlardan Toshkent Islom Instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi katta o’qituvchilari Ahmad Qori Rashidov hamda Zafar qori Mahmudovlar hakam sifatida ishtirok etdilar. Yana hakam sifatida  Xadichai kubro ayol qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudirasi Nozima Ibragimova hamda ta’lim muassasasi katta o’qituvchilaridan Odinaxon Muhammad Yusuf va Adina Saidahmedovalar ishtirok etdilar.

         Dastlab musobaqani Murattaba yo’nalishidagi talaba qizlar ochib berishdi. Har ikki yo’nalishida 3 ta savol asosida biletlar tuzildi. Qur’ondan 3 ta savol berildi. Murattaba yo’nalishida 1-o’rinni 3-kurs talabasi Xo’jayor Amina, 2-o’rinni 4-kurs talabasi Sobirova Sofiyya, 3-o’rinni 3-kurs talabasi Vahobova Madina egalladilar. Mujavvida yo’nalishi bo’yicha 1-o’rinni 2-kurs talabasi Abduqahhorova Nozima, 2-o’rinni 4-kurs talabasi Abduxalilova Mahbuba, 3-o’rinni 4-kurs talabasi Alimova Robiya egalladilar. Barcha talabalarga mukofot va esdalik sovg’alar topshirildi. Bundan tashqari “Tahfiz guruh” talabalariga ham faxri yorliq va mukofotlar berildi.

Xadichai kubro ayol qizlar o’rta maxsus

Islom bilim yurti o’qituvchisi Kejaboy Gulruh

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*