UBAYDULLA UVATOV- MANBASHUNOSLIK VA HADISSHUNOSLIK ILMI DARG’ASI

Bu gulshan ichra yòqdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.
Alisher Navoiy

Qadimdan O’zbekiston buyuk allomalar yurti, dunyoga ziyo taratgan ulug’ olimlar beshigi sanaladi. Bizning ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirgan qimmatli manbalar asrlar davomida butun jahon miqyosida òrganilib, insoniyat ulardan istefoda etib foyda olib kelmoqda. Ushbu asarlarni yanada o’rganish va omma xalqqa yetqazish lozim bòlib, bu olimlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Filologiya fanlari nomzodi Ubaydulla Uvatov bu haqida shunday deganlar: “Boy va ko‘hna tariximiz, nafis madaniyatimiz va turfa xil qadriyatlarimizning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘pdan-ko‘p buyuk allomalarning hayoti va ijodlari hali-hanuz xalqimizga, keng jamoatchilikka yetib bormagan, ularni har tomonlama o‘rganib, xalq ommasiga yetkazish olimlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Ma’lumki, payg’ambarimiz alayhissalom hadislarini to’plash, ularni tartibga solib, qimmatli asarlar yaratishda Movarounnahr va Xuroson olimlarining hissalari benihoya katta bo‘lgan. Chunonchi, hadis ilmida bu zaminning farzandlari—oltita mashhur muhaddis yaratib ketgan asarlar (bu asarlar islom dunyosida “Kutubi sitta” (“Olti kitob”) yoki “Sihah sitta” (“Olti sahih kitob” nomi bilan ataladi) shoh asarlar hisoblanadi. ”
Said ibn Musayyab Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan, u zot Nabiy sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi. Sarvari Olam sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Yer yuzidagi amallarning afzali uchtadir. Ilm olish, jahd va kasb qilish, chunki ilm tolibi Allohning habibi, g’oziy Allohning avliyosi va kasb qiluvchi Allohning do’stidir” . Ushbu hadisi sharifda ilm – yer yuzidagi amallarning eng afzali ekani bayon qilinganini ko’ramiz. Ilmni o’rganish o’ta fazilatli amal bo’lganidek uni o’rgatish, tarqatish, keyingi avlodlarga yetqazish ham ulug’ fazilatga ega amal sanalishi barchamizga ma’lum. Bu borada bizlarning yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk bobokalonlarimiz ko’plb sa’y-harakatlar qilib, keyingi avlod uchun meros bo’lib qoladigan qimmatli asarlarni bitganlar va o’z ilmiy faoliyatlari bilan tarix sahifalarida katta iz qoldirganlar.
Ajdodlarimzidan meros bo’lib qolgan manbalar ustida izlanishlar olib borgan, ularni o’rgangan biz bilan zamondosh va yurtdosh bòlgan alloma Ubaydulla Uvatov – hadisshunoslik va manbashunoslik ilmlariga o’z hissasini qòshgan buyuk alloma sanaladi. Ubaydulla Uvatov Toshkent islom universitetining Manbalar xazinasi bo’limi mudiri, Imom Buxoriy xalqaro markazi rahbari hamda umrining oxiriga qadar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Olim Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Muin Nasafiy, Amir Temur kabi siymolarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar, kitob va monografiyalar muallifidir. 200 dan oshiq maqola, 50 ga yaqin kitob va risolalar tayyorlagan. Uning rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
Olimning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib qadrlanib, “Mehnat shuhrati” ordeni va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Taniqli islomshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov – 80 yoshida vafot etdi.
Yurtimizdan yetishib chiqqan uluģ allomalarimiz asarlarini òrganish va ular ustida izlanishlar olib borib ushbu asarlar bilan tanishib, ulardan bahramand bòlishimiz uchun qulayliklani barpo qilgan adiblarimiz, yurtdosh, zamondosh allomalarimiz mehnatlarini e’tirof etilishi va qadrlanishi lozim bòlgan buyuk hizmat sanaladi. Zero, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy òz baytlarida olimlanrni e’zozlash Rasululloh sallallohu alayhi vasalllamni e’zozlash ekanini bayon qilib shunday deganlar:
Kishikim qilsa olimlarga ta’zim,
Andoqki qilur payg’ambarga ta’zim.
Ushbu baytda bayon qilinganidek, kimki olimni ulug’lasa u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ulug’lagan bo’ladi.
Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo bandalaridan ilmni tortib olish bilan ko’tarmaydi, balki ilmni olimlarni olish bilan ko’taradi, hattoki bironta olim qolmaydi. Shunda odamlar johil boshliqlarni ushlaydilar, ulardan so’raydilar, ular javob beradilar, o’zlari ham adashadilar, odamlarni ham adashtiradilar” . Hadisi sharifda xabari berilgan kunlar kelmay turib ilmni egallashga va uni keyingi avlodga yetqazishga harakat qilgan ulamolarimizni Alloh O’z rahmatiga olsin.

Xadichai kubro ayol-qizlar o’rta-maxsus islom ta’lim

 muassasasi o’qituvchisi Gulruh Kenjaboy

U.Uvatov. “Muslim ibn al-Hajjoj”.  Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1995. 3-bet

[1] Al-Faqih Abu Lays As-Samarqandiy “Tanbehul G’ofiliyn” Toshkent:Movaraunnahr, 2014, 366-bet.

[1] Faqih Abu Lays As-Samarqandiy “Tanbehul G’ofiliyn” Toshkent:Movaraunnahr, 2014, 368- bet

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*