TADBIRKORLAR YANGI OZBEKISTONNING POYDEVORI

Yurtimizning eng ulug, eng aziz shodiyonasi – mustaqillik bayrami arafasida oz taraqqiyot yolimiz davomida erishgan natijalarimizni sarhisob qilish, kelgusidagi rejalarni belgilab olish yaxshi ananamiz hisoblanadi. Tarixan qisqa davr mobaynida Ozbekiston asrlarga tatigulik yutuqlarni qolga kiritdiki, bundan har birimiz cheksiz faxr va iftixor hissini tuyamiz.

Hammaning yodida, Respublikamiz mustaqilligini elon qilinishi yurtimizda ishlab chiqarish samaradorligi keskin pasaygan, yalpi ichki mahsulot hajmi tushib ketgan, iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari oqsab qolgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga togri keldi.

Ana shunday murakkab vaziyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilga asoslangan ozbek modeli ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Taraqqiyotning ozimizga xos va mos bolgan ushbu yoli nechogli togri hamda samarali ekanligini bugun hayotning ozi yaqqol tasdiqlab turibdi.

Buning amaliy isbotini yurtdoshlarimizning farovon hayoti taminlangani, shahar hamda qishloqlarimiz tobora gozal qiyofa kasb etayotgani, har yili koplab zamonaviy korxona va zavodlar ishga tushirilib, ularda jahon bozorida haridorgir bolgan mahsulotlar ishlab chiqarilayotgani misolida yaqqol korishimiz mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati, xususan kichik biznesni rivojlantirish yolida amalga oshirilgan ishlar tufayli bugungi kunda xalqimiz xonadonlaridagi maishiy texnika vositalaridan tortib, dasturxonlaridagi noz-nematlargacha, kochalarimizni toldirib yurgan zamonaviy avtomobillardan tortib, qishloq xojaligi mashinalarigacha – barcha-barchasi ozimizda ishlab chiqarilayotgani kongilimizni togdek kotaradi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot otkazdi.

Bunday shakldagi uchrashuv ilk bor otkazildi va unda jami on mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yonalishi etib belgilangan. Songgi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Ularga asosan, 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga otkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari ortacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo boyicha koplab cheklovlarga barham berildi.

Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi subektlar keskin kopayib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Kop ishbilarmonlar oz biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish orinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda oz nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.

Davlatimiz rahbari ana shunday azmu shijoatli va fidoyi tadbirkorlarning ayrimlarini tilga olib, xalqimizga madadkor bolayotgani uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

Malumki, mazkur ochiq muloqot oldidan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar soralgan edi. Turli masalalarga oid 15 mingdan ortiq murojaatlar boldi.

Prezidentimiz oz nutqida ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yonalishni korsatib otdi. Birinchi yonalish biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi soliq tizimini takomillashtirish va biznesga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi yer ajratish, tortinchisi infratuzilma, beshinchisi eksportyor korxonalarni qollab-quvvatlash, oltinchisi transport-logistika, yettinchisi sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish masalalariga qaratildi.

Davlatimiz rahbari har bir yonalish boyicha dolzarb vazifalarni korsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Masalan, murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish  va moliya-kredit masalalari bilan bogliq bolgan. Jumladan, kredit stavkalarining yuqoriligi va koplab kreditlar qisqa muddatga,  tadbirkor uchun noqulay shartlarda berilayotgani qayd etilgan. Shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlar valyuta kursining muntazam osishi hisobiga tadbirkor uchun qoshimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda.

Shu bois banklarning kapitalini oshirish choralari belgilandi. Xususan, kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasidan bozor tamoyillari asosida qoshimcha 600 million dollar ajratiladi. Xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion somlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Xorijiy banklar kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.

Yana bir muhim yangilik banklar resursni qanday valyutada jalb qilishidan qatiy nazar, tadbirkorlarga kreditni somda va maqbul foizlarda berish tizimi yolga qoyiladi. Shu maqsadda Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.

Malumki, songgi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Yaqingacha Pensiya, Maktab va Yol jamgarmalariga biznes uchun ogir yuk bolgan 3,2 foizli yigimlar tolanar edi. Ushbu yigimlar  korxonalarning foydasidan qatiy nazar, oborotdan olinib,  ularning miqdori korxonalarning kamida 25-30 foiz foydasiga teng edi. Molk-mulk, daromad soligi va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi.

Prezidentimiz bu sohada ham tadbirkorlarga qoshimcha qulayliklar yaratilishini qayd etdi.

Jumladan, 2020-yil fevral oyida Maxsus iqtisodiy zonalar togrisidagi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda royxatdan otgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qoshilgan qiymat soligining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Bu ularga aylanma mablaglarini kopaytirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, chetdan olib kelingan tovarlar uchun  qoshilgan qiymat soligini 120 kun davomida bolib-bolib tolashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga yer qaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi.

Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida xizmatlar sohasini qollab-quvvatlash muhimligini takidlab, otgan yili berilgan imtiyozlar muddatini uzaytirishga korsatma berdi. Umumiy ovqatlanish korxonalari yil yakuniga qadar yer va mulk soligidan, turizm kompaniyalari va mehmonxonalar 2 yil muddatga turistik yigimlardan ozod qilinadigan boldi.

Amaldagi tartibga kora, tadbirkorlar qoshilgan qiymat soligidagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu 14 ming tadbirkorga tegishli bolib, ular uchun qoshimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik, degani.

Shu bois mutasaddilarga kelgusi yildan qoshilgan qiymat soligini qoshimcha hujjatsiz qaytarish tartibini joriy etish vazifasi qoyildi.

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolardan yana biri yer ajratish bilan bogliq. Bu masala boyicha Prezidentga 4 mingdan ziyod murojaat bolgan.

Joriy yil 16-avgust kuni Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida qonun qabul qilindi. U bilan yerlarni iqtisodiy pul aylanmasiga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov obektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi.

Endi qishloq xojaligi yerlari ochiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi.

Kopchilik tadbirkorlarni oz korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri oylantirishi tabiiy. Prezidentimiz ushbu korxonalarga hozirda egallab turgan yer maydonlari mulk qilib rasmiylashtirib berilishini takidladi.

Biznes subektlarini infratuzilma bilan taminlash masalalariga ham alohida etibor qaratildi. Qayd etilganidek, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard somga teng loyihalar boyicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yol infratuzilmasini yetkazib berish toliq davlatning zimmasida boladi. Bu imtiyoz hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qollanib kelinmoqda.

Shuningdek, kelgusi 2 yilda respublika boyicha qoshimcha 200 ta sanoat zonalari tashkil etilib, ularga ham kommunal va yol infratuzilmasi davlat tomonidan yetkazib beriladi. Ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda byudjetdan 2 trillion som mablag` ajratiladi.

Tadbirkorlar etiroziga sabab bolayotgan yana bir muammo elektr tarmoqlariga ulanishda kichik korxonalarga ham yirik zavodlar bilan bir xil talablar qoyilgan.

Shu bois kelgusi yil boshidan bu borada qulay tizim joriy etiladi. Elektr tarmogiga ulanish toliq elektron platformaga otkaziladi va barcha jarayonlar bir bosqichga tushiriladi. Tadbirkorlarni elektr tarmogiga ulash muddati 20 kilovattgacha bolgan quvvatlar uchun 10 kun, 50 kilovattli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi. Agar, elektr taminoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, tadbirkorlarga kompensatsiya tolaydi.

Davlatimiz rahbari eksportyor korxonalarni qollab-quvvatlash,  kichik biznesni eksport faoliyatiga jalb qilish boyicha ham qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Masalan, otgan yili pandemiya davrida toqimachilik korxonalariga eksportdan valyuta tushumini kutmasdan qoshilgan qiymat soligini qaytarib berish tartibi joriy etilgan edi. Endi ushbu tartib barcha tarmoqlarning halol va intizomli eksportyorlariga nisbatan ham tatbiq etilishi aytildi.

Shuningdek, yiliga 20 million dollardan ortiq eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha  imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Hozirgi kunda ayrim homashyolar importi uchun boj stavkalari yuqori ekani korsatib otildi. Oqibatda ular asosida mahsulot ishlab chiqarishdan kora chetdan olib kelish arzonroq bolmoqda.

Shu bois, hukumatga homashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun  import boji stavkalarini pasaytirish boyicha topshiriq berildi.

Transport-logistika xizmatlarini rivojlantirish, tadbirkorlarning yuklarini tashishni yengillashtirish masalalariga ham toxtalib otildi. Yuk avtomobillari va temir yol vagonlarini olib kirish boyicha berilgan imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirilishi malum qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, subsidiyalar olish jarayonini osonlashtirish boyicha ham koplab korsatmalar berildi.

Muloqotda tadbirkorlar sozga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi.

Prezidentimiz bunday ochiq muloqotni ananaga aylantirib, har yili tashkil etish, 20 avgustni mamlakatimizda Tadbirkorlar kuni deb elon qilish taklifini bildirdi. Bu takliflar keng qollab-quvvatlandi.

Tadbirkorlarning korxonalari joylashgan, hozirda egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida, egallab turgan yer maydonlari, ularga mulk qilib rasmiylashtirib beriladi.

Yani, bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining ozi haqli boladi. Bunda, yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, yerlar imtiyozli shartlar asosida, ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan: Tadbirkorlar shuni sezsinki, ular 5 nafar odam ishlatadimi yoki 10, 50 nafar odam ishlatadimi, ular bizning islohotlarimizning islohotchisi. Ular yangi Ozbekistonning zamini – Prezident.

“Men siz tomondaman”. Prezident taqdim etilayotgan yengilliklarga javoban tadbirkorlarni halol ishlashga davat qildi.

                                                                                   “Xadichai Kubro” ayol-qizlar oʼrta maxsus islom talim muassasasi

 oʼqituvchisi Joziba Jamol qizi

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*