“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR OʻRTA MAXSUS ISLOM TAʼLIM MUASSASASI OʻQITUVCHILARI DAVRA SUHBATIDA

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi direktori boshchiligida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 22 sentabr kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasining direktori N.Ibragimova boshchiligida yoshlar bilan amalga oshiriladigan diniy-maʼrifiy, axborot va tashkiliy ishlar yuzasidan Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Din niqobidagi ekstremizm – yoshlarning kelajagi uchun tahdid” va “Islomda odob axloq va kiyinish madaniyati” mavzularida davra suhbati uyushtirildi.

Suhbat davomida bugungi kunda islom dini va uni oʻrganish uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, dinni yaxshi tushunmagan gʻoʻr yoshlarning turli yot gʻoyalarga aldanib qolayotgani, buni oldini olish uchun dinni puxta bilish kerakligi, yurtim izda bu sohada dars berib kelayotgan yetuk olim va mutaxassislardan oʻrganish lozimligi, qaysi sayt va kanallarga kirmaslik kerakligi haqida slaydlar asosida tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek, kiyinish madaniyati, uning odoblari haqida ham aytib oʻtildi. Suhbat juda manfaatli va savol-javoblarga boy boʻldi.

 

 

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*