“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR OʻRTA MAXSUS ISLOM TAʼLIM MUASSASASIDA RASMIY TASHRIF

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga Rossiya Federatsiyasidan rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.

 

Joriy yilning 23 sentabr kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga “Россия сегодня” xalqaro axborot agentligi federal unitar korxonasi tashabbusi bilan “Спутник -Ўзбекистон” sayti ta’lim muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba hamda o’qituvchilar bilan suhbat o’tkazish maqsadida rasmiy delegatsiya sifatida journalist Anna Jelikovskaya tashrif buyurdi.

Tashrif juda ko’tarinki kayfiyatda boshlandi. Mehmon madrasa hayoti, uning faoliyati, ishchi xodima va talabalar bilan tanishib dildan suhbatlashdi. o’quv binosini ko’zdan kechirib, madrasa hududi bo’ylab sayohat qildi. Tashrif chog’ida muassasa va ta’lim jarayoniga oid o’zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Ayniqsa, o’zbek qiz va ayollarining bu yerda 3-4 farzandi bilan oilali bo’la turib sifatli va namunali ta’lim olayotganini ko’rib hayratda qoldi va yana bir bor o’zbek ayolining matonati va ilmga bo’lgan muhabbatiga tan berdi. Tashrif juda mazmunli va foydali bo’ldi.

    Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha

 direktor oʻrinbosari Z.Komiljonova

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*