“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR OʻRTA MAXSUS  ISLOM TAʼLIM MUASSASASIDA “JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT” SHIORI IJROSI

 

2021-yilning 9 oktabr kuni ta’lim muassasasida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

 

Joriy yilning 9 oktabr kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi talabalariga bugungi kunda hanafiylik va moturidiylik e’tiqodiga xavf tug’dirayotgan, yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan turli yot g’oyalar va unga raddiya berish maqsadida “Jaholatga qarshi marifat shiori ostida davra suhbati bolib otdi.

Suhbatni Ozbekiston Xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti, DIQning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Jahongir Meliqoziyev va DIQning Uchtepa tumani bosh mutaxassisi Dilfuza Egamovalar taqdimot asosida olib bordilar. Taqdimotda oxirgi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan diniy-marifiy sohadagi islohotlar, bugungi nematlar shukronasi, shu bilan birga, aldanib qolayotgan shaxslar va ularning buzilgan fikr-goyalariga qarshi faqat ma’rifat va dinni to’g’ri tushuntirish orqaligina kurashish, ularning noto’g’ri va nosog’lom fikrlarini o’zgartirish mumkinligini tushuntirib o’tishdi. Talaba qizlar bu suhbatdan juda ko’plab yangi va foydali ma’lumotlar oldilar.

 

      Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar 

boʻyicha direktor oʻrinbosari

 Zaynab Komiljonova

 

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*