KINOYA LAFZLAR BILAN QACHON BOIN TALOQ TUSHADI?

Hozirgi kunda taloq mavzusiga oid savollar ko’paygan va ularning egalari javobni turli yo’llar bilan izlashmoqda. Ammo bunday masalalar juda muhim sanalib, ularni hal qilishda jiddiy ahamiyat qaratish lozimdir. Shuning uchun taloq masalalari er-xotin ishtirokida imom huzurida hal qilinadi. Barcha narsa batafsil bayon qilingach, imomning xulosasiga qarab ish tutiladi. Alloh taolo O’zining kalomida
“Taloq ikki martadir. So’ngra yaxshilik ila ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo’yib yuborish”, (Baqara surasi, 229-oyat)
deb bandalariga taloqning hukmini bayon qildi.
Abdulloh ibn Umar r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Rosululloh s.a.v. :
“Alloh eng yomon ko’rgan halol – taloqdir”, dedilar”. (Abu Dovud va ibn Moja rivoyati).
Sahobalar Alloh taoloning oyati, Rosuli akram s.a.v.ning so’zlariga muvofiq chorasiz qolganlarida taloq lafzini bir martadan aytmas va idda chiqquncha kutar edilar.
Zamonamizga kelib esa, odamlarni taloq masalasiga oid ilmlari kamligi tufayli bu lafzga e’tiborsizlik bilan qarab, ayollarini ochiq-oydin lafzlar bilan yoki kinoya lafzlar bilan bir necha marta taloq qo’ymoqdalar. Natijda oila birga yashashni imkoni qolmaydigan darajada buzilib ketmoqda.
Xususan, kinoya lafzlar bilan ayoliga taloq berib, so’ng vaziyatni imomga to’liq va aniqlik bilan bayon qilmay, “mana, domladan so’radim, taloq tushmapti” deya qayta nikohsiz yashayotganlar afsuski, oramizda uchrab turibdi. Mana shu e’tiborsizlik, bu masalaga yengil qarashi oqibatida umrini gunoh va ma’siyat bilan o’tkazib kelmoqda.
Kinoya lafzlar – bu so’zlar ma’nosi ham taloq ham boshqa ma’noga ehtimol qiladi va holatga, erining niyatiga qarab ba’zan taloq ma’nosi tushuniladi ba’zan esa asl so’zning ma’nosi anglanadi.
Aytilgan so’z qay holatda, qanday niyatda aytilgani juda muhimdir.
Masalan, er xotiniga taloqqa va so’kish-haqoratlashga ham ishlatiladigan “ket, yo’qol, haromsan” kabi so’zlarni aytsa, quyidagi holatlarga qaraladi.
1. Agar bu kabi so’zlarni ajrashish niyatida aytsa, bir boin taloq tushadi. Bu holatda albatta, nohok o’qitish shart qilinadi, nikohsiz qayta yashab bo’lmaydi.
2. Agar ajrashishdan boshqa narsani, masalan ayoli uning yonidan ketishini, yohud ota uyiga ketishini niyat qilib aytgan bo’lsa, bunday holatda taloq tushmaydi.

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi F.Ibrohimova

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*