Nabiy sallolohu alayhi vasallamning osorlarini saqlash shirkmi?

Najd ulamolari Rosululloh (s.a.v) ga tegishli bo’lgan joylar va narsalarni shirk bo’lib qolmasin deb yo’q qilib yuborganlar. Ular buni “shirkdan bir bo’lak” deydilar va o’zlariga Imom Sho’badan rivoyat qilingan hadisni dalil qiladilar: Umar r.a bir joyda namoz o’qiydilar, qarasalar odamlar bir joyga “Rosululloh (s.a.v) shu yerda namoz o’qiganlar” deb, to’planishayotgan ekan. Shunda Umar (r.a): Ahli kitoblarning halok bo’lish sabablaridan biri ular payg’ambarlarining osorlarining ortidan mahkam tutib, o’zlariga kanisa qurishgan. Agar kimni namoz o’qish niyati bo’lsa, to’xtab namoz o’qisin, bo’lmasa yo’lida davom etsin”- dedilar.
Ulamolarimiz bunga raddiya qilib, bir necha hadislarni keltiradilar:
1. Umar (r.a) insonlarni o’sha yerda namoz o’qishdan qaytarganlarining sababi, odamlar o’sha yerda namoz o’qishni vojib deb tushunib qolmasliklari uchun bo’lgan. Chunki, Umar (r.a) ning o’zlari ham Rosululloh (s.av) dan qolgan osorlarni tabarruk qilganlar. “Kitabul mag’oziy” da : Jangda Zubayr (r.a) Quraysh mushriklarining kattalaridan bo’lgan Abu Zotul Kirish degan kishini o’ldirganlar.Aslida bu mushrik kishi jangga juda pishiq himoya kiyimlarini kiyib chiqqan.Hatto, uning faqatgina ikki ko’zi ochiq qolgan. Zubayr (r.a) nayzalarini otib, shu kishining ko’ziga tekkizganlar. Keyin nayzalarini mushrikning ko’zidan arang, oyoqlari bilan tortib chiqarganlar. Nayzaning ikki tomoni qiyshayib qoladi. Rosululloh (s.a.v) o’sha nayzani Zubayr (r.a) dan so’raydilar. U zot (s.a.v) vafotlaridan keyin, Abu Bakr (r.a), so’ngra Umar (r.a) o’sha nayzani olib qo’yganlar. Rosululloh (s.a.v) nayzani tabarrukan olib qo’yganlar. Chunki nayza ishlatishga yaroqsiz bo’lib qolgan edi. Bas, sahobalar ham shuning uchun nayzani saqlab qo’yganlar.
Umar (r.a) Hajarul asvadga qarab, “Agar Rosululloh (s.a.v) seni o’pmaganlarida seni o’pmasdim” deganlar.
2.Imom Buxoriyning sahihlaridagi “isti’zan” bobida kelgan hadisda:, Rosululloh (s.a.v) Ummu Sulaym ( r.a) ning uylarida yotganlarida, u zotdan ter chiqadi. Ummu Sulaym (r.a) bu terlarni bir kiyimga yig’ib olayotganlarida, Rosululloh (s.a.v) buni ko’rib “nima qilyapsan?” deydilar. Shunda Ummu Sulaym “tabarruk qilyapman” deb javob beradilar.Rosululloh (s.av) esa “to’g’ri qilyapsan”-deganlar.
3.Ibn Umar (r.a) ning Makka va Madinadagi namoz o’qigan joylarini qidirib, o’sha yerda o’zlar ham namoz o’qib, bolalari va shogirdlariga u yerlarni ko’rsatib ketganlar.
Sahihul Buxoriyda Muso ibn Uqbadan rivoyat qilinadi: “Solim ibn Abdullohni namoz o’qish uchun yo’lda makon qidirayotganlarini ko’rdim, va u kishi otalari ham o’sha yerda namoz o’qiganlarini va Rosululloh (s.a.v)ning ham o’sha yerda namoz o’qiganlarini ko’rganlarini aytardilar”.
Darhaqiqat, Salafiylar o’zlarga Umar (r.a) ning shirkdan saqlanish uchun “Bay’ati Rizvon” daraxtini kestirganlarini dalil qiladilar.
Bunga javoban ulamolarimi shunday deydilar:
1.Avvalo kesilgan daraxtning “Bay’ati Rizvon” daraxti ekanligida shubha bor.
2. Umar r.a u daraxtni kesishlarining sababi, odamlar u daraxt atrofini “bayram, nishonlanadigan yer” qilib olganliklari bo’lishi mumkin.
Rosululloh (s.a.v) ning hozirgacha saqlanib qolgan va bizgacha sanadi sahih bo’lib kelgan osorlari:
U zot (s.av)ning jubbalari, ikki qilichlari, Badrdagi bayroqlari, tishlari, mo’yi muboraklari, Muqovqisga yozgan xatlari.
Yuqorida keltirilgan javoblardan, Rosululloh (s.a.v)ning osorlari ularga ibodat qilish ma’nosi uchun emas, balki bu osorlarni tabarrukan, U zot (s.a.v)ning barakalari bizlarga ham o’tsin deb saqlashimiz joizligini anglaymiz.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta
maxsus islom ta’lim muassasasi
o’qituvchisi M.Mamatxonova

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*