“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR OʻRTA MAXSUS ISLOM TAʼLIM MUASSASASIDA “MAVLIDUN NABIY” TADBIRI

 

2021-yilning 18 oktabr kuni ta’lim muassasasida “Shafoatingizdan umidvormiz, yo Rasululloh (s.a.v)” deb nomlangan mavlid tadbiri bo’lib o’tdi.

 

       Joriy yilning 18 oktabr kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida Rasululloh (s.a.v.) sunnatlarini tiriltirish, ularni ko’proq esga olib salovatlarni ko’paytirishga va ajru-savob olishga undaydigan oy Rabiul-avval oyi kirgani munosabati bilan “Shafoatingizdan umidvormiz, yo Rasululloh (s.a.v.)” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir uch qismdan tashkil topgan bo’lib, tadbirning birinchi qismida 1 va 2-kurs talabalari tomonidan tayyorlangan turli pazandachalik, tikuvchilik, to’quvchilik va qo’l mehnati namunalari aks etgan xayriya ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada barcha faol qatnashib, talabala o’zlarining ijodlaridan namunalarni taqdim qildilar.

      Tadbirning ikkinchi qismi esa mavlid oyi munosabati bilan uyushtirilgan xattotlik ko’rgazmasi bilan davom etib, 1-kurs talabalari o’zlarining turli yozuvlardagi xattotlik namunalarini namoyish etishdi va ularning bu ijod mahsullari ijobiy baholanib turli nominatsiyalarga munosib ko’rildi.

      Tadbirning asosiy qismi ya’ni uchinchi qismi esa bevosita Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga bag’ishlangan bo’lib, ularning hayotlari aks etgan sahnalar, nashidalar, mavlid solnomasi va ular tavsiya etgan duolar, nasihatlardan iborat videoroliklar bilan davom etdi.

      Tadbir barchaga yana bir bor kimning ummati ekanimizni, ularga salovotlarni yanada ko’paytirishimiz va ularning sunnatlariga amal qilishimiz kerakligini eslatib o’tdi, bu tadbirdan barcha birdek ta’sirlandilar.

  

      Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar

boʻyicha direktor oʻrinbosari

 Zaynab Komiljonova

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*