Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobitning “Musnad” nomli kitobi

Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobitning
Musnad nomli kitobi
Imom A’zam Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobitning musnadi.Kashf az-zunun asari muallifi: Imomi A’zam Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (vafoti 150 h.) ning «Musnad»ini shogirdi Hasan ibn Ziyod al-Lu’lu’iy rivoyat qilgan. Qosim ibn Qutlubg’o al-Hanafiy mazkur «Musnad»ni al-Horisiyning rivoyatiga binoan fiqh boblari asosida tartibga keltirgan. Shuningdek, Qosimning «Musnad»ga yozgan ikki jildlik «Al-amoliy»si mavjud. Jamoliddin Mahmud ibn Ahmad al-Qunaviy ad-Dimashqiy (vafoti 770) «Musnad»ni qisqartirib, uni «Al-Mu’tamad» deb nomladi. Keyin «Musnad»ni sharhlab, «Al-Mustanad» deb nom berdi. Abu al-Muayyid Muhammad ibn Mahmud al-Xorazmiy (vafoti 665 h.) uning zavoid (ziyoda) larini to’pladi. Al-Xorazmiy dedi: Shomda «Musnad»ning miqdorini kamaytirib ko’rsatib, boshqa asarlarni esa qadrini yuqori ko’rsatayotgan ba’zi bir kishilarni ko’rdim. Abu Hanifa kam hadis rivoyat qilgan. Bunga ash-Shofiiyning «Musnad»i va Molikning «Muvatto»si dalil bo’la oladi deganlar ham bo’ldi. «Musnad»i yo’q deb da’vo qilganlar ham bo’ldi. Shunda mening g’ayratib kelib, hadis ulamolari to’plagan 15 ta musnadini birlashtirishga bel bog’ladim. Al-Xorazmiy: «Ushbu asarni fiqh boblariga asosan, qaytarilganlarini va takroriy isnodlarni tashlab to’pladim», dedi.Ushbu musnadlar majmuasiga bitilgan «Muxtasarlar»:
Imom Sharafuddin Ismoil ibn Iso ibn Davlat al-avg’oniy al-Makkiy (vafoti 892) ushbu asarni muxtasarini yozdi va unga «Ixtiyaru etimodi al-masanid fi ixtisori asmoi ba’zi rijoli al-asanid» «Isnodning ba’zi kishilari ismlarini qisqartirishda musnadlarga suyanish ixtiyori» deb nom berdi. «Muxtasar» da Imom Abu Hanifaning yuksak fazilat-martabalari haqida ham qisqacha ma’lumot keltirdi.
Imom Abu al-Baqo Ahmad ibn Abu az-Ziyo Muhammad al-Qurashiy al-Adaviy al-Molikiyning muxtasari «Al-Mustanad fi muxtasari al-musnad» – «Musnadning muxtasaridagi mustanad (tirgak)» deb ataladi.
Muhammad ibn Abod al-Xallotiy (vafoti 651 h.) ham muxtasar yozib, «Maqsadi al-musnad” «Musnaddan ko’zlangan maqsad» deb nomladi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Hanafiy ham «Muxtasar yozdi».
Ibn al-Bazzor nomi bilan mashhur Hofiziddin Muhammad ibn Muhammad al-Kardariy (vafoti 827 h.) asarning zavoidlarini (ziyodalarini) to’pladi.
Jaloliddin as-Suyutiy (vafoti 911 h.) ushbu «Musnadlar to’plami» ga sharh yozdi va uni «At-ta’liqo al-munifa a’la musnadi Abi Hanifa» – «Abu Hanifa musnadiga yuqori darajali sharh» deb atadi. Ushbu sharh – «Dinimizni mukammal qilgan Alloh Taologa hamd aytaman» deya boshlanadi.
«Tahzib At-Tahzib» da aytiladi: Abu Hanifa kufiy fors o’g’lonlaridan edi. Abu Hanifa sahobiy Anas ibn Molikni ko’rganlar. Ato ibn Abu Raboh, Osim bin Abu an-Najud, Alqama ibn Marsad, Hammod ibn Abu Sulaymon, Hakam ibn Atiyba, Salama ibn Kuhayl, Abu Ja’far Muhammad ibn Ali, Ali bin al-Aqmar, Ziyod ibn Aloqa, Saqid ibn Masruq as-Savriy, Adiy ibn Sobit al-Ansoriy, Atiyya ibn Sa’d al-Avfiy, Abu Sufyon as-Sa’diy Abdulkarim Abu Umayya, Yahyo ibn Sa’d al-Ansoriy, Hishom ibn Urvadan hadis rivoyat qildi. Abu Hanifadan o’g’li Hammod, Ibrohim ibn Tohman, Hamza bin Habib az-Ziyot, Zufar ibn al-Huzayl, Abu Yusuyu al-Qoziy, Abu Yahyo al-Hamoniy, Iso ibn Yunus, Vaki, Yazid ibn Zuray, Asad ibn Amr al-Bajalliy, Hikom ibn Ya’lo ibn Salam ar-Roziy, Xorija ibn Mus’ab, Abdulmajid ibn Abu Ravod, Ali ibn Musahhar, Muhammad ibn Bishr al-Abdiy, Abdurrazzoq, Muhammad ibn Hasson ash-Shayboniy, Mus’ab ibn al-Maqdom, Yahyo ibn Yamon, Abu Isma Nuh ibn Abu Maryam, Abu Abdurrahmon al-Muqri, Abu Na’im, Abu Osim va boshqalar hadis keltirdilar. Al-A’jaliy dedi: Abu Hanifa Kufiy Taymiy Hamzat az-Ziyot qabilasidan bo’lib, ipak savdosi bilan shug’ullangan. Nabirasi Ismoil ibn Hammod: «Biz forsning ozod o’g’lonlarimiz. Bobom Nu’mon 80 hijriyda tavallud topgan. Katta bobom Sobit Abu Hanifa yoshligida Ali (r.a.) huzurlariga borganlar. Ali (r.a.) bobomni va zurriyotlarining haqlariga baraka tilab duo qilganlar», – dedi. Muhammad ibn Sa’d al-Avfiy dedi: Abu Mu’inning shunday deganini eshitdim: Abu Hanifa ishonchli roviylardan bo’lib, faqat yod olgan hadisnigina aytardi. Yod olmagan hadisni aytmasdi. Solih ibn Muhammad al-Asadiy Ibn Mu’indan keltirdi: Abu Hanifa hadis rivoyat qilishda eng ishonchi roviylardan hisoblanadi. Abu Vahb Muhammad ibn Muzahim dedi: Ibn al-Muborakning: «Insonlar orasida fiqhni kuchli biladigan Abu Hanifadir. Fiqh bobida unga o’xshashini ko’rmadim», deganini eshitdim. Ibn al-Muborak dedi: Alloh Taolo menga Abu Hanifa va Sufyon bilan madad bermaganda, boshqa odamlar qatorida bo’lardim. Ibn Abu Xaysama dedi: Sulaymon ibn Abu Shayx bizga: «Abu Hanifa taqvodor, saxovatli inson edi», – dedi. Ibn Iso ibn at-Tabbo’dan keltiriladi, Ruh ibn Ubodaning shunday deganini eshitdim: 150 hijriyda Ibn Jurayjning oldida edim. Abu Hanifaning vafoti haqidagi xabarni yetkazishdi. Ibn Jurayj «istirjo» («Biz Allohga tegishlimiz va albatta unga qaytajakmiz») deb, hamdardlik bildirdi. So’ng: «Shunday ilm xazinasi ketdi», – dedi. Abu Naim dedi: Abu Hanifa masalalarni yechishda g’avvos kabi edi. Ahmad ibn Ali ibn Said al-Qoziy dedi: Yahyo ibn Mu’inni shunday deganini eshitdim: Yahyo ibn Sa’id shunday der edi: «Abu Hanifaning fikr (ra’y) laridan ko’ra yaxshiroq fikrlarni eshitmadik desak, to’g’ri gapirgan bo’lamiz. Biz uning ko’p so’zlarini olganmiz».

Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom Instituti
4-kurs talabasi Saidxanbaleva Robiya

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*