XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O’RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA ONLAYN KONFERENSIYA

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom talim muassasasida 16 noyabr Xalqaro bag’rikenglik kuni munosabati bilan onlayn konferensiya bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 15 noyabr kuni 16 noyabr Xalqaro bag’rikenglik kuni munosabati bilan O’zbekiston Xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o’rganish ICESCO kafedrasi katta o’qituvchisi S.Saidjalolov ishtirokida Jo’ybori Kalon ayol-qizlar OMIBM bilan hamkorlikda Diniy bag’rikenglik jamiyat barqarorligi asosi nomli onlayn konferensiya bo’lib o’tdi.
Konferensiyada S.Saidjalolov talabalarga BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan Marifat va diniy bag’rikenglik rezolutsiyasi, uning mazmuni, ahamiyati haqida to’liq ma’lumotlar berib o’tdilar. Shuningdek, bizning diyorda turli millat va din vakillari ahil-inoq bo’lib yashashlari, bu haqda islom dinida ham ko’rsatmalar mavjudligini ta’kidlab taqdimot asosida tushuntirib o’tdilar. Konferensiya davomida Jo’ybori Kalon talabalari tomonidan tayyorlangan taqdimot nutqi tinglandi. Talaba qizlar bu konferensiyadan juda ko’p ma’lumotlar oldilar.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha
direktor oʻrinbosari Z.Komiljonova

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*