Davlatimiz bayrog’i

 

 

Har bir xalqning uning g’ururi va sharafini ifodalovchi muqaddas ramzlari bo’lgan. Shulardan biri bu – Davlat bayrog’idir. Bayroq – bu xalqning birligini, qudratini va kuchini ifodalovchi ramzi hisoblanadi.

Bizning ota-bobolarimiz Vatanimizning bayrog’i doim yuqoriga hilpirab turishi uchun qattiq kurashib kelishgan.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida musulmonlarning ham o’z bayroqlari bo’lagan. Sahobalar har bir g’azotlarda bayrog’ni qattiq himoya qilishgan. Mut’a jangida Zayd ibn Xorisa roziyallohu anhu bayrog’ni himoya qilaman deb shahid bo’lganlar. Bu bayroqni nechog’lik muhimligini bildiradi. Chunki bayroq timsolida sahobalar Islom dinini va Payg’ambarimizi sollallohu alayhi vasallamni himoya qilishgan. Bayroq jangchilarning ruhini ko’tarishga ham hissa qo’shgan.

Davlatimiz mustaqillikkka erishganidan so’ng, Prezidentimizning tashabbuslari bilan 18-noyabr 1991 yili “Davlat bayrog’i” tog’risidagi qonun qabul qilindi. Unda Milliy bayroq Davlatning mustaqilligini ifodalovchi muhim belgisi hisoblanadi deb ta’kidlandi. 

Mana 30 yildan buyon chet davlatlarida O’zbekiston Respublikasi vakillarining rasmiy tashriflarida Davlat bayrog’imiz hilpirab turadi. Bizning chet eldagi elchixonamizning kirish qismida, xalqaro tashkilotlarda, xalqaro musobaqalarda va ko’rgazmalarda, va barcha Davlatning rasmiy binolarida hilpirab turadi.

Milliy termo jamoatimizning sportchillari davlat bayrog’imizni ko’tarib sport arenasiga kirib kelganlarida, buni ko’rgan har bir insonning qalbi g’urur va iftoxorga to’ladi.

Davlat bayrog’ining har bir belgisi va rangi xalqimizning ko’p asrlik milliy va falsafiy g’oyani o’z ichiga oladi.

Moviy rang – avloddan-avlodga o’tib kelayotgan musaffo osmonni, zilol suvini, aqliy va ma’naviy merosini bildiradi. Azur rang Sharqda hurmatga sazovor rang bo’lgan, uni  Sohibqiron Amir Temur ham o’z bayrog’iga tanlagan.

Oq rang – tinchlik va poklik ramzi hisoblanadi. Bayrog’dagi oq rang, shuningdek yo’lnong ravshan va yorug’ bo’lishiga bo’lgan tilakniham bildiradi.

Yashil rang  –  bu mamlakatning o’ziga hos yashil tabiatini bildiradi. Bu gullash, uyg’onish ramzi hamdir.

Qizil chiziqlar  –  bu hayotiy kuch, har birimizda oqayotga qonni bildiradi.

Oy va 12 ta yulduz bu bizning milliy va ma’naviy, tarixiy an’anarimizdan kelib chiqqan holda tanlangan.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 1-kurs 

talabasi Abduqaxxorova Sharifa

Мулоҳаза билдириш

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*