Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi (2-qism)
Afsus, aziz umrimiz, bekora o‘tub, taraqqiyada sotolmaymiz! Har qaysimiz o‘z manfaati shahsimizni ko‘rsatub, millatg‘a yetmag‘onimizdanmi yoki ziyofat va to‘yda behuda va bid’at nimarsalarga oqchalarimizni isrof qilganimizdanmi? Taraqqiyparvarlarimiz juda ko‘p, ammo zarracha naf tekurmaslar. Ajabo, biz Turkiston musulmonlarig‘a millatga xizmat qilmoq …….. Ox sho‘rimiz qurisin! Biz bechoralarni eski maktablarda xor-u zor bo‘lub, uch-to‘rt yilda, sakkiz xaftiyaki tarif yo Kur’oni Karimni yoda qilub, oxirda o‘z ongimizni yozolmay qolurmiz. Hamdlar ulsunkim, Munavvar qori afandi tarafidin Toshkentda yangi maktab joriy bo‘lub, yosh bolalarni tarbiya qilmoqdadur. Lekin muxtaram boylarimiz milliy ishlarga muovanat qilmaydurlar. Bugun sovm va salovatdin boshqa Xudoy Taoloning pullik amrlari unitilmoqdadur. “Val-laziyna yakzinuuna az-zaxaba val-fizza[1]..” oyatini esiga olmoq kerakdur[2]. Yuqoridagi maqolada muallif topganini to‘y-u azaga sarflab farzandini ilmdan bebahra qoldirayotgan ota-onalar haqida aytyabdi. O‘sha davrdagi holat ham hozirgi kunimizdagi holat bilan deyarli bir xil. Ko‘pincha ota-onalar uy qurib to‘y qilib, pullarni keraksiz narsalarga sarf qilishda achinishmaydi-yu, ammo, farzandlarining ilm olishi uchun sarflagan pullariga achinishadi.Albatta bu johillikdir. Farzandlarimizning ilm olishi, o‘qishi kelajak uchun uning taraqqiy topishi uchun eng yaxshi vositadir. Biroq limning qadriga yetadigan ota-onalar ham kam emas. O‘zi yupin och bo‘lsa ham farzandim o‘qisin deb, bor budini berayotgan ota-onalar jamiyatimizda kundan- kun ko‘payib bormoqda. Eng yaxshi invistisiya farzandning o‘qishi uchun sarflangan pullardir.
Jurnalda ta’lim va axloqqa xos maqolalar juda ko‘p chop etilgan shulardan yana biri Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlarining qalamiga mansub bir maqolani tahlil qilamiz. “Oyna” jurnalidagi ushbu maqola “Tahsil va safar zamoni va taom” deb nomlangan maqoladir. Jahon xalqlari bilan yaqinlashib, zamonaviy bilimlarni egallash haqida. Turkistonning barcha shaharlarida mavjuddir Aziz birodarlar! hazrati Ali afandimiz karrama Ollohu vajhahu hazratlari buyuradilarki “Allimu avlaadakum li zamaanin g‘ayri zamaanikum, liannahum xoliquu az-zamaana g‘oyri zamaanikum” mazmuni sharifi: Ey musulmonlar! Bolalaringizga kelar zamov ilmini o‘rgatingiz! Zeroki, alarni Xudoy Taolo xalq etdi, sizlarni zamonangizdan boshqa, ya’ni kelar zamon uchun. Yuqoridagi so‘z shunday bir qiymati baho va purma’no va keraklik so‘zdurki, yalg‘uz ong ila biz musulmonlar omil bo‘lsa eduk butun dunyo va oxiratimiz obod bo‘lur edi. Har zamonni ilmi, hikmati va parvarishi boshqadur. Modomiki har bola, ya’ni har kimni zamoni otasi zamonidin boshqa bo‘lsa va har otaga kelar zamon uchun va kelar zamonga muvofik tarbiya va ta’lim etmog‘i lozim bo‘lsa biz na uchun kelar zamon uchun emas, balki hozirgi va bugungi zamoni soatimizdagi ilm va fanlarni bolalarimizg‘a o‘rgatmaymiz ya’ni bu kungi hukumat maktablarina bola bermaymiz va hukumat maktablarini urus maktablari deb qochamiz. Hukumat maktablari nari tursun “usuli savtiya” maktablariga na uchun rivoj bermaymiz va na uchun har mahallada avval maktablarni ochmaymiz?! Hazrat payg‘ambarimiz alayhi saloti va sallam janoblari: “Al-ilmu ilman, ilmul abdan na ilmul-adyan” ya’ni, Ilm ikkidur, biri badan ilmi, ikkinchisi, dinlarni ilmidur degan ekanlar. “Alhikmatu zaallatumumin” - Ilmu hikmat, musulmon kishini yuqotgan molidurki, topgan joyidan olur “Utlubul-ilma va lav bis-siyn” ya’ni, Ilm xitoyda bulsa, talab etingiz. Yana “talabul-ilmi farizatun ’ala kulli muslim va muslima” ya’ni, hur musulmon er va xoting‘a talabi ilm farzdur. Yana “An-naas sinfani, alim va mutaallim va g‘ayrixima kal-baxij” ya’ni, Odamlariki, sinf bo‘lub, biri ta’lim berguvchi, digari ta’lim olguvchi, ya’ni o‘quvchi va o‘qituvchi, bulardan boshqa degan haqir hayvonlarga o‘xshashdur deganlar. Va yuqoridagi hadisi shariflarga o‘xshash amri payg‘ambariy minglar ila bo‘lub, ahli ilmga ma’lumdur. Bas, endi haqiqatan farmoyishi diniy, munir va amri hazrati payg‘ambarimiz shul tariqa ekan bizda tolibi ilm holi va tolibi ilm zamoni va ilmi abdan ulamosi qani? Xat, ilmni yarmi ekan bizda xat yozaturg‘on kishi yuzda bir yuk. Qayurda qoldi kelar zamon? Ilmning tahsili va Xitoyga borib uqimoq. Bu kun eshikimiz oldinda zamoniy maktablari ochilibdur. Hazrati paygambarimizni “Allimu va yassiru, bashshiru va la tanffuru” ya’ni, ta’lim beringiz va oson qilingiz, yaxshi til va xursandlik ila bildurub, nafrat qildurmangiz! degan marhamatlariga muvofiq - usuli jadida maktablari paydo bulubdur. Biz (shari’i karimni) ra’y va farmoyishiga ketib badbaxona va johilona va miskinona bir suratda avval maktabga o‘qimoqni gunoh esa bid’at dermiz. Uqiydurg‘on va uqitadurg‘onlarni yuldin uramiz, oh naqadar xudbinlik va badbaxtlik! Kofirga o‘qib kofir bularsanmi derlar. Olloh aql bersin! Hazrati payg‘ambarimiz kotibi vahiy bo‘lg‘on hazrati Zaydni yahudiyga borub Uqimoqg‘a buyurdilar. Va ham ul kishi borub o‘qidi yuqoridagi hadislarni, albatta, fahmlagansiz. Bizni tarjimamiz ma’qul bo‘lmasa, o‘zingiz tarjima qilib fahmlang va mazmuniga amal qiling, ya’ni, bolalaringizga kelar zamon ilmlarini o‘rgatingiz! Va agarchi Xitoyda bo‘lsa ham, xolbuki Xitoy emas. Ilmi zamoniy maktablari Turkistonning barcha shaharlarida mavjud”[3]. Ushbu maqolada limning qanchalik zarur narsa ekanligi, ilm bilan inson ko‘kka ko‘tarilishi haqidagi hadis va oyatlarni Behbudiy hazratlari ko‘plab misol tariqasida keltirdilar. Demak, Qur’on va sunnatda ham ilmga bo‘lgan targ‘ib kuchlidur. Hatto imni Chindan bo‘lsa ham olishga Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi vasallam buyuryabdilar. Chinda o‘sha davrlarda diniy ilm bo‘lmagan, ammo u yerda dunyoviy ilm bo‘lgan. Bundan shu narsani tushunishimiz mumkinki, ilmni foydaligini qayerdan bo‘lsa ham olish afzal amallardan ekan.
Jurnalda berilgan keying maqolamiz P. Shamsiyevga tegishli bo‘lib, ilm -ma’rifatning afzalligi haqida so‘z boradi. Olamda har shaydin har jihatdin afzal nimarsa: “ilm va maorif”dur. Chunonchi, fikr qilsak, nazarimizga namoyon bulurki, butun olamdagi mavjudot va muxtariotni hammasi shul ulum va maorifning quvvat va muovanati birlan mavjud bo‘lgondur. Olamda kata-katta adib, muxarrir va shoirlar yetishub, olamni guliston aylabdurlar. Bilo shak, shul ulum va maorifning samarai oliyasidur. Olamda har millatkim taraqqiy yo‘liga qadam qo‘ymoqg‘a noil bulubdur, shul ulum va maorifning muovanati birlandur. Ilmning ziddi jaxd durki: oning birlan hech bir millat taraqqiy etmoqg‘ga noil bo‘lmay, balki taraqqiyning ziddi bo‘lg‘on tanazzul balosiga duchor bo‘lub, ohista-ohista mahv va inqiroz daryosiga g‘arq bo‘lub, ya’ni taraqqiyning yo‘li ilm, tanazzulni yo‘li jahddur- hattoki, yashamoq bo‘lmoqning yo‘li shul ikki nimarsadur. Chunki taraqqiy qilg‘on millat, albatta, yashar va tanazzul etg‘on millat mahv bo‘lur. Beilmning safoxat, razolat, adolat balosig‘a duchor bo‘lmog‘i har nimarsadin avval ma’lumdur. Bas bularning har qayusi ixtilofning intishorig‘a birinchi sabab bo‘lub, avval ham tanazzulning birinchi asbobidur. Ammo bularning aksi bo‘lsa, ul vaqtda albatta ittixod, ittifoq paydo bo‘lub, taraqqiyga qadam qo‘yulmog‘i muqarrardur. Endi kelayluk Turkiston va Buxorodagi aziz qarindoshlarimizning ahvollariga. Umuman bizlarda, ma’xaz taraqqiy bo‘lg‘on ulum va maorif bormi, yoxud yo‘qlik (Bul savolga shoyad bizdin ham boshqa javobgar bo‘lsa) endi bul savolga javoban dermizki: bizlarda ilm va maorif bordur, yo‘q emas, lekin kamdin-kam, yuzda bir darajadadur. Baxar hol olamiyatimizdin johiliyat favqulodda ziyodadur. Agarda bugun 20 inchi asr taraqqiyda olim o‘lsayduk, bul xodisa turmas eduk, bizlar ham Ovrupolardek taraqqiydin taraqqiyga qadam qo‘yar eduk. Va xolo onga biz ahlan o‘z holimizdin xabardor emasmiz. Bul hodisa bizlarning qay yerimiz taraqqiy etsun. O‘zimiz fikr qilayluk, taraqqiy o‘z-o‘zidin mumkinmi? Bul hodisa tursak aslo vaqatan mumkin emas. Ammo bizlar ham harakat, g‘ayrat, ijtixod etsak, hobi gaflatdin uyg‘onsak, ulum va maorifning rivojiga kuyish etsak, ushbular uchun makotib va madorislar ta’sis etsak, albatta, taraqqiy etarmiz. Chunki Ovrupiylar ham avvalda bizlardek edilar. Lekin bildilarki, bul ahvolda yotmoq durust emas. Chunki mahv va munkari bo‘lurlar. So‘ngra o‘zlarining sa’y va harakatlari birlan bugungi holatg‘a yetdilarki, har kimning Ovrupoiydek bo‘lg‘usi kelur. Ey aziz hamvatan! Bizlar ham ibrat olayluk. Xobi g‘aflatonamizdin bedor bo‘layluk... . Bul asrni 20-chi asr derlar. Bul asrda bul ahvolda turmoq boisi inqirozdur. Bul, asri taraqqiydurki, tik turmayub g‘ayrat etg‘onni yashatar va illo mahv etar. Endilikda faqat ulum va maorifning rivojiga sa’y va kuyish aylasak, ya’ni o‘qisak har ish bo‘lur, ittifoqlik ham bo‘lur. Bul ahvoldaligimizning asli bilimsizgimizdindur. Bas muning iloji o‘qimak! O‘qimak! O‘qimakdur![4].
Yuqoridagi maqolada ham ilm olishga targ‘ib bor. Muallif g‘arbliklar rivojlanishdan oldinda bo‘lib ketgani maktablar yangicha ilm olishda oldinda ekanligini jon kuydirib gapirmoqda. Jadid-ma’rifatparvar bobolarimiz Turkiston yoshlarini nechog‘lik ilmga da’vat etganliklarini guvohi bo‘lyapmiz. Ular bu ishlarni hech bir badalsiz va haqsiz amalga oshirdilar. O‘zlarini emas, xalqni, millatni o‘yladilar. Ularning joylari jannatda bo‘lsun. Amiyn!
Yana bir ilm-ma’rifatga bag‘ishlangan maqolalarimizdan “Turkistonlilara xitob” deb nomlangan maqoladir. Turkiston ahli o‘z huquqlari, ma’rifati uchun kurashmog‘i lozimligi haqida. Ey musulmonlar, birodarlar! Bizlarga cholishmoq vaqti yetmadimi? Bu qadar jaholata botdikmiz-da yetmasmi?
Yoinki biz musulmonlara cholishmoq harom va yo gunohmidur? Bu qadar jaholatga botdigimiz, yetar. Emdi moziyimiz ila istikbolimizi o‘ylamoq kerak. Biz Turkistonliklar qadar orqada qolgan hech bir millat qolmadi. Afriko vaxshiylari-da bizdan ilgaridurlar. Biz boshqa millatlardan ibrat olaylukda, o‘zimizni erkimizni bilmoqg‘a ijtixod etaylik. Millatimiz ehtiyojini va millat ishlarini to‘g‘ri yo‘lga solmaqg‘a harakat edalim. Vatan ishlarimiza har turli yordamda bulinalim. Jaholat va safolatdin millatimizni kukarmokg‘a cholishalim. Maktab Madrasa ochmaqg‘a, jamiyat va shirkatlik tijoratxonalari ta’sis etmoqg‘a harakat etalim. Rusiya, Ovrupa, Misr va Istanbulga talaba yubormoq kerakdur. Ey turkistonli musulmonlar, birodarlar! Ko‘zingizni oching, majalla va jaridalarga boqub, dunyoni biling, jaholat ichinda g‘ark o‘lmish ulan vatandosh va millatdoshlarimizni qutkarmoq kerakdur”[5].
“Oyna”, 1914-yil, 27-son jurnalda ayollardagi ilmsizlik masalalariga qaratilgan yana bir maqolamiz bu Musulmon xotunlarida ilmsizlik maqolasidir. Maqolada ayollardagi ilmsizlik masalalari keltiriladi. Turkiston ahli o‘z huquqdari, ma’rifati uchun kurashmog‘i lozimligi haqida. Ey musulmonlar, birodarlar! Bizlarga cholishmoq vaqti yetmadimi? Bu qadar jaholata botdikmiz-da yetmasmi?
Yoinki biz musulmonlara cholishmoq harom va yo gunohmidur? Bu qadar jaholatg‘a botdigimiz, yetar. Emdi moziyimiz Misr hududida 5265250 nafar xotin-qiz yashab, 20600 nafari, ya’ni har yuz nafaridan biri savodli ekan. Savodlilarning ko‘pi ovrupolikdir. Misr tavobinida oxirgi hisobdan 5 milyun 265 ming 250 nafar xotun borlig‘i bilindi. Bularning yalg‘uz 20 ming nafari, ya’ni yuz xotunga bir nafari ukib va yozmok bilur ekan. Alarning-da ko‘pisi ovrupali yoki nasoro arab xotunlaridur. Demak, musulmonlardan o‘qib yozmoq biluvchi mingda bir hukmidadur. Xolbuki, uqimoq namozdek er va ayolga shar’an farzdur”[6].Ushbu maqolada Behbudiy ayollardagi ilmsizlik, johillik masalalarini o‘rtaga tashlayabdi. Jaded-ma’rifatparvarlarimiz nafaqat erkaklarni balki, ayollarnida ilm olishga targ‘ib qilganlar. Ayol kishi ilmli bo‘lsa, farzand ham ilmli bo‘lishini o‘qturganlar. Maqolada musulmon ayollarni o‘qitish,ilmli qilish mavzusi ko‘tarilgan. Shu bilan birga, Misr yerlaridagi musulmon ayollarning ko‘pchiligi savodsiz, savodlilari ham g‘arblik ayollar ekanligi aytilmoqda. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Behbudiy hazratlari va ularning izdoshlari ayollarning ilmsizligiga befarq qarab turmaganlar. Qo‘llaridan kelgan barcha xizmat bilan millat qizlariva onalarini o‘qitishga uringanlar. Ilm olish farz ekanligini, ilm olishda ayol va erkak teng ekanligiga hadis va oyatdan dalil keltirgan holda targ‘ib qilganlar. “Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu narsalarga guvoh bo‘ldik. Jurnalda eng ko‘p uchraydigan maqola bu ilm-fan va odob-axloqqa doir maqolalardir. Biz yuqorida diniy maqolalarni sharhladik, endi, axloqiy-ta’limiy maqolalar ni tasniflashga kirishamiz. “Oyna” jurnalining 1914-yil, 27- sonidan Muhammad Said qalamiga mansub “Adab va tarbiya” maqolasini keltiramiz. Ushbu maqolada yetuk insonni to‘g‘ri tarbiyalash vositalari va insonga komil bo‘lish uchun yetti narsa: ilm, or-nomus, vijdon, sa’y-harakat, axloq-adab, kuch-g‘ayrat, ta’lim- tarbiyat, lozimligi ta’kidlanadi. Maqoladan dalil keltiramiz “Adab insoniyatda kiymatlik kayfiyat ekanligi ulamoning ittifoqlari ila sobitdur. Xususan shariat ulamosi adab va tarbiyani ahli iymon uchun lozim va malzum bilganlar. Chunonchi, Ibn Mas’ud rodialloxu anhu hazratlaridan iymonning kayfiyatidan suol qilganda: “Iymonning haqiqati vojibi taoloni bir va paygambarimiz (a.s.v) ni haq bilib, adab va tarbiyalik bo‘lmoqdur”, deb javob berganlar. Adab va tarbiyatning sababini so‘raganda: “Adab iymonining qal’asi maqomindadur”, deb buyuribdurlar. Darhaqiqat iymon o‘zi xorijda, vujudi bulgan jismlardan bo‘lmagani uchun,aning qal’asi adab va tarbiyadur, deb tavsif qilmoq bajodur.
[1] Qur’oni Karim. Tavba surasi. 34-oyat. – Toshkent: Hilol. 2024.
[2] Norqulov N., Rabbimov K. Oyna. – Toshkent: Akademiya, 2001. –B 50.
[3] Norqulov N., Rabbimov K. Oyna. Maqolalar. – Toshkent: Akademiya, 2001. –B 56-57-58.
[4] Norqulov N., Rabbimov K. Oyna jurnalidan maqolalar. – Toshkent: Akademiya, 2001. –B 64-65.
[5] Norqulov N., Rabbimov K. Oyna jurnalidan maqolalar. – Toshkent: Akademiya, 2001. –B 70-71.
[6] Norqulov N., Rabbimov K. Oyna jurnalidan maqolalar. – Toshkent: Akademiya, 2001. –B 72.
Другие новости
УЗ
РУ
EN
العربية