O‘quv jarayoni
Bugungi kunda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlarni etakchi va katta o‘qituvchilar, fan nomzodlari hamda oliy ma’lumotli 30 ga yaqin ustozlar olib boradilar.
Ta’lim muassasasidagi diniy-maxsus fanlardan:
“Qur’oni karim va tajvid” fanidan – G.Qurbonova va G.Kenjaboy
“Hadis” fanidan – D.Mahmudova, I.Nurmuhamedova va J.Gaipova
“Tafsir” fanidan – S.Muhamedjodjaeva va M.Nigmatova
“Fiqh” fanidan – N.Ibragimova, S.Ibragimova va F.Ibrohimova
“Aqoid” fanidan – A.Saydahmedova va S.Muhamedjodjaevalar
“Arab tili” fanidan – K.Abduvalieva, I.Nurmuhamedova va M.Ahmedovalar
“Balog‘at” fanidan – M.Axmedova
“Mantiq” fanidan – M.Nigmatova
“Islom tarixi” va “Dinshunoslik” fanlaridan – M.Qutbidinova
“Diniy ekstremizm va terorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” – Z.Komiljonova
“Mazhablar va yo‘nalishlar” fanidan – N. Xakimova,
“Xattotlik” fanidan – SH.Raxmatullaevalar dars berib kelmoqdalar.
SHuningdek, umumta’lim fanlar:
“Tarix” fanidan – X.Usmonova
“Informatika” fanidan – Z.Xodjimurotova,
“Rus tili” fanidan – CH.Muxitdinova,
“Ingliz tili” fanidan – N.Xodjieva,
“Jismoniy tarbiya” fanidan – Z. Almedovalar dars berib kelmoqdalar.
O‘qituvchilar muntazam ravishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi malaka oshiriy markazi, Toshkent islom instituti hamda BIMM qayta tayyorlash markazlarida o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar. Darslar doimiy ravishda malakali o‘qituvchilar ishtirokida, yangi pedagogik texnologiyalar yordamida interfaol usulda tashkil etilib kelinmoqda.
Joriy yildan ayol-qizlar ta’lim muasasalari uchun o‘quv rejalar takomillshtirilib, unga ko‘ra, ayol-qizlarni jamiyatdagi integratsiyalashuvini oshirish maqsadida diniy-maxsus fanlar tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha soatlar ko‘paytirildi. Jumladan, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari huquqiy asoslari, oila huquqi, oila psixologiyasi, yosh fiziologiyasi va gigienasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi kabi yangi fanlar kiritildi.
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi diniy ta’lim faoliyatini olib borish uchun zarur sharoitlar va moddiy texnik bazasiga ega.