Talabalar turar joyi
2010 yil 17 fevral kuni ta’lim muassasasi talabalarining turar joyi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlarining amaliy ko‘magi bilan ochildi. Bu erda talabalarning yashashlari, dars tayyorlashlari, ma’naviy va jismoniy hordiq olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Talabalar turar joyi to‘rtta alohida xonalardan iborat bo‘lib, ikkita xona olti nafar talaba va ikkita etti nafar talaba uchun mo‘ljallangan. Bu xonalar olti-etti dona krovat, uch dona kiyim javoni va bitta ko‘zguli javon hamda dars tayyorlashlari uchun stol va stul bilan jihozlangan.
Talabalarning ovqatlanishlari uchun alohida gazxona va ovqatlanish xonalari tashkil etilgan. Gazxona, oshxona javoni, gaz plitasi, ikki dona muzlatgich hamda boshqa kerakli anjomlar bilan ta’minlangan. Ovqatlanish xonasida esa olti dona stol, 36 dona stul va barcha zaruriy idish-tovoqlar mavjud.
Shuningdek, talabalarning sanitarik-gigieniya qoidalariga amal qilishlari uchun tahoratxona va dush kabinalari ishlab turibdi.
Talabalar darsdan tashqari vaqtlarda ma’naviy hordiq olishlari uchun «Dam olish xona»si ajratilgan. Ushbu xona kompyuter jamlanmasi, televizor va DVD pleyer, stol-stul va divan bilan ta’minlangan. Ta’lim muassasasida tibbiyot xonasi bo‘lib, bu xona yotoqxona talabalari uchun tun-u kun ochiq.
Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida navbatchilik uyushtirilib, unga ko‘ra navbatchi talabalar tahoratxona, taomxona, gazxona va kirish joylarini tozalaydilar.