28.01.2022
365

To‘garaklar

 

Ta’lim muassasasida asosiy dars mashg‘ulotlaridan so‘ng talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida to‘garaklar joriy etilgan. Mazkur to‘garaklar ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi maxsus fanlarni takomillashtirish maqsadida:

1. “Tahfizul-Qur’on” to‘garagiga G.Kenjaboy, Odinaxon Muxammad YUsuf va G.Qurbonovalar;
2. “Aqoid” to‘garagiga A.Saydahmedova;

 3. “Arab tili” to‘garagiga K.Abduvalieva va I.Nurmuhamedovalar  rahbarligida mashg‘ulotlar tashkil qilingan.

SHuningdek, ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha ta’lim muassasasi talaba qizlarni oilaga tarbiyalash va kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida ham turli to‘garaklar tashkil etilgan:

1. Tikuvchilik to‘garagi ta’lim muassasasi mudarrisasi CH.Muxitdinova rahbarligi ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kiyimchalari, maktab yoshiga etmagan qizchalar ko‘ylaklari, andozali ko‘ylaklar, oshxona anjomlari (choynak ushlagich, choynak po‘sht kabilar), turli xil yubkalar, yoqa, cho‘ntak, belbog‘, 6 chokli ko‘ylak, 6 chokli yubka, kalta koftalar, andozalar, o‘lchamlar, bichimlar o‘rgatiladi;

2. To‘quvchilik to‘garagi M.SHalimova ma’sul bo‘lib, ip tanlashdan boshlab, zanjir olish, ustun olish, choynak tagiga va ustiga yopqichlar to‘qish, sharf, qalpoqchalar, do‘ppilar to‘qish, to‘qilgan narsalarga bezaklar berish, ayollarga balero, katta sharflar, yopinchiqlar to‘qish, chaqaloqlar uchun to‘plamlar (nimcha, choyshab, qalpoqcha, paypoqcha, ishtoncha va sharfcha kabilar), paypoqlar, uzun to‘n va erkaklar nimchalari kabilar o‘rgatiladi;

3. Informatika to‘garagi Z.Xojimuratovaga biriktirilgan bo‘lib, hozirgi yangi dasturlar va ularni amaliyotga qo‘llay bilish, internetdan to‘g‘ri foydalanish, texnika zamon bilan hamnafas ekanligi haqidagi ma’lumotlar o‘rgatiladi.

4. Sog‘lomlashtirish mashg‘uloti va uqalash. N.Hakimova talabalarga sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar qilishni hamda turli yosh va kasalliklarga munosib uqalash usullarini o‘rgatadi.

 

Другие новости

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry