19.11.2023
221

YAXSHILIK YO‘LIDA HAMKORLIK

#Ibrat_vaqti
#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlar

Erta bahor. Asr vaqti. Havo salqin. Quyosh gohida iliqqina nur sochadi. Gohida esa bulutlar ortiga kirib ketadiyu go’yoki chelaklab ko’z yosh to’kadi. Zum o’tmasdan huddi arazlari tarqab ketgan go’dakdek bulutlar ortidan chiqib yana nur tarata boshlaydi. Bu safar  quyosh nurlari ta’sirida ko’kda  kamalak ham jilva qiladi. Tog’  yon bag’ridagi qishloqda esa doimgidek hayot qaynaydi. Ushbu qishloqning eng oldi yigitlari Zokir va Nazarbek har kuni birga maktabga qatnaydilar. Ularning uylari qishloqning ancha chekkasida joylashgan. U ikkisi  maktabga borish va kelish uchun tepaliklar yonbag’ridan kesib chiqadigan so’qmoq yo’lni ixtiyor qiladilar. Sababi, bu  yo’l boshqa yo’llardan ko’ra ancha yaqin.  Bugun ham ular  odatdagidek maktabdan qaytishar, Zokir  ertalab bobosidan eshitgan ajoyib nasihatlarni Nazarbekka so’zlab kelardi. Ayniqsa bobosi Moida surasi 2-oyatining:
وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَىٰ ۖ وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ
Ezgulik va taqvo (yo’li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo’li)da hamkorlik qilmangiz!
degan qismini o’qiganida yaxshilik yo’lidagi hamkorlikning mevasi haqida uzoq gapiribdi. 
      Yigitlar qizg’in suhbat qurib yo’lning uzoqligini ham his qilmaydilar. Shu vaqt oralig’ida osmonda quyuq bulutlar paydo bo’ldiyu birdaniga sel quyib yubordi. Bolalar tog’ ob-havosining injiqliklariga ko’nikib ketishgan, bunday paytda nima qilishni yaxshi biladilar. Birorta g’or yoki harsangtosh panasida “jon saqlaydilar”. Hozir ham shunday qilishdi. Ammo sel anchagina kuchli yog’ar edi. Suvlar tepaliklardan pastga qarab soy bo’lib oqar, atrofni shovqin tutgan edi. Bir vaqt ular panasida turgan harsangtosh oldidan maraganicha bir qo’y yugurib o’tdi. Bolalar nima bo’lganini darhol tushunishdi. Demak tog’dagi qo’yxonalarni suv olib ketgan. Ular shoshilib chiqishganida bir o’rta yoshli cho’pon oqib ketayotgan o’nlab qo’zichoqlarni saqlab qolishga urinar, kattaroq ona qo’ylar esa to’lib oqayotgan sel suvining atrofida jon achchig’ida yugurar, tinimsiz ma’rar edi. Zokir va Nazarbek so’mkalarini  ehtiyot qilib pana joyga qo’yishdiyu cho’ponga yordamga shoshildilar. Ular tahminan o’n chog’li qo’zichoq va echkilarni suvdan bexavotir joyga olib chiqqanlarida yomg’ir deyarli tinib qolgan, seldan hosil bo’lgan suvning shiddati ham biroz susaygan edi. Ular barcha qo’zichoq va echkilarni onalari yoniga qo’yib xotirjam bo’lgach cho’ponning  ko’p-ko’p rahmatlarni eshitib yo’llarida davom etishdi. Bolalarga kiyimlari ho’l ekanligi ham sezilmas, ularni ona qo’y va echkilarni go’yoki rahmat degandek minnatdir qarashlari xursand qilgan edi. – Mana do’stim, bobong ertalab aytgan oyatga amal qildik deb o’ylayman, dedi Nazarbek. Nimasini aytasan do’stim, - dedi Zokir qahramonlardek viqor bilan - Yaxshilik yo’lida hamkorlik qilish shunday ajoyib bo’lar ekanda qiyinchilikni ham his qilmas ekansan… - Bu boshlanishi, dedi Nazarbek yanayam ovozini ko’tarib, hali sen bilan ko’plab ezgulik sarhadlarini zabt etamiz! Ikki o’rtoq masrur va mag’rur yurganicha uylariga ketib borar edi.


"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi o‘qituvchisi Axmedova M.

Другие новости

ODAM GO‘SHTI
06.12.2023 194
Oqila ismi jismiga mos qiz. Uning tarbiyasi va odobida oilasining ahamiyati katta. Keksa bobosi har doim nabiralarining tarbiyasi va xulqi uchun o’zi jon kuydiradi. Bu oilada barcha nabiralarning qiziqish va...
Подробнее
NE‘MATLARDAN SO‘RALISH BOR
07.11.2023 195
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlar Tun. Atrof qorong‘u. Kichkina ixcham hovlining peshayvonini lippillab turgan birgina xira chiroq yoritib turibdi. Mo‘jazgina gulzorga ekilgan anvoyi gullarning hidi atrofni qamrab olgan. Namozshom vaqtida gulzorga oqizib qo‘yilgan suvning...
Подробнее
Tinchlik- oliy saodat!
05.11.2023 147
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry