21.04.2022
305

Tarbiyaning balog’at davridagi xususiyatlari


Bu davr o'smirlik har bir ota ona uchun farzandlarga nasihat berish chog'idir. Farzand bu davrda har bir masala xususida ota ona maslahatiga muhtoj bo'ladi. Shu bois bu o'rinda buyuklarimizning farzandlariga qilgan nasihatlaridan misollar keltiramiz. Qur'oni karimda Luqmoni Hakimning o'g'liga shunday maslahat qilganlari keltirilgan: قال تعالى )) ٌ يم َظِ ع ٌ َك لَظُْلم ْ ر شِ ن ال َّ ِ إ ُ ْشِرْك ِِبََّّللِ َِل ت ََّ َُن ب َ َي ُ ظُه ِ ع َ ي َ و ُ ه َ و ِ ه ِ ن ْ ب ُن ِلِ ا َ ْم اَل لُق َ ْذ ق ِ إ َ و ﴿۱۳)) ﴾ «...Ey o'g'ilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir». ِِف قال تعالى )) ال ْ أَو ةٍ َ َ ْخر ِِف ص ْ ُكن َ ت َ ٍل ف َ د ْ ر َ ْ خ ن ِ م ٍ َّة ب َ اَل ح َ ْق ث ِ َ ُك م ْن ت ِ ا إ َّنَ َِّ إ ََّ َُن ب َ َي ِِف ْ ِت أَو ا َ او َ َّسم ٌ ِي ب َ ٌف خ ي لَطِ َ ن ا ََّّلل َّ ِ إ ُ ا ا ََّّلل َ ِت ِبِ ْ َ ِض َي ْ اْْلَر ﴿۱۶ِ ﴾ن َ ع َ ْه ان َ ِف و و ُ ر ْ ع َ ِِبلْم ْ ر ُ أْم َ َ و صََلة ِم ال َّ ِ أَق ََّ َُن ب َ َي وِر ُ اْْلُم ِ م ْ ز َ ع ْ ن ِ َك م ِ ن ذَل َّ ِ َ َك إ اب َ ا أَص َ لَى م َ ع ْ ِِب ْ اص َ ْ َكِر و ن ُ الْم ﴿۱۷)) ﴾ «Ey o'g'ilcham, albatta, u(amal) agar achitqining bir dona urug'icha bo'lsayu u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda bo'lsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh o'ta lutfli va o'ta xabardor zotdir. Ey o'g'ilcham, namozni to'kis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va o'zingga yetgan musibatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir. Odamlardan takabburla yuz o'girma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.” (1) Luqmon surasi 13-oyat (2) Luqmon surasi 16-18-oyat 2 Hazrati Ali raziyallohu anhu ana shu bosqichda o'g'liga shunday nasihat bergani rivoyat qilinadi: “Ey o'g'lim Hasan! Jamoat yig'ilgan joyda yumshoq tabiatli bo'l. Muloyimlik eng yaxshi do'st, eng yaxshi hamrohdir. Ey o'g'lim Hasan! Ko'rgulik va musibatlar qarshisida sabrqanoatli bo'l, bu go'zal sabring tufayli buyuk natijalarga erishasan. Ey o'g'lim Hasan! Va'daga vafo qilgin. Ahdingni aslo buzmagin, shundagina qalbing eng pokiza sharbat ichgandek lazzatlanadi. Ey o'g'lim Hasan! Alloh bergan har bir ne'mat uchun shukronlar aytsang, Alloh senga yana bir totli ne'matlar ato etadi. Ey o'g'lim Hasan! Nafsingni jilovlay bil, qalbing Alloh muhabbati bilan to'lsinki, eng yuksak darajotlar sohibi bo'lgaysan. Ey o'g'lim Hasan! Rizqingni doim haloldan izla, halol rizqda baraka mo'l bo'ladi. Ey o'g'lim Hasan! Do'sting haqqini vojib bil. U xayrli bir ishda yordamga muhtoj bo'lsa, darrov hojatini chiqar. Ey o'g'lim Hasan! Ota onangni hurmat qil. Ota onangga va taqvo ahliga, qo'shnilarga, do'st yorlaringga doimo yordam qo'lini cho'z”. Hazrati Ali tarbiya xususida: “(Kimning va) qanday odamning farzandi bo'lsang ham, odob tarbiya o'rgan. Go'zal xulq seni boshqa zalolatlarga duchor etmas”, deya marhamat qilganlar. Chunki insonning borlig'i, yuksalishi tarbiya va odobdan iboratdir. Hayotda tarbiya ko'rmagan inson hayosiz bir hayvon kabidir. Zero, inson o'zining fahmfarosati, aqli, hayosi va bilimi bilan boshqa jonzotlardan, jumladan, hayvonlardan farqlanadi. O'tgan barcha ulug' mutafakkirlar Islom dinisiz, tarbiya va odob mukammal bo'lmasligini ta'kidlaganlar. Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam eng yuksak odob, tarbiya va go'zal xulq sohibi sifatida butun insoniyatga oliy o'rnakdirlar. 3 Hazrati Ali raziyallohu anhu o'g'illariga aqldek mol-dunyo, go'zal xulq kabi yaxshi do'st, ta'lim-tarbiyadek meros, tavfiqi ilohiydek rahbar, ilm kabi sharaf yo'qdir, jamoatni tark etgan haqiqatga yetolmas, deya uqtirganlar. Yana shunday nasihat qilganlar: “Iqtisod bilan oz narsa ko'payadi, isrofgarchilik esa ko'pni ham ozaytiradi. Qanoatli kishi faqirlikda ham xo'rdir. Ilm har doim hokimdir, mol-dunyo unga tobe'dir. Mol bir kuni zoe bo’ladi, ilm esa sharaf keltiradi. Kimdir shaxsan sizga adovat qilsa, afv qiling, ammo millatingizga qilingan zulm adovatni aslo kechirmang. Yolg'izlikda va yashirincha yomonlik qilayotgan bo'lsang ham bu zulmimni hech kim ko'rmaydi, deb o'ylama, bilki, seni kuzatib turuvchi Zot bor. U Allohdir. Allohning g'azabidan qutulib qolgan zolim yo'qdir Qiyinchiliklarga bardosh qilsang, istiqbolga erishasan. Johillar bilan suhbatda bo'lma, ilm ol, ilm darajasi martabalarning eng yuksagidir. Har kimning qadri qilgan yaxshiligi bilan o'lchanadi. Nohaq odam oldida bosh egma. Aks holda hurmating bilan birga haqqingni ham yo'qotasan. Haddini bilgan halok bo'lmas. Sihat salomatlikdan ham yaxshiroq rohat farog'at topilmaydi. Uch tur odam senga do'st bo'ladi: senga do'st bo'lgan kishi; sening do'stingga do'st inson; dushmaningga dushman kishi ham do'stdir. Dushman ham uch xil bo'ladi, ya'ni senga dushman bo'lgan odam; do'stingga dushman kishi va dushmaningga do'st inson. Sen ular bilan ko'p so'zlashma, ko'p so'zga yolg'on aralashadi. Har narsa zoe bo'ladi, ammo yaxshilik zavol topmas. Faqat o'z manfaatini o'ylagan saodatga yetolmas”. 4 Hazrati Ali raziyallahu anhu umrining so'nggi kunlarida o'g'illariga shunday nasihat qiladilar: Ey o'g'illarim Hasan va Husayn! Oila ahlim, do'st yorlarim!...vasiyatnomam qo'liga tushgan qardoshlarim!.. Vasiyat etib deymanki, avvalo, qalbingizni Allohga itoatli qiling. Ixlos bilan ibodat qiling. Shunda sizni go'zal oqibatlar kutadi. Mo'min musulmon bo'lib dunyoni tark qilasiz. Qur'oni karimga yorug' yuz bilan, mehr bilan boqing. Amalda bir-birlaringizni kamsitmang. Rasululloh s.a.v. ikki mo'min orasida arazlashuv paydo bo'lsa, darhol isloh etishni, yarashtirishni buyurganlar. Toki oralarida gina kudurat qolmasin. Bunday islohingiz umr bo'yi o'qigan namozlaringizdan va tutgan ro'zalaringizdan ham xayrlidir. Do'stu yor, aqrabolarga hurmatda iltifotda bo'ling. Dunyoga berilmang. Yo'qotgan yoki birovga bergan narsangizga achinmang. Rost so'zlang, yetimlarga shafqat ko'rsating. Zolimlarga doimo xusumatda bo'ling. Allohning kitobiga va Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qiling. Hech bir kimsaning bu xususdagi yolg'on so'zlaridan qo'rqmang. Shunda jannatga oson erishasiz, g'am-alam neligini bilmaysiz. Allohdan qo'rqing, yetimlarni haqqini muhofaza eting. Allohdan qo'qrqing, qulingizni norozi qilmang, haqqini bering. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga shunday vasiyat qilganlar. Qur'onga munosabatda Allohdan qo'rqing, yaxshi, savobli amallar qilishda bir biringiz bilan kimo'zarda bo'ling. Allohdan qo'rqing, namoz o'qing. Zero, namoz dinimiz ustunidir. Din namoz bilan qoimdir. Allohdan qo'rqing, imkoni boricha masjidlarga borib, jamoat bilan namoz o'qing. Muborak Ramazon 5 oylarida ro'za tuting. Zero, ro'za jahannamdan qutqara oladigan qalqondir. Alloh yo'lida nafsingiz bilan doim kurashda bo'ling. Faqir haqqi bo'lgan zakotni vaqtida bering, zero, zakot Alloh taoloning g'azabidan panoh beradi. Allohdan qo'rqing, Rasululloh Muhammad sallallohu alayhi vasallamga hurmatda bo'ling. Zero, sahobalar va ahli baytga hurmat va ta'zimda bo'lish xususida ilohiy vahiy tushgan. Allohdan qo'rqing, faqir va yo'qsil (kambag'al)larga yaxshilik qiling. O'zingizda bo'lgan nozu-ne'matlar bilan (odamlarni) siylang. Allohdan qo'rqing. Rahbar bo'lsangiz, qo'l ostingizdagi kishilarga hurmat va rag'batda bo'ling. Zero, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam umrining so'nggi daqiqalarida uch so'zni takror-takror ta'kidlab aytdilar: Birinchisi namozdir. Ikkinchisi idora etilayotgan kishilar, yetim-yesirlar, bevabechoralar, qullar, joriyalar haqlarining muhofazasi va so'nggi shaytoni lain yo'liga kirmay, hamisha rost so'zlashdir. Agar gapirish lozim bo'lsa, Allohning amriga mos tarzda bandalarga faqat rost so'zlar ayting, Alloh amrlarini anglating. Nasihatlarimni unutmang. Aks holda ko'p falokatlarga uchraysiz. Qilgan duolaringiz ijobat bo'lmas. O'rtalaringizda qarindoshlik (do'stlik) rishtalarini mustahkamlash uchun silai rahmni unutmang. Doimo bir biringizni yo'qlab turing. Savob ishlarda bir birlaringizni quvvatlang. Gunoh ishlarga yaqinlashmang. Allohdan qo'rqing, Allohning azobi shiddatlidir. Avlodlarim! Men sizni Allohga omonat topshiraman. Ahli jamoatingizga salom va hurmat bilan sizlarga Allohning rahmati va barokati yog'ilishini tilab qolaman”. 6 Hazrati Ali roziyallohu anhuning ushbu o'gitlaridan har bir ota-ona xabardor bo'lishi va farzandlariga nasihat berishda ulardan o'rnak olishi darkor. Farzandlariga islomiy go'zal ism qo'yish, yaxshi ta'lim tarbiya berish ota-onaning burchidir. Ularni yedirib-ichirish, kelajagi haqida qayg'urish, istiqboli uchun beg'araz yordam ko'rsatish, ularni doimo diniy yo'llarga tashviq etib, haqlariga xayrli duolar qilish va qo'ldan kelgancha moddiy yordam berish kerak. Farzandlarni majburlab turmushga berish ularga zulm qilishdir. Bunda farzandlarining mutlaq roziligini olishlari kerak bo'ladi. Zero, turmush ularning baxtli kelajakka erishuvlariga dastak, tirgak hisoblanadi. Xullas, farzandlarining baxt-saodati uchun ota-onalar mas'uldir. Demak, bu mas'uliyat farzandlar uchun ta'lim tarbiyasi, odob axloqi, baxt saodati ustida katta e'tibor va hassoslik bilan harakat qilishga undaydi.

 

 “Xadichai Kubro” o’rta maxsus

 islom taʼlim muassasasi 4- kurs

 talabasi Maxmudova Munisa

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Другие новости

ODAM GO‘SHTI
06.12.2023 178
Oqila ismi jismiga mos qiz. Uning tarbiyasi va odobida oilasining ahamiyati katta. Keksa bobosi har doim nabiralarining tarbiyasi va xulqi uchun o’zi jon kuydiradi. Bu oilada barcha nabiralarning qiziqish va...
Подробнее
YAXSHILIK YO‘LIDA HAMKORLIK
19.11.2023 205
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlarErta bahor. Asr vaqti. Havo salqin. Quyosh gohida iliqqina nur sochadi. Gohida esa bulutlar ortiga kirib ketadiyu go’yoki chelaklab ko’z yosh to’kadi. Zum o’tmasdan huddi arazlari tarqab ketgan go’dakdek bulutlar...
Подробнее
NE‘MATLARDAN SO‘RALISH BOR
07.11.2023 181
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlar Tun. Atrof qorong‘u. Kichkina ixcham hovlining peshayvonini lippillab turgan birgina xira chiroq yoritib turibdi. Mo‘jazgina gulzorga ekilgan anvoyi gullarning hidi atrofni qamrab olgan. Namozshom vaqtida gulzorga oqizib qo‘yilgan suvning...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry