Ulug’larning nazdida farzand tarbiyasi
Go’dak g’oyatda muhtoj bo’lgan narsalardan biri uning hulqiga e’tibor bilan qarashdir. Zero u yoshligida tarbiyachisi o’rgatgan hulqlar bilan o’sib ulg’ayadi. Jumladan, tajanglik, achchiqlanish urushqoqlik, shoshqaloqlik, yengiltaklik, pala-partishlik, qo’rslik, ochofatlik kabi odatlar borki katta bo’lganda bularni tashlash qiyin bo’ladi va bu hulqlar unda mustahkam o’rnashgan sifat va odatga aylanib qoladi. Garchi bulardan juda hushyor bo’lib yursa ham, bir kuni albatta uni sharmanda qiladi. Shu tufayli aksar odamlarni egri hulqlar bilan topasiz. Bu narsa ular o’sib ungan tarbiya natijasidir. Shuningdek, bola esini taniganda uni lag’v (bema’ni) , botil va qo’shiq majlislaridan, bid’at va yomon gap-so’zlardan uzoq qilish vojibdir. Agarda bular uning quloqlariga ilashib qolsa, ulg’ayganda undan ajralishi qiyin, og’ir bo’ladi va bulardan uni halos qilish valiysiga qiyin kechadi. Zero odatlarni o’zgartirish eng qiyin ishlardandir. Uning sohibi ikkinchi bir tabiatni paydo qilishga muhtoj bo’ladi. Tabiat hukmidan chiqish esa, o’ta og’irdir. Bolaning valiysi uni boshqalardan narsa olishdan juda yiroq saqlashi kerak. Bola qachon olishga odatlansa , bu unga tabiat bo’lib qoladi va berish emas, olishga o’rganib ulg’ayadi. Bolani berish, ulashishga odatlantirish lozimdir. Qachonki valiy (birovga) narsa bermoqchi bo’lsa, bolani qo’li orqali bersinki, bola berish halovatini tuysin. Bolani yolg’onchi va hiyonatchi bo’lishidan juda qattiq saqlash kerak. Agarda valiy bolaga yolg’on va hiyonat 2 yo’lini qulaylashtirib qo’ygudek bo’lsa, uning dunyo va ohirat saodatini barbod etgan, uni hamma yahshilikdan mahrum etgan bo’ladi. Bolani yalqov, bekorchi, erinchoq va rohatda bo’lishga qo’yib qo’ymaslik, balki uni bularning ziddi bilan tutib turmoq kerak. Unga faqat qiladigan mashg’uloti uchun nafsi va badanini jamlab oladigan darajada dam bermoq kerak. Zero dangasalik va bekorchilikning yomon oqibatlari bordir. Insonlarning eng rohatlisi, eng toliqqanidir, insonlarning eng toliqadigani eng rohatdagisidir. Dunyo sardorligi va ohirat baht-saodatiga faqat toliqish ko’prigidan o’tiladi. Yahyo Ibn Abu Kasir dedilar: “Ilmga jismning rohati bilan erishilmaydi”. Bolani kechaning ohirida uyg’onishga odatlantiriladi. Bu g’animatlar taqsimlanadigan, sovrinlar ulashadigan palladir. Kimgadur kamroq, kimgadur ko’proq ulush tegadi, yana kimdir bebahra qoladi. Bola qachon yoshligida odatlanib olsa, katta bo’lganida bu unga qulay bo’ladi. Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat qilish. “Sunan” kitoblari, “Musnadi Ahmad” va Ibn Hibbon “Sahih” larida Nu’mon ibn Bashir Raziallohu anhudan rivoyat qildilar: Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam dedilar: -“Farzandlaringiz o’rtasida adolat qilinglar”. (Sahih hadis) Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir Roziallohu anhuning ayollari: “Mening bolamga hizmatkor sovg’a qiling va bu narsaga Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni guvoh qiling”, dedi. Bashir Raziallohu anhu Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni oldilariga keldilar-da : “Falonchining qizi (ayollarini aytyaptilar) uning o’gliga hizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti…”, dedilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va 3 Sallam: “ uning aka-ukalari bormi?”, deb so’radilar. “ha” dedilar. “Ularning hammalariga bunga berganingdek sovga berdingmi?”, deb so’radilar. “yoq”, deb javob berdilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “Bunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman”, dedilar. Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ Meni javrga guvoh qilma, albatta bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir”, dedilar. Bayhaqiy rivoyat qiladilar. Anas Roziallohu anhu dedilar: “ Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga o’tirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib qoldi va u o’glini o’pdi-da, bag’riga olib o’tkazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o’tqazdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Sen ular o’rtasida adolat qilmading”, dedilar. Salaflar bolalarini o’pishda ular o’rtasida adolat qilishni yahshi ko’rishar edi. وٍر قال تعاىل )) ُ َخ ٍل ف ا َ ت ب ُك َّل ُُمْ ُّ ََل ُُيِّ َ ن ا ََّّلل َّ ِّ ا إ ً ح َ ر َ ِّض م ْ ِّش ِِّف اْْلَر ََل ََتْ َ َّا ِّس و لن ِّ دَك ل َّ َ ْ خ ر ِّ ع َ ُص ََل ت َ و م ِّي ِّ ﴾۱۸﴿ َ ْ ُت ا ْْل و َ ِّت لَص ا َ ْصو اْْلَ َ ْ َكر ن أَن َّ ِّ َك إ ِّ ت ْ و َ ْ ص ن ِّ ُض ْض م ْغ ا َ َك و ِّ َ ْشي ِّصْد ِِّف م ْ اق َ و ﴿۱۹)) ﴾ «Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o'girmagin va yerda kibru-xavo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibru-xavoli, maqtanchoq kimsalarni suymas. Yurganingda o'rtacha yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki ovozlarning eng yomoni eshaklar ovozidir». (1) (1) (Lukmon 18-19) 4 Bola voyaga yetib, unda fikrlash alomatlari namoyon bo'lsa, uni yaxshi kuzatish va axvolini o'rganish lozim bo'ladi. Chunki, bolaning qalbi sodda va toza bo'lib, u xar qanday naqshni qabul qilishga tayyordir. Agar yaxshilikka odatlantirilsa, yaxshilik bilan ulg’ayadi. Uning savobida ota-ona va tarbiya beruvchilar sherik bo'ladi. Agar yomonlikka odatlansa, yomonlik bilan ulgayadi va javobgarlik uning yaqinlari bo'yniga tushadi. Shuning uchun bolani extiyot qilish, tarbiyalash, yomonliklardan pok tutib yaxshi axloqlarni o'rgatish lozimdir. Agar bola yuzida xayo nurlari ko'rinib ba'zi ishlardan uyalsa va xayo qilsa va uni yomon deb bilsa, bu Alloh taoloning hidoyati va axloqining yaxshiligi va qalbining tozaligiga dalolat qiladigan yaxshilikdir. Agar bolaning xolati shunday bo'lsa, u balog’atga yetganda komil aqlli bo'lishi bilan kelajagi porlokdir. Bolaga chiroyli odob berishga rioya qilish diqqat e'tiborga sazovor ishdir».
“Xadichai Kubro” o’rta maxsus
islom taʼlim muassasasi 4- kurs
talabasi Maxmudova Munisa