"Hali erta" deyishimiz bolaning o'sishiga xalaqit beradi
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: Ota-ona o‘z
bolasiga go‘zal odobdan afzal narsa bera olmaydi”.
Termiziy rivoyati
Farzand dunyoga kelgandan soʻng ota-ona zimmasidagi eng muhim ishlardan biri unga goʻzal tarbiya berish turadi. Barcha narsani ilmini o'rgatgan zot, Alloh taolo ham qur'oni karimda farzand solih bo'lib yetishishi uchun duo qilib so'rash lozimligini ta'kidlab shunday marhamat qiladi «Robbim, menga o'z huzuringdan pokiza zurriyot hadya et…» (Oli imron surasi 38-oyat). Shuning uchun farzandlar tarbiyasida harakatni erta boshlashlamoq lozim.
Farzand voyaga etishidagi sezilmas darajadagi mayda o'zgarishlarni toʻliq anglab olish mushkul, chunki ular har kuni o’z ota-onalari ko’z o’ngidadur. Ular esa biz o'ylaganimizdan tezroq rivojlanadilar. Professor, rivojlanish psixologiyasi boʻyicha dunyoga mashhur shveytsariyalik mutaxassis Jan Piaje uch farzandining rivojlanishini kuzatib, o'sish bosqichlari nazariyasini yaratdi. Uning kitoblarini qancha ko'p mutolaa qilsa, rivojlanishning har bir bosqichida to'g'ri ta'lim va muhitning ahamiyatini chuqurroq his etadi.
Piaje kuzatuvlariga ko'ra, yangi tug'ilgan chaqaloq og'ziga tushgan narsani so'radi, ammo tug'ilganidan 20 kun o'tib faqat sutni ichadi va uni qat'iyat bilan talab qiladi.
Uch oydan so'ng go'dakda biror narsaga, masalan, yotoq tepasida osilib turgan o'yinchoqqa yetishish va ushlash istagi rivojlanadi, chaqaloq buni katta ishtiyoq bilan bajaradi. Bir yarim yoshda esa qo'li yetmagan narsani tayoq bilan olish mumkinligini fahmlaydi. Ikki yoshdan so'ng so'zlarning mavhum ma'nolarini o'zicha anglagan holatda bog‘lashga intiladi. Masalan, "erkak" soʻzini faqat o'z otasi bilan yoki "yomg'ir" so'zini ko'chadagi suv sepadigan mashina bilan bogʻlaydi.
Bundan tashqari, bolalar to'rt yoshlar atrofida bo'lganida katta stakanga yarim qilib quyilgan sharbatdan ko'ra, bir xil hajmda bo'lsa ham, kichkina stakanga toʻla quyilganini koʻproq deb ishonadilar. Yoki "Krekr" pechenyesi maydalansa, soni ko'payadi deb o'ylaydilar. Asosiysi, bola shu kabi mayda jihatlarga e'tibor bera boshlaydi.
Bola ham jismonan, ham aqlan juda tez rivojlanadi. Shuning uchun har bir bosqichda uning rivojlanishini to'g'ri rag'batlantirish kerak. Bunga erishish uchun ota-ona bolaga nima va qachon kerakligini, nimaga qiziqayotganini diqqat bilan kuzatishi lozim. Chunki bolaga eng yaqin insonlar ota-onadir. Xorijiy tilni o'rganish uchun vaqtni to'g'ri tanlash muhim sanaladi. Chunki har bir erta rivojlanish bosqichining o'z vaqti-soati bor.
Masalan, bola yurishni boshlaganidan so'ng uni rolikli konkida uchishga o'rgatish o'ta mushkul, ammo endi yurishni boshlaganida konkida uchish ga o'rgatish oson kechadi va bir necha oy o'tgach undan hatto ajoyib figurachi chiqishi mumkin.
Amerikalik psixolog Makgrou egizaklar yordamida tajriba o'tkazdi. Ularning biri 11 oylik, ikkinchisi 22 oylik boʻlganida konkida uchishni o'rgatdi. Natijalar turlicha boʻldi: ertaroq o'rgatilgan bola ancha yaxshiroq natijaga erishdi.
Hulosa qilib aytsak shu kungacha biz: "Bolalarga u yoki bu ko'nikmalarni o'rgatish erta", deb ularning hayotini qiyinlashtirib, "eng yaxshi davri"'ni o'tkazib yubormoqdamiz.
Xadichai Kubro ayol-qizlar
o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
4- kurs talabasi Temurova Soliha.