YOSHLAR TA’LIM-TARBIYASIDA BARKAMOL INSONNI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM MEZONLAR
YOSHLAR TA’LIM-TARBIYASIDA BARKAMOL INSONNI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM MEZONLAR
Bugungi kunda ma’naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta va uzluksiz e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning har bir nutqi va ma’ruzalari, maqola va asarlarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda.
Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma’naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko‘lamli madaniy, tarixiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma’naviy inqirozga barham berish, yangicha tafakkurga ega bo‘lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta-sekin amalga oshadigan jarayon bo‘lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma’naviy bo‘shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir. Bu bo‘shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Bunga keyingi vaqtlarda yuz bergan mudhish voqealar yaqqol misol bo‘la oladi. SHu sababli tarixiy burilish davrlarida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to‘g‘ri anglab, bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mistaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma’naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo‘llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta’kidlab kelmoqda. Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. SHuning uchun ham yurtboshimiz «YUksak ma’naviyat - kelajak poydevori» degan hikmatli shiorni yanada balandroq ko‘tardiki, yuksak ma’naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo‘lib qoldi.
Ma’naviyatli va e’tiqodli kishilar o‘z maslagi, vatani uchun jonini fido qilishga ham tayyordirlar.
Endilikda, ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarildi. CHunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. YUrtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti bo‘ladi. Butun ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishimizni shu qoidaga asoslanib qurmog‘imiz, zamon, mustaqil taraqqiyotimiz, bozor munosabatlari davri talabidir.
Avvalo shuni aytish kerakki, hozirgi kunda komil inson g‘oyasi ma’naviy barkamol inson tushunchasining o‘zi keng qamrovli, serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan hamohangdir.
Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, ko‘rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, o‘ziga xoslik, etuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar;
Komil insonning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do‘stlik, g‘amxo‘rlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalalik, boadablik, iltifotlilik, kechirimlilik, mehmondo‘stlik, xalollik, to‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hakozolar;
Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, uddaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar;
Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnlilik, bama’nilik, xotirjamlik, sog‘lom fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar;
Sobitlik xislatlari: faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik, jo‘shqinlik, sabotlilik, bir so‘zda turishlik, barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, jiddiylik, nafsni tiyishlik, o‘zini yo‘qotmaslik, sovuqqonlik, o‘ziga talabchanlik, kamsuqumlik, o‘zini o‘zi idora eta bilish va boshqalar.
Ehtiroslilik xislatlari: ko‘tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, xazinlik, kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik, xijolatpazlik, iffatlilik va hakozolar.
Bizningcha, ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borilishi ularni barkamol, sog‘lom va komil inson ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
YAngicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a’lo darajada his etaditgan shaxs bo‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: «SHu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?» deb emas, balki: «Men o‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?» deb o‘ylashimiz va har dam shu tamoyil bilan yashashimiz kerak.
Nurmuhamedova Vazira
3-kurs talabasi