16.01.2022
545

Mantiq fanining paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari

Har bir fan kabi mantiq fani ham o`z shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid dastlabki atamalar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Biroq Yunon faylasuflari mantiq fanini rivojlanishi va alohida fan sifatida shakllanishiga sabab bo'ldilar. Ularning shakllanishiga notiqlik san`ati, matematika ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta`sir ko`rsatdi. Bu fanning mantiq deb nomlanishining sababi, botiniy va zohiriy nutqning aniq, mustahkam bo`lishi u sababidandir. Mantiq fani insonning zehnini xatolardan saqlovchi qonun-qoidalar jamlanmasi hisoblanadi. “Mantiq” so`zi lug`atda yunoncha “logika” so`zining arabcha tarjimasidir. “Logikos”-“so`z, aql” va “aql yuritish” ma`nolarini beradigan “logos” so`zi bilan aloqador bo`lib, so`z va aql ma`nolarini o`z ichiga qamrab olgan tushunchadir. Mantiq so`zi arabcha "نطق" so`zidan olingan masdari miymiy bo`lib, “nutq qilmoq”, “fikr, kalom” yoki “ong” degan ma`nolarni ham bildiradi.

Mantiq fanining alohida fan sifatida shakllanishi uning nomi bilan bog`liq. U birinchi bo`lib mantiq ilmi o`rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning “Kategoriyalar”, “Talqin haqida”, “Birinchi analitika”, “Ikkinchi analitika”, “Sofistik raddiyalar haqida”, “Topika” nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag`ishlangan. Aristotel mantiqni – “ma`lum bilimlardan noma`lum bilimlarni aniqlovchi”, “to`g`ri fikrni xato fikrdan ajratuvchi” fan sifatida ta`riflaydi.

Ular kitob ko`rinishiga keltirganlari uchun ko`pchilik asar asoschisi, ya`ni “Birinchi muallim-Arastu” deya ta`riflagan. Bu ilmga doir manbalar dastlab grek tilida bo`lgan. So`ngra suyroniy tiliga, keyinchalik esa arab tiliga tarjima qilingan. Musulmon olimlaridan Ibn Yaqub al-Kindiy, Ibn Rushd, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiylar mantiq ilmlari haqida kitoblar ta`vil qilishgan.

VII-XIII asrlarga kelib, Yaqin va O`rta Sharqda Arab xalifaligi vujudga kelgach, tarixda musulmon madaniyati nomi bilan ma`lum bo`lgan madaniyat shakllandi. Bu yangi madaniyatning shakllanishiga O`rta Osiyo xalqlarining iste`dodli vakillari xissa qo`shdilar. Bu davrda diniy va dunyoviy ilmlar qatori mantiq ilmi ham rivojlandi. IX-XI asrlar mantiqiy ta`limotlarning riojlanishidagi eng samarali davr hisoblanadi.

Aristotelning mantiqiy ta`limoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiqqa oid asarlari orqali, ya`ni Sharq orqali Yevropaga kirib keldi. O`rta asr Yevropasida mantiq masalalari asosan umumiy va yakka tushunchalarning o`zaro munosabati doirasida o`rganilgan. Xususan, 1662-yilda Antuan Arno va Pyer Nikol tomonidan “Mantiq yoki fikr qilish san`ati” deb nomlanuvchi kitob yozilib, nashr etildi. Keyinchalik bu asar “Por-Royal mantig`i” nomi bilan mashhur bo`ldi. Por-Royal mantig`i Dekartning mantiqiy qarashlariga asoslanadi.

XX asrga kelib mantiq ilmining ma`lum yo`nalishlari rivojlanishiga Vitgenshteyn, K.Popper, Y.K.Voyishvillo, V.A.Smirnov, Xantikki kabilar ham o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar.

Hozirgi paytda mantiq o`zining turli xil sohalari va yo`nalishlarida taraqqiy etib bormoqda.

 

 

                                        Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi  Naima Muhammadjonova

Другие новости

Shar’iy ilmlarni o’rganishda “Mantiq” faninig ahamiyati
15.03.2022 315
Ilmlar aqliy va naqliy turlarga bo’linadi. Aqliy ilmlarga fizika, himiya, falsafa kabi fikr va aqlga suyaniladigan fanlar kiradi. Naqliy ilmlar esa Qur’on, hadis, tafsir kabi naqllarga suyaniladigan shar’iy ilmlardan tashkil...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry