22.06.2022
369

Farzand tarbiyasida ta`limning uchta sirli kaliti

Farzand tarbiyasida ta`limning uchta sirli kaliti

       Farzand ota-onaga Alloh tarafidan berilgan omonatdir. Bolaning qanday unib-o’sishi ota-onaga bog’liq va shu sababdan ham ular Qiyomatda bu vazifadan so’raladilar. Alloh ta’olo Qur’oni karimda: “Ey, imon keltirganlar! O‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangiz...”, degan.

     Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan quyidagi hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar: “Har bir go‘dak albatta toza fitratda (ya’ni Islom fitratida) tug‘iladi. Lekin ota - onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qiladi. Buning misoli shuki, chorva hayvoni barcha a’zolari mukammal bo‘lgan hayvonni tug‘adi. Yoki sizlar quloq-burni kesilgan holda tug‘ilgan hayvonni bilasizlarmi?..”

       Yuqoridagi oyat va hadis ota-onalarning bola tarbiyasidagi o’rni naqadar kattaligini ochiq-ravshan ko’rsatib turibdi. O’zining ketidan solih farzand qolishini istagan har bir musulmon bolasining tarbiyasiga yoshlikdan juda qattiq kirishishi va uni har qanday zararli tashqi ta’sirlardan himoya qilishi kerak. Axir bog’bon ham gulni kichkinaligidan avaylab-asrab o’stirayotib, hayvonlardan saqlash uchun atrofini to’siq bilan o’raydiku. Agar bir gul shuncha e’tibor talab qilsa, mittivoylarning bunday e’tiborga bo’lgan ehtiyoji naqadar katta ekan...

         Bolalarga tarbiya berish ta’lim bilan bevosita bog‘liqdir. Biron bir shaxsni ta’limdan to‘sib qo‘ysangiz, undan ma’lumotlar oqimini uzib qo‘ysangiz, u avvaliga aqldan ozadi, keyin nobud bo‘ladi. Ma’lumotga shunchalar muhtoj qilib yaratilgan

inson uchun har bir yangi ma’lumot va bilim zavq bag‘ishlaydi. Bu holatga «ta’lim zavqi» deyishimiz mumkin. Bolalar ham ta’limdan olam-olam zavq oladilar. Faqat bola o‘sha bilimni egallashining uch sharti bor. O‘sha shartlar bajarilmasa, ta’lim

vaqtinchalik bo‘ladi va ma’lum vaqt o‘tib, unutilib ketadi. Bular: ishonch, bag‘rikenglik, kamtarlik. 

      Qachonki bolalar bilan kattalar o‘rtasida ishonchli aloqa bo‘lmas ekan, ta’lim-tarbiyadan gapirish o‘rinli emas. Chunki ishonch bo‘lmagan joyda g‘am-tashvish bo‘ladi. Tashvish bor joyda ta’lim-tarbiyaga o‘rin yo‘q. Bolani g‘am-g‘ussa ostida ezib, xafa qilib, unga achchiqlanib yoki jazolash orqali majburan yodlattirilsa ham, bunday ta’lim jarayonida bilimning amaldagi ko‘rinishi bo‘lgan erishish, qo‘lga kiritish, qisqasi, muvaffaqiyat yuzaga kelmaydi. Bola bugun o‘rganganini ertaga, boshlang‘ich sinfda o‘rganganini yuqori sinfda esidan chiqarib yuboradi.

       Shu jihatdan olib qaralganda, murabbiylarning eng muhim qobiliyati uning yaxshi dars o‘tishida emas, balki o‘quvchi bilan o‘zaro ishonch rishtalarini koʻra bilishidadir. Ishonchli aloqa o‘rnatishning sharti bag‘rikenglikdir. 

       Agar bola yanglishgan, xatoga yoʻl qoʻygan va ishni to‘liq bajarmagan paytlarda o‘qituvchisining: «Mayli, men ham bir paytlar xato qilardim» degan gapini eshitsa, hammasiga yaxshi gumon bilan qarayotgan ustoziga nisbatan paydo bo‘lgan ijobiy tuygʻuning nomi ishonchdir.

      Bolalar ustozlarichalik qobiliyatli bo‘lmaydi. Jismoniy jihatdan ham kattalardek emas. Shuning uchun ham kattalardan ko‘ra ko‘proq xatoga yo‘l qoʻyadilar.

       Amerikalik ixtirochi professor Genri Jinot o‘zini boshqalardan ajratib turadigan farqni so‘raganlarga xotiralarini shunday aytib bergan: «Muvaffaqiyatlarimning siri olti yashar paytimda onamning menga bergan o‘gitidadir. Voqea shunday bo‘lgandi: sovitkichdan bir shisha sut olayotib qo‘limdan tushirib yubordim. Sut shishasi chil-chil bo‘lib, hamma yoq sut bo‘ldi. Buni ko‘rgan onam darrov menga jaxl qilib baqirmadi, aksincha, «Voy, Genri, zo‘r sut ko‘li bo‘libdimi-a? Shu ko‘lda men bilan biroz o‘ynashni istaysanmi?» -dedi. Biz biroz o‘ynagach onam: «Bilasanmi, o‘g‘lim, har kim o‘zi qilgan ishni o‘zi to‘g‘rilab qo‘yishi kerak. Hozir mendan shu sut ko‘lini tozalash uchun sochiq so‘raysanmi?» - deganida o‘zimni shunchalik qadrli his qildim. Qo‘ldan kelgancha sut to‘kilgan joyni tozaladim va onam bilan hovliga chiqdik. U yerda menga sut shishasini to‘kmasdan qanday olib kelishni o‘rgatdi. Mana shu voqea bir umr meni boshqalardan farqli jihatimni ko‘rsatuvchi voqea bo‘lib qoldi».

       Ayrim o‘qituvchilar bolaning xato-kamchiligini topib, yuziga solishni ma’rifat deb tushunadilar. Shu tariqa bola kamroq xatoga yo‘l qo‘yishiga ishonadilar. Holbuki,bolalar xatolarini topib, tanqid qiladigan emas, bagʻrikeng, tushunadigan insonlar bilan birga boʻlishdan baxtiyor boʻladilar.

       Bolada ishonch tuyg‘usi shakllanishining ikkinchi sharti - kamtarlik, tavoze’dir. Kamtarlik- bilganini bildirish emas, his qildirishdir. Bolalar o‘zini katta oluvchi, kekkaygan kattalardan ta’lim olishni istamaydilar. Ular faqat xokisor, kamtar, bilimi bilan boshqalarni ezib tashlamaydigan insonlar bilan birga bo‘lishni xohlaydilar.

        Hulosa qilib aytsak, bola tarbiyasi kattalar tarbiyasi kabi emas. Ularga ishonch bilan, bag‘rikenglik va kamtarlik bilan muomala qilmaydigan tarbiyachi ta’lim-tarbiya beruvchi emas, zarar keltiruvchi hisoblanadi. Asabiy kishilarning aksariyatida yoshligida ta’limdagi xatolar ta’siri hali ham bor ekanligini unutmaslik kerak.

 

Temurova Soliha

Другие новости

ODAM GO‘SHTI
06.12.2023 194
Oqila ismi jismiga mos qiz. Uning tarbiyasi va odobida oilasining ahamiyati katta. Keksa bobosi har doim nabiralarining tarbiyasi va xulqi uchun o’zi jon kuydiradi. Bu oilada barcha nabiralarning qiziqish va...
Подробнее
YAXSHILIK YO‘LIDA HAMKORLIK
19.11.2023 221
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlarErta bahor. Asr vaqti. Havo salqin. Quyosh gohida iliqqina nur sochadi. Gohida esa bulutlar ortiga kirib ketadiyu go’yoki chelaklab ko’z yosh to’kadi. Zum o’tmasdan huddi arazlari tarqab ketgan go’dakdek bulutlar...
Подробнее
NE‘MATLARDAN SO‘RALISH BOR
07.11.2023 195
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlar Tun. Atrof qorong‘u. Kichkina ixcham hovlining peshayvonini lippillab turgan birgina xira chiroq yoritib turibdi. Mo‘jazgina gulzorga ekilgan anvoyi gullarning hidi atrofni qamrab olgan. Namozshom vaqtida gulzorga oqizib qo‘yilgan suvning...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry