23.06.2022
337

Farzand chegaralarini hurmat qilish

 

Har bir ota-ona o’z farzandining tarbiyasi bilan shug’ullana turib uning ruhiy holatiga, aqliy faoliyatning kerakli darajada rivojlanishiga e’tibor qaratadi. Bu xislatlarning normal darajada rivojlanishi inson organizmi hujayralari o’z funksiyasini bajarishi qay holatda ekanligi muhim ahamiyatga egadir.  

Hujayralararo aloqalar eng faol shakllanadigan davr - bu bolaning tug'ilishidan uch yoshgacha bo'lgan davridir. Shu vaqt davomida bunday birikmalarning taxminan 70- 80 foizi paydo bo'ladi. Ular rivojlangani sari miyaning imkoniyatlari kengayib boradi. Tug'ilgandan keyingi birinchi olti oy davomida miyaning salohiyati 50 foizga, uch yoshgacha esa 80 foizga yetadi. Albatta, bu go'daklikdan keyin bola miyasi butkul rivojlanishdan to'xtaydi degani emas. To'rt yoshdan boshlab miyaning boshqa bir qismidagi hujayraviy aloqalar ishga tushadi. Uch yoshgacha asosan miyaning orqa qismi shakllanadi, to'rt yoshdan esa bu murakkab jarayonga "peshona boʻlimlari" deb ataluvchi qism qo'shiladi. Uch yoshgacha va undan keyingi hujayraviy aloqalar shakllanishidagi farq shundaki, uch yoshgacha shakllangan hujayra koʻpriklarini kompyuterdagi "texnik ta'minot" desak, uch yoshdan keyingisi esa kompyuterdagi "dastur bilan ta'minlash"ga mos keladi.

     Miyaning tashqi signalni qabul qilishi, uning tasvirini yaratishi va uni xotirada saqlab qolish sifati asosiy qobiliyat hisoblanib, bu bosh o'zak aynan biz nazarda tutgan kompyuterdirki, bolaning kelajakdagi intellektual rivojlanishiga fundamental asos bo'ladi. Fikrlash, ehtiyojlar, ijodkorlik, his-tuyg'ular kabi yetuk qobiliyatlar uch yoshdan keyin rivojlanadi, ammo ular bu yoshgacha shakllangan bazadan foydalanadilar.

     Hozirgi kunda ham ko'pgina psixologlar va pedagoglar, ayniqsa, "ilg'or" (progressiv) pedagoglar bolani yoshligidan o'qitishni noto'g'ri deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, ma'lumotning ko'pligi bolaning asab tizimiga salbiy ta'sir qiladi, shu sababdan uni o'z-o'ziga qo'yib berish va o'zi istagan narsani qilishga imkon yaratish o'rinlidir. Ba'zilar hatto bu yoshdagi bolalarning xudbin ekaniga va barcha ishlarni faqat o'z xursandchiligi uchun qilishiga ishonishadi.

    Shu sababli butun dunyodagi ota-onalar bunday fikrlar ta'siri ostida ongli ravishda bolani "tinch qo'yish" tamoyiliga amal qiladilar.

     Xuddi shu ota-onalar bola bog'cha yoki maktabga borganida darhol bu tamoyildan voz kechib, birdan o'z farzandlariga biron narsani o'rgatishga va tarbiyalashga urinib, qattiqqo'l bo'lib qoladilar. Hech bir sababsiz "muloyim" onalar "shafqatsiz" onalarga aylanadilar. Yuqoridagi ma'lumotlarga asosan, buning teskarisi boʻlishi kerak. Bola hayotining, ayniqsa, birinchi yillarida u bilan qattiqqo'l hamda muloyim bo'lmoq, uch yoshdan keyin, o'z "men"ini taniy boshlaganida esa uning irodasini hurmat qilishni o'rganmoq zarur. Go'daklikda aralashmaslik va keyinroq bolaga bosim oʻtkazish undagi qobiliyatni so'ndirishi va qarshilikni vujudga keltirishi mumkin. Shu sabab aksar ota-onalar o’zlari bilmagan holda farzandlarini ma’lum chegaralarini buzadilar va bolada psixologik travmalar hosil qiladilar. Bu holat ayniqsa o’smir bolalarning emotsional va jismoniy holatlariga juda ta’sir katta ko’rsatadi. Chunki bu davrda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, oilaviy nizolar ko’payadi. Shunday keskin o’zgarishlar davrida ota-onalardan sabrli bo’lish talab etiladi. Afsuski ko’p hollarda ota-onalar farzandini chungisi kelmay farzandni shakllanayotgan xarakteriga salbiy ta’sir ko’rsatishadi. Ya’ni ularning jismoniy va emotsional chegaralarini buzishadi. Bolani urib uni jismoniy chegarasini buzish yoki uni haqoratlab, “sen nimani ham bilarding yoki hali yoshsan” deb ularni yerga urish bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Shahsiy chegara – bu individual hissiy va aqliy doira bo’lib, insonning qadriyatlari, manfaatlari, qiziqishlari, iqtidorlari, hayajonlarini o’z ichiga oladi.

Insonning chegaralari 3 qismga bo’linadi:

  1. Jismoniy chegara.
  2. Emotsional chegara.

     Jismoniy chegara. ko’rinib turgan chegaralar. Masalan, insonnig terisi, uyning devorlari.

     Emotsional chegara. Atrofdagilar sizga, siz atrofdagilarga qanday muomila qilayotganingizni bildirish. Masalan bolada jahl qilishidan, yeg’lashidan, emotsiyalarini bildirishdan to’silgan bo’lsa, bola emotsional chegaralari yo’q bo’lib ulg’ayadi. Shakllanayotgan bolalarda tuyg’ularini his qila olishga va ularni boshidan kechirishga imkon berish kerak. Insonning yoshi ulg’aygani sari unga qadrli bo’lgan  narsalarning qiymati o’zgara boshlaydi. Bolaligida qadrli bo’lgan narsalar vaqt o’tishi bilan qadrini yo’qota boshlaydi. Tabiyki ota-onalar va bollarga qadrli bo’lgan narsalar turlicha bo’ladi. Ko’p holatlarda ota-onalar narsalarni o’z qadr chegaralari bilan o’lchashadi va bolani qadr chegaralarini inobatga olishmaydi. Masalan, bolaning o’yinchog’i sinsa unga “yeg’lama boshqasini olib beraman” yoki “shunga ham yeg’laysanmi?” deyish noto’g’ri. Unga u o’yinchoq qadrli edi. Uni tuyg’ularini o’zi his qlishga qo’yib berish kerak. Ba’zida mehrni ham keragidan ortiq berish kerak emas.

 Bu chegara turi ham bir qancha qismlarga bo’linadi. 

  • Qat’iy chegara. Odamovi, odamlarga qo’shilmaydigan o’zining qattiq va qat’iy chegaralari bor. Ya’ni olgan psixologik travmalari sabab o’ziga hech kimni yaqinlashtirmaydigan insonlar.
  • Nosog’lom chegara. Boshqalar uchun o’zini qurbon qiladigan insonlar turi. Bu turdagi insonlar o’zi nima hoxlashini o’zi bilmaydi. Shuningdek, bu kabi insonlar birovlarga do’st bo’lgandek bo’lib, unga “yopishib” olishadi.  Ular boshqalarning chegarasi bilan yashashadi. Haqoratlarga chidaydigan, o’zini himoya qila olmaydigan insonlar.
  • Chegarasi yo’q. Chegara haqida tushunchaga ega emas. Umuman hech qanday chegarasi yo’q insonlar. Masalan kayfiyati atrofdagilarni kayfiyatiga bog’liq insonlar. Ular oldidagi insonlar hafa bo’lsa hafa bo’lishadi, hursand bo’lsa hursand bo’lishadi. Oldidagi insonlar  hursand bo’lsa o’zini majburlab hursand ko’rsatib o’tirish kerak  hafa bo’lish notog’ri deb hisoblashadi. Holbuki har bir insonni o’z ixtiyori bor.
  • Sog’lom chegara. Muayyan insonlarni o’z hayotiga kirgizadi, ba’zilarini esa yo’q. O’z  o’rnida yuqoridaga sifatlarni ba’zisi ham o’z ichiga oladi. Shunday o’rinlardaki, ba’zida hurmat, qarindosh urug’chilik aloqalarini saqlash maqsadida o’z chegaralarini buzushga ham ruxsat beradi, ba’zida esa ruxsat bermaydi.

         O’zi haqida yetarlicha ma’lumoti bo’lmagan inson hech qayerda so’g’lom munosabat o’rnata olmaydi.  

Yuqoridagi chegaralar bolada surunkali ravishda buzib kelishning oqibatida bolada psixologik travma shakllanib qoladi va u bilan uzoq va davomiy ravishda shug’illanilmaguncha unda bu trigger bo’lib qolaveradi.

Другие новости

ODAM GO‘SHTI
06.12.2023 194
Oqila ismi jismiga mos qiz. Uning tarbiyasi va odobida oilasining ahamiyati katta. Keksa bobosi har doim nabiralarining tarbiyasi va xulqi uchun o’zi jon kuydiradi. Bu oilada barcha nabiralarning qiziqish va...
Подробнее
YAXSHILIK YO‘LIDA HAMKORLIK
19.11.2023 221
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlarErta bahor. Asr vaqti. Havo salqin. Quyosh gohida iliqqina nur sochadi. Gohida esa bulutlar ortiga kirib ketadiyu go’yoki chelaklab ko’z yosh to’kadi. Zum o’tmasdan huddi arazlari tarqab ketgan go’dakdek bulutlar...
Подробнее
NE‘MATLARDAN SO‘RALISH BOR
07.11.2023 195
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlar Tun. Atrof qorong‘u. Kichkina ixcham hovlining peshayvonini lippillab turgan birgina xira chiroq yoritib turibdi. Mo‘jazgina gulzorga ekilgan anvoyi gullarning hidi atrofni qamrab olgan. Namozshom vaqtida gulzorga oqizib qo‘yilgan suvning...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry