15.03.2023
70

ONA SUTI VA TARBIYA

Ona farzand uchun ham enaga, ham tarbiyachi, ham yo'l ko'rsatuvchidir. U go'dak bolaning tarbiyasi, jismining sog'ligi, qalbining pokligi va ma'naviyatining butun bo'lishida birinchi mas'ul shaxsdir. Ona o'z farzandini oilaviy va ijtimoiy hayotga tayyorlaydi. Ta'lim tarbiya berishda onalarning e'tibori bois farzandlar kamol topadi.
Xalqimizda "Sut bilan kirgan - jon bilan chiqadi", "Beshikda tekkan, kafanda ketar" degan hikmatli so'zlar bor. Mana shu va shunga o'xshash hikmatli so'zlar zamirida onalar emizish davrida o'zlarining odob-axloqiga ko'proq ahamiyat qaratishlari lozimligiga undash bordir. Ona o'z bolasini ko'ksidan sut berib, hayotga tayyorlaydi.Demak, bu jarayonda ona o'zini ehtiyot qilishi, taqvo yo'lini yanada mahkam tutishi, zikr-tasbeh duolar bilan bolasini emizishga harakat qilishi lozim. Farzand tarbiyasida sut emish davrining alohida ahamiyati bor. Chunki u bolaning jisman va ruhan shakllanish davridir. Ana shu davr tarbiyasi bolalarning sog'lom bo'lishida tamal toshi hisoblanadi. Tarbiyali farzandgina ota va onasiga haqiqiy ko'z quvonchi va dunyo hayotining ziynati bo'ladi.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Har biringiz javobgarsiz va qo'l ostidagilarga mas'uldirsiz. Imom javobgardir va qo'l ostidagilarga mas'uldir. Er o'z ahliga javobgardir va qo'l ostidagilarga mas'uldir. Ayol erining uyiga va bolalari uchun javobgardir va qo'l ostidagilarga mas'uldir. Xodim xojasining mol-mulkiga javobgardir va qo'l ostidagilarga mas'uldir", - dedilar". Tug'ilgan farzand uchun oila bir maktab, ota-ona bolaning birinchi muallimidir. Aynan shu oila maktabi jamiyatning barqarorligi, tinchligi, taraqqiyotini ta'minlaydi. Yoshlarning har tomonlama komil, ma'naviyatli, odob-axloqli bo'lib ulg'ayishlari oilaga bog'liqdir. Oilada komil tarbiya ko'rgan bola hamma joyda o'z o'rnini topadi. Ota-onasiga rahmatlar oladi.
Alloh taolo har bir oilada bolalarning sog'lom, odob-axloq bilan ziynatlagan, ko'z quvonchi bo'lib ulg'ayishini nasib aylasin!

Manbalar asosida 3-kurs talabasi Axmadxonova Soliha tayyorladi
Mas'ul ustoz: Qutbiddinova Muharram.

Другие новости

Farzand tarbiyalashda imon tarbiyasining o'rni
11.04.2023 67
Farzandga imon tarbiyasini berish bu kelajakda uni vijdonli, e’tiqodli, Vataniga, diniga, millatiga, qadryatlariga sodiq inson etib kamolga yetkazishdur. Bolaning yoshi, aqlu idroki, qobiliyatlariga mos ravishda imon asoslari, muqaddas dinimiz arkonlari...
Подробнее
Farzand chegaralarini hurmat qilish
23.06.2022 157
Har bir ota-ona o’z farzandining tarbiyasi bilan shug’ullana turib uning ruhiy holatiga, aqliy faoliyatning kerakli darajada rivojlanishiga e’tibor qaratadi. Bu xislatlarning normal darajada rivojlanishi inson organizmi hujayralari o’z funksiyasini bajarishi...
Подробнее
Farzand tarbiyasida ta`limning uchta sirli kaliti
22.06.2022 165
Farzand tarbiyasida ta`limning uchta sirli kaliti Farzand ota-onaga Alloh tarafidan berilgan omonatdir. Bolaning qanday unib-o’sishi ota-onaga bog’liq va shu sababdan ham ular Qiyomatda bu vazifadan so’raladilar. Alloh ta’olo Qur’oni karimda:...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry