11.04.2023
67

Farzand tarbiyalashda imon tarbiyasining o'rni

 
Farzandga imon tarbiyasini berish bu kelajakda uni vijdonli, e’tiqodli, Vataniga, diniga, millatiga, qadryatlariga sodiq inson etib kamolga yetkazishdur. Bolaning yoshi, aqlu idroki, qobiliyatlariga mos ravishda  imon asoslari, muqaddas dinimiz arkonlari haqida tushunchalar berib borish, tarbiyalash lozim. Shunda farzand hayoti davomida turli buzg’unchi aqidalarga chalg’imaydi, din dushmanlari ta’siriga tushmaydi, e’tiqodsiz loqaydga aylanmaydi.
Bola ongida Alloh, payg’ambarimiz( sollolohu alayhi va sallam), farishtalar va ohirat dunyosi haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish kerak. Oilada musulmonchilikka ta'aluqli  qadriyatlar haqida boshlang’ich ma'lumotlarni o’rgatishni boshlash lozim. Bu borada payg’ambarimiz (sollolohu alayhi va sallam) nasihatlariga quloq tutmoq  eng to’g’ri yo’ldur. Imom Xokim Abdulloh ibn Abbosdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda  Payg’ambarimiz (sollollohu alayhi vassallam) “Bolalaringiz tilini  avval “La ilaha ilolloh” kalimasi bilan chiqaringlar”, deb marhamat qilganlar. Go’dakning dastlabki so’zi Allohning ismi bo’lishi muborak kalima uning tiliga, diliga muxrlanishi uchun tamal toshi qo’yilishidur.
Shu o’rinda bir og’riqli  masalaga ham to’htalib o’tamiz: bugun ayrim bolalarimiz  g’arbdagi qo’shiqchi, san'atkor, sportchi yoki boshqa shaxslarning tarixini, turmush tarzini, hayotini, hatto nimani yaxshi ko’rib, nimani yomon ko’rishigacha biladi. Ammo o’z millatining qahramonlari, ulug’ ajdodlari  haqida bilmaydi. Bazi yigitlar hatto balog’at yoshiga yetib oila quradigan davrida ham imon kalimasini ayta olmasligi kishini tashvishga soladi. Payg’ambarimiz (sollollohu alayhi vassallam) muborak hadislarida: “har bir tug’ilgan go'dak sof fitratda tug’iladi. Keyin uni ota onasi yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi”, deb marhamat qilganlar.
Imon tarbiyasining yana bir qirrasi farzandga halol  bilan haromning farqini o’rgatib bormoqlikdur.
Shuningdek hozirgi kunda axborot texnologiyalari taraqqiy etgan bir davrda farzandlarimizga foyda-zarar, savob-gunoh, kerak-nokerak, ishlar haqida yaxshilab ta’lim berish kerak. Axborot-kompyuter  tehnikalarining ilmga, taraqqiyotga qanchalik manfaati borligi hammaga ayon. Ammo tanganing ikki tomoni bo’lganidek, bolalarning milliy qadriyatlarimizga , dinimizga yot bo’lgan, odamda yovuzlik, vaxshiylik sifatlarini shakllantiruvchi turli xil bemani dastur va behuda o’yinlar bilan vaqtlarini o’tkazayotgani achinarlidir. Ota-onalar, ta’lim-tarbiya ishiga mutasaddi bo’lgan shaxslar beparvoligi oqibatida farzandlar xudbin, hissiyotlari yo'q unsurga aylanishi mumkin. Bolalarga yoshligidan imon tarbiyasi berib borilsa, ular diniga, millatiga xos bo’lmagan ishlar va ularning oqibatlari haqida bilib ulg’aysalar, albatta bu jamiyat uchun ham manfaatli ish bo’ladi.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Axmadxonova S.
Mas'ul ustoz: Qutbiddinova M.

Другие новости

ONA SUTI VA TARBIYA
15.03.2023 70
Ona farzand uchun ham enaga, ham tarbiyachi, ham yo'l ko'rsatuvchidir. U go'dak bolaning tarbiyasi, jismining sog'ligi, qalbining pokligi va ma'naviyatining butun bo'lishida birinchi mas'ul shaxsdir. Ona o'z farzandini oilaviy va...
Подробнее
Farzand chegaralarini hurmat qilish
23.06.2022 157
Har bir ota-ona o’z farzandining tarbiyasi bilan shug’ullana turib uning ruhiy holatiga, aqliy faoliyatning kerakli darajada rivojlanishiga e’tibor qaratadi. Bu xislatlarning normal darajada rivojlanishi inson organizmi hujayralari o’z funksiyasini bajarishi...
Подробнее
Farzand tarbiyasida ta`limning uchta sirli kaliti
22.06.2022 165
Farzand tarbiyasida ta`limning uchta sirli kaliti Farzand ota-onaga Alloh tarafidan berilgan omonatdir. Bolaning qanday unib-o’sishi ota-onaga bog’liq va shu sababdan ham ular Qiyomatda bu vazifadan so’raladilar. Alloh ta’olo Qur’oni karimda:...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry