02.11.2023
72

SALOMNING FAZILATI

#Ibrat_vaqti 
#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlar 

SALOMNING FAZILATI


Abbos bugun yangi maktabga ko’chdi. U bunday holatlarga ko’nikkan. Otasining kasbi taqozosidan tez-tez turli shaharlarga ko’chib yuradilar. Abbos turfa sinfdoshlarni, turlicha qo’shnilarni ko’raverib o’rganib ketgan. U kelgan maktabning o’quvchilari juda ham ochiq chehrali o’quvchilar ekan. Ayniqsa ustozlarini va bir-birini hatto o’zidan kichiklarni ko’rganda ham qo’lini ko’ksiga qo’yib tabassum bilan – Assalomu alaykum, deb aytar ekanlar. Salomga alik oluvchi esa unga javoban – Va alaykum assalom va rohmatulloh, deb javob berarkan. Kun davomida bir necha bor ko’rgan kishisiga yana shunday salom beraverish odat tusiga kirib qolgan ekan. Abbos bu maktabni boshqalaridan farqli ekanligini, bolalarning o’zaro hurmat va odobini ko’rib hayratlandi. Tongda maktabga oshiqar kechki taom vaqtida ota-onasiga sinfdoshlari haqida to’lqinlanib gapirib berar edi. Ota-onasi ham tabiatan yovvoyiroq bo’lgan o’g’lidagi bunday o’zgarishlarni ko’rib xursand bo’lishar edi. U sinfdagi barcha bolalar bilan tezda kirishib ketdi. Bir kuni mahallasida yashaydigan sinfdoshi Tursun bilan uyga qaytarkan, bu maktab unda juda ijobiy taassurot qoldirayotganini, ayniqsa o’zaro salomlashish yoqib qolayotgani haqida gapirdi. Tursun Abbosga qarab: - Ey do’stim sen hali umumiy majlislarda qatnashishga ulgurmadingda. Axir har safar yig’ilishda tarbiyachimiz ushbu oyatni takror-takror uqtiradilar. Alloh taolo Niso surasining 86-oyatida:
وَإِذَا حُيِّيتُمْ بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّوا بِأَحْسَنَ مِنْهَا أَوْ رُدُّوهَا
Qachon sizlarga biror  salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz yoki o’sha iborani qaytaringiz…
deya marhamat qilgan. Biz mana shu oyatga amal qilamiz xalos, dedi. Abbos do’stining gaplaridan juda ta’sirlandi. Birgina oyatga amal qilishning fazilati shu qadar bo’lsaya! U Tursun aytgan oyatni yon daftariga yozib qo’ydi. Mabodo boshqa maktabga ko’chishga to’g’ri kelsa yangi do’stlariga ham o’rgatishni niyat qildi.
                                                                                        
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi o‘qituvchisi Axmedova M.

Другие новости

ODAM GO‘SHTI
06.12.2023 76
Oqila ismi jismiga mos qiz. Uning tarbiyasi va odobida oilasining ahamiyati katta. Keksa bobosi har doim nabiralarining tarbiyasi va xulqi uchun o’zi jon kuydiradi. Bu oilada barcha nabiralarning qiziqish va...
Подробнее
YAXSHILIK YO‘LIDA HAMKORLIK
19.11.2023 87
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlarErta bahor. Asr vaqti. Havo salqin. Quyosh gohida iliqqina nur sochadi. Gohida esa bulutlar ortiga kirib ketadiyu go’yoki chelaklab ko’z yosh to’kadi. Zum o’tmasdan huddi arazlari tarqab ketgan go’dakdek bulutlar...
Подробнее
NE‘MATLARDAN SO‘RALISH BOR
07.11.2023 88
#Ibrat_vaqti#Hikoyalarda_aks_etgan_oyatlar Tun. Atrof qorong‘u. Kichkina ixcham hovlining peshayvonini lippillab turgan birgina xira chiroq yoritib turibdi. Mo‘jazgina gulzorga ekilgan anvoyi gullarning hidi atrofni qamrab olgan. Namozshom vaqtida gulzorga oqizib qo‘yilgan suvning...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry