21.01.2024
245

Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq  ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz va hodimalariga joriy yilning 19-yanvar sanasida Mulla Alliyul Qoriyning "Hizbul A‘zam" kitobi bo‘yicha ijozalar taqdim qilindi. Hadis va Arab tili o'qituvchilari Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamizga Imom Navaviyning "Qirq hadis" kitoblarida keltirilgan hadislarni yodlab topshirdilar. Shu bilan bir qatorda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sharaflariga atab yozilgan mashhur Imom Busiriyning "Burda Qasidasi" kitobini ham o‘qib tugatib, ushbu mo‘tabar manbaalardan ham ijoza olish baxtiga sazovor bo‘ldilar.

 

 

 

 

 

 

 

Ayni damda ta‘lim muassasasi ustozlari Muxtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida Xatmul kutub ananasini muntazam davom ettirish maqsadida, fiqh ilmida mo‘tabar manbalardan bo‘lgan Imom Sodrush-Shar‘iya Ubaydulloh ibn Mas‘ud al Buxoriyning "Nuqoya Muxtasari Viqoya " kitobi va shu bilan bir qatorda Aqida ilmi bo‘yicha Imom A‘zamninig "Fiqhul Akbar" kitoblarining mashhur sharhlaridan biri bo'lmish "Al Badrul Anvor" asari  mutolaa qilinib, sharhlab kelinmoqda. Madrsamiz jamoasi ushbu darslardan juda ko'plab foydalar olmoqdalar. Joriy o‘quv yilining so‘ngiga qadar ushbu kitoblarni ham o‘qib tugatib, ijozlar olish rejalashtirilmoqda . Shunday hayrli ishlarni yo‘lga qo‘ygan ta‘lim muassasasi rahbariyatiga va qimmatli vaqtlarini ayamay bizlarga ilm berib kelayotgan Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Ta‘lim muassasamiz jamoasiga ilm yo'lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.


“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasi hadis fani o'qituvchisi J.Jamol qizi

Другие новости

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin
21.03.2025 19
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan go'zal va dilbar fasl bahor kirib keldi. Ana shu ulug' ayyom - sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin
Подробнее
Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 289
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 229
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry