22.01.2024
289

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida

#Yangi_o‘quv_yili
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish
#Jadidchilik_harakatlari

Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film kuzatildi

Joriy yilning 18-yanvar sanasida “Xadichai kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 1 kurs talabalariga “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” boshlig’i va EQKMMA fani o’qituvchisi G.Maxamedova boshchiligida "“Ajdodlar xotirasi yodimizda” shiori doirasida amaliy mashg’ulot tashkil etildi. Unda O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma'naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e'tibor qaratilgani, bunga qadar 19-asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar oʻrtasida Jadidchilik harakatlari vujudga kelgani, harakat namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgani borasida so’z bordi. Shundan so’ng oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilari borasida hujjatli filmlar tomosha qildilar. Jumladan, 1914-yil Toshkentga kelib, „Sadoi Turkiston“ gazetasi bilan hamkorlik qilgan Cho’lpon, 1875-yilning 20-yanvarida tavallud topgan va 18 yoshidan qozixonada mirzalik qilib, qozi, mufti darajasiga koʻtarilgan Mahmudxo’ja Behbudiy hayoti haqida ma’lumot qlmashildi. Mashg’ulot so’ngida mavzu borasida talabalarda ko’nikma va malaka hosil qilish maqsadida bir qator ijodiy ishlar berilib, taqdim qilish uchun muddat belgilab berildi.

“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi

Другие новости

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin
21.03.2025 19
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan go'zal va dilbar fasl bahor kirib keldi. Ana shu ulug' ayyom - sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 245
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 229
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry