Ta’lim muassasasida 8.12.2025 sanasidan 20.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:
✅ Ta’lim muassasasida 8.12.2025 sanasidan 20.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan 1-kurs talabalari o‘rtasida “Huquq bilimdonlari” nomli “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi. G‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🍁 Estetika fani o‘qituvchisi boshchiligida talabalarning Toshkent botanika bog‘iga sayohati tashkil etilib, tabiat go‘zalligi va ekologik muammolar muhokama qilindi.
✅ “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” haftaligi doirasida Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu haftalik doirasida faol talabalar, eng kitobxon o‘qituvchi, xodim va talabalar taqdirlandi.
🌐 “Qur’oni karim va tajvid” kursi tinglovchilari bilan hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi mavzusida mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.
🏆 Bitiruvchimiz Kamola Rahmonova “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 3-kurs talabasi Muhsina Yusufiy Qur’oni Karimni mukammal yod olgani uchun rag‘batlantirildi.
🖊 Xattotlik san’ati, 📘 ingliz tilida “Consistency Always Wins” tadbiri hamda 📚 Respublika bolalar kutubxonasidagi davra suhbatlarida talabalar faol ishtirok etdilar.
🟢 Barcha tadbirlar talabalarning bilim, ma’naviyat va ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
#tadbir
🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal!
Telegram (https://t.me/xadichauz) 🕊| Instagram (https://www.instagram.com/xadichauzofficial/)📱
Facebook (https://www.facebook.com/Xadicha.uz)📱| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCHjfzg_O8G4_0PrEWDuW3-A) 📺
Другие новости
УЗ
РУ
EN
العربية