20.02.2024
38

" Barchasi o‘z qo‘lingda " shiori ostida targ‘ibot dekadalari.

#tashrif
#hayriya

✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida “Barchasi o‘z qo‘lingda” shiori ostida targ‘ibot dekadalari doirasida tashrif tashkil etish. 

✍️Joriy yilning 17-fevral kuni “Xadichai Kubro” ayol–qizlar oʻrta maxsus  islom taʼlim muassasasi oʻqituvchi, xodim,  talaba qizlari hamda Xalqaro Islom akademiyasi 2-kurs amaliyotchi talabalari tashabbusi bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 36-imkoniyati cheklangan bolalar maktabiga ta’lim muassasaning talabalari qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan yeguliklari bilan xayriya dasturxonini yozish uchun tashrif buyurildi. Tashrif davomida koʻzlarida mehr toʻla boʻlgan bolajonlar bilan ta’lim muassasasi jamoasi va amaliyotchi talabalar qisqa boʻlsada suhbatlashishdi va ularni yarim ko‘ngillariga oz bo‘lsada quvonch ulashishdi. Bu ularning porlab turgan ko’zlaridan sezilar edi. 
Alisher Navoiy taʼbiri bilan aytganda: "Bir koʻngilni obod qilmoq, kaʼbani obod qilmoq bilan barobardir". 
Ushbu hikmatli soʻz bugun isbotini topdik desak, mubolag‘a boʻlmas. Zotan inson yashar ekan oʻzini kerakli his qilish bu katta baxt demakdir. Zero bu koʻngilida kemtigi bor bolajonlar nafaqat oilasiga balki oʻzga insonlarga ham qadrli ekanliklarini his qilishgan bo‘lsa ajab emas.

📚 Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

Telegram 🕊| Instagram
Facebook | Youtube 

Другие новости

"Axborot va murabbiylik soati " bo‘lib o‘tdi.
20.02.2024 38
#murabbiylik_soati “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 3-kurs talaba qizlari bilan “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” mavzusida axborot va murabbiylik soati o‘tkazildi.Joriy yilning 17 - fevral sanasida ta’lim...
Подробнее
Тўгараклар
12.03.2021 695
Таълим муассасасида асосий дарс машғулотларидан сўнг талаба қизларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш мақсадида тўгараклар жорий этилган. Мазкур тўгараклар икки йўналишда амалга оширилади. Биринчиси махсус фанларни такомиллаштириш мақсадида:1. “Таҳфизул-Қуръон” тўгарагига...
Подробнее
Талабалар турар жойи
12.03.2021 700
2010 йил 17 февраль куни таълим муассасаси талабаларининг турар жойи Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий ҳазратларининг амалий кўмаги билан очилди. Бу ерда талабаларнинг яшашлари, дарс тайёрлашлари, маънавий ва жисмоний ҳордиқ...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry