03.03.2025
46

"Zalzala " surasining tafsiri

"Zalzala " surasining tafsiri

Zalzala surasi- Madinada nozil bo‘lgan. 8 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning ismi ham uning birinchi oyatidan olingan. "Zalzala" - "zilzila" deganidir. Bu yerda qiyomat qoim bo‘lgandagi ulkan zilzila haqida so‘z ketadi.
Bu surasi karima qiyomat kunidagi ba’zi voqealar vasfi bilan boshlanadi. So‘ng, odamlarning qayta tirilishi va hisob-kitob haqida so‘z ketadi. Imom At-Termiziy rivoyat qilgan hadisda 🧕Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Izaa zulzilat" surasi Qur’onning yarmiga teng keladi", deganlar.

Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman!

1. ⛰ Vaqtiki, yer o‘ziga xos zilzilaga tushsa...

2.  Va yer o‘z yuklarini otib chiqarsa...

3.  Va inson: "Unga nima bo‘ldi?!"- desa...

4.   O‘sha kunda u (yer) o‘z xabarini aytadir.

5.  Sening Robbing unga vahiy yuborgani uchundir.

6. O‘sha kunda odamlar amallarini ko‘rish uchun joylarida guruh-guruh bo‘lib qo‘zg‘alurlar.

7. Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham ko‘radir.

8. Va kim zarra og‘irligida yomonlik qilsa ham ko‘radir.
  
 Tayyorladi: Raxmonova R.
 Mas’ul ustoz: Nurmuhammedova I.

🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal!

Telegram (https://t.me/xadichauz) 🕊| Instagram (https://www.instagram.com/xadichauzofficial/)📱
Facebook (https://www.facebook.com/Xadicha.uz)📱| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCHjfzg_O8G4_0PrEWDuW3-A) 📺

Другие новости

"Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi"
10.05.2025 18
#Yil_o‘qituvchisi #Buxoro✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘rkazilayotgan "Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi" tanlovining Respublika bosqichi tanlovida "Xadichai Kubro" ayol-qizlar oʻrta...
Подробнее
Davra suhbati
10.05.2025 17
Taʼlim muassasasi talaba qizlariga "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" mazmun-mohiyatini yanada yaxshiroq anglatish maqsadida Oʻzbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi "Ijtimoiy fanlar va huquq" kafedrasi...
Подробнее
Dual ta’lim
10.05.2025 18
#XK_amaliyot #dual_talim #seminar✅ Ta’lim muassasasi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan dual ta’lim (4+2) amaliyoti doirasida 3-kurs talaba qizlar Chilonzor tumani, "Doʻmbirabod" mahallasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" rukni ostida tashkillashtirilgan trening maʼruzada ishtirok...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry