16.10.2025
43

Yangi hayot uchun - Yangi Oʻzbekiston uchun

Yangi hayot uchun - Yangi Oʻzbekiston uchun

Tong otmoqda… Osmonni yoritgan quyosh nurlari yurtimizning har bir go‘shasini charog‘on qilmoqda. Bu oddiy tong emas — bu Yangi O‘zbekistonning yangi kuni, yangilanish, ezgulik va umid kuni. Har bir inson qalbida yangi hayot, yangi orzu, yangi ishonch uyg‘onmoqda.
Har bir xalqning tarixida shunday davrlar bo‘ladiki, u davr yangi sahifa, yangi hayotning boshlanishi bo‘ladi. Bugungi kunda biz ana shunday Yangi O‘zbekiston davrida yashayapmiz. Shu bois “Yangi hayot uchun – Yangi O‘zbekiston uchun” degan g‘oya har birimiz uchun oliy maqsaddir.
  Yangi O‘zbekiston deganda, men faqatgina yangi binolarni emas, balki yangi tafakkur, yangicha qarash, inson qadri yuksalgan jamiyatni ko‘raman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek:
“Yangi O‘zbekiston – bu avvalo yangicha tafakkur, yangicha hayot, yangicha jamiyatdir.” Darhaqiqat, Yangi O‘zbekiston g‘oyasi insonni qadrlash, adolatni ustuvor qilish, xalq roziligini ta’minlashga qaratilgan buyuk harakatdir. Endi xalq davlatga emas, davlat xalq uchun xizmat qilmoqda. Bu – yurtimiz tarixida burilish yasagan yangicha davrdir.
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shunday deganlar:
“Vatanga muhabbat — iymondandir.”
Demak, o‘z Vatanini sevish,  uni yanada go‘zal qilish — bu faqat insoniy burch emas, balki iymon alomatidir. Yangi O‘zbekistonni bunyod etayotgan insonlar aynan shu muhabbat va e’tiqod bilan ishlamoqda.
 Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir sohada o‘z samarasini bermoqda. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari yangilanmoqda, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda, yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Endi har bir o‘quvchi o‘z orzusiga yetish uchun sharoitga ega.Har bir inson, ayniqsa yoshlar, Vatan uchun, kelajak uchun javobgar ekanini chuqur his qilishi kerak. Zero, Yangi Oʻzbekistonning poydevorini biz – bugungi yoshlar quramiz. Bizning qo‘limizda mamlakatning ertangi kuni, uning baxti va shon-shuhrati mujassam.Shu bois har bir yosh “Men Vatanim uchun nima qildim?” degan savolga javob bera oladigan bo‘lishi kerak. 
 Xulosa qilib aytganda, “Yangi hayot uchun – Yangi Oʻzbekiston uchun” degan so‘zlar bizni harakatga, mehnatsevarlikka, birlikka chorlaydi. Biz bugun o‘z ustimizda ishlasak, ilm o‘rganib, Vatanimiz uchun foyda keltiradigan inson bo‘lsak, ertangi kun yanada yorqin bo‘ladi. Yangi hayot sari qadam tashlash – bu faqat davlatning emas, balki har bir fuqaroning vazifasidir. Chunki Yangi Oʻzbekistonni biz, bugungi yoshlar, yaratamiz!                                 

 

 Muallif: 1-kurs talabasi Rahima Muxtoraliyeva 

Другие новости

Ta’lim muassasasida 21.12.2025 sanasidan 30.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:
30.12.2025 7
✅ Ta’lim muassasasida 21.12.2025 sanasidan 30.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:👍Ta’lim muassasasi o‘qituvchi, xodim va talaba qizlari O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida “O‘zbekcha raqs” spektaklini tomosha qildilar.📔 Ta’lim muassasasida G. Maxamedova...
Подробнее
Ta’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida yakunlanmoqda
26.12.2025 9
✅Ta’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida yakunlanmoqda. Yaqin kunlarda talabalar uchun ta’til davri boshlanadi. Mazkur davrda talabalar belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etgan holda, ta’til vaqtini mazmunli va samarali tashkil...
Подробнее
“Badiiy ijod - estetik faoliyatning nafis ko‘rinishi” mavzusida amaliy mashg‘ulot
25.12.2025 12
✅Ta’lim muassasasida o‘qituvchi G. Maxamedova boshchiligida “Badiiy ijod — estetik faoliyatning nafis ko‘rinishi” mavzusida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar so‘z, tasvir va tasavvur uyg‘unligida ijod qilib, badiiy ijodning turli...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry