18.10.2025
43

Mavzu: Yangi hayot uchun – Yangi O‘zbekiston uchun

        Bugungi kunda diyoirimiz O‘zbekistonni kechagi kun bilan solishtirib bo‘lmay qoldi. Nafaqat shahar ko‘chalarida, balki odamlarning dunyoqarashida, turmush tarzida ham tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yangi O‘zbekiston – bu avvalo yangicha filrlaydigan, ilg‘or g‘oyalarga, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga harakat qilayotgan insonlarning yurtiga aylanib bormoqda.
Odamlar endi sustkash emas, balki faol bo‘lishga, jamiyatdagi jarayonlarda ishtirok etishga harakat qilishmoqda. Masalan, bugunki kunda, oddiy bir mahallada fuqarolar yig‘ini orqali o‘zlarining muammolarini hal etishadi, hokimiyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega. Bu esa yurtdoshlarimizda, xususan hozirgi zamon yoshlarida o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslik balki mas’uliyatli fuqaro bo‘lishga o’rgatyapti.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirayotgan, jamiyatdagi muammolarga befarq bo‘lmagan yoshlarning ko‘pligi ham yangicha tafakkurga ega jamiyat shakllanayotganidan darak beradi. Yangi O’zbekiston faqat moddiy emas balki ma’naviy boy davlatdir va biz tarixdagi buyuk bobolarimizning davomchisi-avlodimiz. 
        Har qanday taraqqiyotning poydevori- bu adolat va qonun ustuvorligidir. Oxirgi yillarda O‘zbekiston shu tamoyil asosida harakatlarni boshladi. Insonning qadri eng yuqori darajaga ko‘tarilgan,  davlatimiz fuqarolariga xizmat qilyapti, uning huquqlarini himoya qilyapti. 
Ilgari o‘z huquqini talab qilishdan cho‘chigan odamlar bugun ochiqchasiga sudga murojaat qila olishadi, qonuniy manfaatlarini talab qiladi. Nafaqat, qonuniy tarafdan, hatto diniy erkinliklarimiz ham ko’paygan. Bu esa jamiyatda ishonch muhitini yaratdi. Mamalakatimizda vijdon erkinligiga e’tibor kuchli ekanligi sababli biz juda ko’p imkoniyatlarga ega bo’ldik. Ayniqsa, ayollar, yoshlar va imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni sanab sanog’iga yetib bo’lmaydi hamda ularning jamiyatdagi o‘rni kundan-kun kuchaymoqda. 
Maktabda bolalarga berilayotgan ta’lim-e’tibor, shifoxonalarda bemorlarga nisbatan hurmat, davlat idoralaridagi ochiqlik – bularning barchasi oddiy inson uchun yangi, munosib hayot sari tashlangan dadil qadam desak mubolag’a bo’lmaydi. 
      “Yangi O‘zbekiston” degan tushuncha faqat davlat uchun emas balki biz uchun ham ishlatiladi. Chunki o‘zgarish faqat yuqoridan emas, balki pastdan — ya'ni, xalq ichidan boshlanishi zarur. Agar har bir inson o‘z o‘rnida halol, vijdonan ishlasa, jamiyat o‘z-o‘zidan taraqqiy etadi.
Masalan, o‘qituvchi o‘z fanini mehr bilan o‘rgatsa va  shifokor bemor bilan samimiy muomala qilsa — biz istagan Yangi O‘zbekiston shunday quriladi. Bunda nafaqat davlatning, balki xalqning ham nasibasi bordir. Har birimiz o‘z hayotimizga mas'uliyat bilan qarasak, ya’ni o‘z oilamizni, ko‘chamizni, ish-joyimizni obod qilishga harakat qilishimiz kerak. Davlat- xalq bilan bir jon bo’lgandagina mukammal bo’ladi.                          

 

Muallif: 1-kurs talabasi Muslima Xakimova 

Другие новости

Ta’lim muassasasida 21.12.2025 sanasidan 30.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:
30.12.2025 7
✅ Ta’lim muassasasida 21.12.2025 sanasidan 30.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:👍Ta’lim muassasasi o‘qituvchi, xodim va talaba qizlari O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida “O‘zbekcha raqs” spektaklini tomosha qildilar.📔 Ta’lim muassasasida G. Maxamedova...
Подробнее
Ta’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida yakunlanmoqda
26.12.2025 9
✅Ta’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida yakunlanmoqda. Yaqin kunlarda talabalar uchun ta’til davri boshlanadi. Mazkur davrda talabalar belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etgan holda, ta’til vaqtini mazmunli va samarali tashkil...
Подробнее
“Badiiy ijod - estetik faoliyatning nafis ko‘rinishi” mavzusida amaliy mashg‘ulot
25.12.2025 12
✅Ta’lim muassasasida o‘qituvchi G. Maxamedova boshchiligida “Badiiy ijod — estetik faoliyatning nafis ko‘rinishi” mavzusida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar so‘z, tasvir va tasavvur uyg‘unligida ijod qilib, badiiy ijodning turli...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry