25.11.2025
29

"Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi" nomli kitob asosida "Zakovat" intellektual musobaqasi

✅ Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

🏆 Ta’lim muassasasida “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi asosida talabalar bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🗣 Tadbirda O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i D. Maxmudova, muassasa katta o’qituvchilari I. Nurmuhammedova, K. Abduvaliyeva, F. Ibroximova va Oliy ma’had bitiruvchilaridan iborat amaliyot o’tovchilar  hamda 3-kurs talabalaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa savollari  “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” kitobi mavzularni qamrab oldi.

✅“Zakovat” o‘yini jarayonida jamoalar o‘zlarining tezkor fikrlashi, jamoaviy ishlashi va keng qamrovli bilimlarini namoyish etdi. Bellashuv qizg‘in kechib, har bir savol talabalar intellektual salohiyatini chuqur sinovdan o‘tkazdi.

🥇 Tadbir yakunida eng ko‘p savollarga to‘g‘ri javob bergan jamoa — “Dalil detektiv” nomli guruh deb topilib, barcha ishtirok etgan guruhlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘oliblar va ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan muvaffaqiyatlar tilanib, ilm-fan yo‘lida izlanishda davom etishlari ta’kidlandi.

🎖 Mazkur tadbir ta’lim muassasasida talabalar ilmiy faolligini oshirish, ularni erkin fikrlashga undashga xizmat qildi. “Zakovat” o‘yini oylik tadbirlarning yorqin voqealaridan biri sifatida talabalar xotirasida muhim taassurot qoldirdi.

#zakovat
#bellashuv

🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal!

Telegram (https://t.me/xadichauz) 🕊| Instagram (https://www.instagram.com/xadichauzofficial/)📱
Facebook (https://www.facebook.com/Xadicha.uz)📱| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCHjfzg_O8G4_0PrEWDuW3-A) 📺

Другие новости

Ta’lim muassasasida 21.12.2025 sanasidan 30.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:
30.12.2025 2
✅ Ta’lim muassasasida 21.12.2025 sanasidan 30.12.2025 sanasigacha tashkil etilgan tadbirlar:👍Ta’lim muassasasi o‘qituvchi, xodim va talaba qizlari O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida “O‘zbekcha raqs” spektaklini tomosha qildilar.📔 Ta’lim muassasasida G. Maxamedova...
Подробнее
Ta’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida yakunlanmoqda
26.12.2025 5
✅Ta’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida yakunlanmoqda. Yaqin kunlarda talabalar uchun ta’til davri boshlanadi. Mazkur davrda talabalar belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etgan holda, ta’til vaqtini mazmunli va samarali tashkil...
Подробнее
“Badiiy ijod - estetik faoliyatning nafis ko‘rinishi” mavzusida amaliy mashg‘ulot
25.12.2025 6
✅Ta’lim muassasasida o‘qituvchi G. Maxamedova boshchiligida “Badiiy ijod — estetik faoliyatning nafis ko‘rinishi” mavzusida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar so‘z, tasvir va tasavvur uyg‘unligida ijod qilib, badiiy ijodning turli...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry