“Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” asari taqdimoti
#taqdimot
✅ Ta’lim muassasasida Toshkent Islom instituti katta o‘qituvchisi, siyrat fani ustozi Abdul Azim Ziyouddin tomonidan akademik tarzda tarjima qilingan shayx Muhammad Xuzariyning “Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” asari taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu nodir kitob ☪️Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hayot yo‘llarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, siyrat ilmidagi eng muhim manbalardan biri sifatida qadrlanadi.
📗Tadbirda TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi mudiri Yusufxon Abdurahimov, kafedra katta o‘qituvchisi Abdul Azim Ziyouddin hamda kitob muharriri Abdug‘ofur Iskandar ishtirok etib, asarning tarjima va tahrir jarayoni haqida va shayx Muhammad Xuzariyning ilmiy merosi va kitobning siyrat ilmidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga ustozlar o‘zlarining boy ilmiy tajribalari asosida batafsil javob qaytardilar.
📗 Mazkur taqdimot ilmiy muhitga yangi ruh bag‘ishlab, talabalar orasida kitob o‘qishga, ilmga intilishga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni yanada kuchaytirdi. Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida ilm nuri yanada porlashiga xizmat qiladi.
#XK_kitob #kitobdan #taqdimot #nurul_yaqin
Ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘ling!
🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal!
Telegram (https://t.me/xadichauz) 🕊| Instagram (https://www.instagram.com/xadichauzofficial/)📱
Facebook (https://www.facebook.com/Xadicha.uz)📱| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCHjfzg_O8G4_0PrEWDuW3-A) 📺
Другие новости
УЗ
РУ
EN
العربية