16.03.2022
395

QIBLAGA QARAB OYOQ UZATISH

Qibla musulmon banda namozda yuzlanadigan, duoda muborak yuzini qaratib, Allohga iltijo qiladigan tarafdir. SHu sabab qiblaga qarab oyoq uzatish, qiblaga oldini yoki orqasini qilib hojat chiqarish, tupurish mumkin emas. Qibla — Allohning shiorlaridan, belgilaridan biridir. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

“...Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, albatta, bu qalblarning taqvosidandir" (“Haj” surasi, 32-oyat).

SHuning uchun qiblaga qarab oyoq uzatib o‘tirish, qibla tarafga qarata tuflash, qiblaga oldini yoki orqasini qilib hojat chiqarish makruhdir. Alloma Abdulhay Laknaviy rahimahulloh shunday deydilar:

“Uyquda yoki uyg‘oqlikda uzrsiz Ka’baga ikki oyoqni uzatish makruh sanaladi” (“An-Nofiul kabir” kitobi).

Uzrsiz oyoqni qiblaga uzatish makruh ekani borasida hanafiy mazhabi ulamolari ittifoq qilishgan.  Hazrati Payg‘ambarimiz alayhissalom musulmonlarni “qibla ahli” deb nomlaganlar. Bu ham qibla Islom shiori ekaniga dalildir. Hanafiy mazhabining ulamolaridan Muhammad Amin Ibn Obidin bemorning namoziga doir masalalarni bayon qilib shunday degan: “O‘tirib namoz o‘qiy olmaydigan kishi namozini yotib boshi bilan ishora qilib o‘qiydi. Oyog‘i qibla tomonga qaragan bo‘ladi, lekin biroz tizzasini bukib oladi. CHunki oyoqni qiblaga uzatish makruh. Boshini biroz ko‘tarib qiblaga yuzlanib turadi” (“Raddul muhtor”) 

“Oyoqni Qiblaga, Mus’hafga va fiqh kitoblariga cho‘zish uyquda ham boshqa paytda ham makruh” (“Tabyinul-haqoiq sharhu Kanzid-daqoiq”.

Musulmon odam, u qaerda bo‘lmasin, qiblaga oyoq cho‘zib yotishi makruhdir. (SHayx Muhammad Said Ramazon Butiy “Saralangan fatvolar”)

Ayol kishi bolasini katta yoki kichik hojat uchun qibla tarafga qaratishi mumkin emas. (“As-sirojul-vahhaj”). Ba’zilar: “Agar hojatxona binoshaklida bo‘lsa, u erda yuzni qiblaga qaratish  yoki u tomonga orqa o‘girishning zarari yo‘q”, deyishgan. Lekin, afzali, xoh ochiq joyda bo‘lsin, xoh bino ichidabo‘lsin, hojat chiqarish uchun qiblaga yuzlanmaslik yoki orqani qaratmaslikdir. Hojatxona qurayotganda shu jihatni e’tiborga olish lozim.Hanafiylardan boshqa jumhur ulamolar fikricha, qazoi hojat uchun moslab qurilgan bino ichida qiblaga oldi yoki orqasini qilib o‘tirish makruhemas.

Xulosa qilib aytish mumkin-ki, uzrsiz ravishda qiblaga oyoq uzatish va boshqa sanab o‘tilgan ishlarni qilish hanafiy ulamolar nazdida makruh sanaladi. 

 

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi katta 

o’qituvchisi S.Ibragimova

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry