09.01.2024
172

Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar




🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa

🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa

🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat qilmasdan, keyingi ikki rakatida qiroat qilsa

🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikkisining birida "Fotiha"ga zam sura qo‘shmasa

🔹Vitr va nafl namozida rakatlarning birortasida "Fotiha"ga zam sura qo‘shmasa

🔹"Fotiha" surasini ikki marta o‘qib qo‘ysa. (Chunki u zam surani o‘z o‘rnidan kechiktirdi)

🔹Agar bir sajda qilib, keyingi rakatga turib ketsa va unda ikki sajda qilsa, so‘ngra qolib ketgan bitta sajdani qilsa, namozi durust, lekin sahv sajdasi vojib bo‘ladi

🔹Agar uch yoki to‘rt rakatlik namozda u xoh nafl bo‘lsin, xoh farz bo‘lsin, avvalgi qa’dani tark etsa

🔹Farz namozida adashib avvalgi qa’dani tark etsa va uchinchi rakatga tursa, qomati tik bo‘lsa, namozni davom ettiraveradi, vojib amal hisoblangan qa’dani tark etgani uchun sahv sajdasini qiladi.

🔹Qa’dada o‘tirganda tashahhud o‘qishni unutsa

🔹Vitrda qunut duosini unutsa

🔹Vitrda qunut duosiga takbir aytishni unutsa

🔹Maxfiy namozni imom jahriy o‘qib qo‘ysa

🔹Jahriy namozlarni imom maxfiy o‘qib qo‘ysa

🔹Avvalgi qa’dada tashahhudni (abduhu va rosuluhu)da tugatmasdan, (Allohumma solli a’la muhammadni) ham qo‘shib o‘qib qo‘ysa. Yoki bir rukn mikdoricha tashahhudni o‘qib bo‘lib, sukut saqlab turib qolsa.

3-kurs talabasi: Maqsudxo'jayeva Madina
Mas'ul ustoz: Fiqh fani o'qituvchisi Ibragimova Nozima

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 148
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 338
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Sajdai sahv haqida tushuncha
31.05.2023 385
“Sahv” soʻzi lugʻatda “unutish” maʼnosini anglatadi. Istilohda esa: Namozda maʼlum bir amallar unutilsa, undan hosil boʻlgan nuqsonni sahv sajdasi qilish ila toʻgʻrilab olish imkoni bor. Bu ham Islom dini yengillik...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry