Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
#Sahv sajdasi
🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.
🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni ado etayotganida adashib, vojiblardan birortasini tark etsa, unga saxv sajdasi vojib bo‘ladi.
🔸Agar imomga sahv sajdasi vojib bo‘lsa va sajda qilsa, muqtadiyga ham sajda qilish vojib bo‘ladi.
🔸Sahv sajdasi vojib bo‘lgan odam qasddan tark etsa, gunohkor bo‘ladi va namozni boshqatdan o‘qiydi.
🔸Vojiblardan bir nechtasini tark qilgan odamga ikki sajda kifoya qiladi.
🔸Farz namozining avvalgi qa’dasini unutib tark etsa, hali uchinchi rakatga qomatini tik qilmagan bo‘lsa, darhol qa’daga qaytadi, bu holatda sahv sajdasini qilmaydi.
🔸Holati tik turishga yaqinroq bo‘lsa, sahv sajdasini qiladi. Agar o‘tirishga yaqinroq bo‘lsa, sahv sajdasini qilmaydi, tik turib qomatini rostlagan bo‘lsa, qa’daga qaytmaydi. (Chunki qiyom farz - qa’da esa vojib).
🔸Oxirgi qa’dani unutib beshinchi rakatning sajdasini qilmagan bo‘lmasa, darhol qa’daga qaytadi va sahv sajdasini qiladi.
🔸Oxirgi qa’dani unutib, beshinchi rakatga turib ketsa, beshinchi rakatning sajdasini ham qilib qo‘ysa, uning farzi naflga aylanadi. Peshin, asr, xufton namozlarida bo‘lsa, oltinchi rakatni qo‘shib qo‘yadi, adashgani uchun sahv sajdasini qiladi hamda farz namozini qayta o‘qiydi.
🔸Oxirgi qa’dada o‘tirib tashahhudni o‘qib, avvalgi qa’da deb o‘ylab, turib ketsa, darhol o‘tiradi va salom beradi, tashahhudni qaytarmaydi.
🔸Sahv sajdasi vojib bo‘lgan odam namozdan chiqishga salom bersa va namozni buzib qo‘yadigan (qibladan teskariga o‘girilish yoki dunyo so‘zlarini gapirish kabi) amallarni qilmagan bo‘lsa, sahv sajdasini qiladi.
🔸Bir odam to‘rt rakat namoz o‘qidi, namozni tugatdim deb o‘ylab, salom berdi, keyin bilsa, ikki rakat o‘qigan ekan, namozini davom ettirib tugatadi va sahv sajdasini qiladi.
3-kurs talabasi Maqsudxo'jayeva Madina
Mas'ul ustoz: Fiqh fani o'qituvchisi Ibragimova Nozima