17.03.2022
355

“21 MART – Navro’z BAYRAMI” TADBIRI

XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O’RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA “21 MART – Navro’z BAYRAMI” TADBIRI

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida “21 mart – Navro’z bayrami”munosabati bilan “Osh sayli” tadbiri tashkil etildi.

 

Joriy yilning 17 mart kuni 3-kurs talabalari ishtirokida “21 mart – Navro’z bayrami” munosabati bilan “Osh sayli” tadbiri tashkil etildi. “Osh sayli” bilan boshlangan tadbirning birinchi qismida 4 ta kurs o’zaro “Eng yaxshi osh tayyorlash” bo’yicha bellashdilar. Musobaqada osh tayyorlashdan tashqari bahoriy salat va ko’k somsalarni tugish shartlari ham bo’lib, hay’at a’zolari ozodalikka rioya etish, stol bezatish, somsa tugilishi va mazasi, salatlar ta’mi hamda eng asosiysi osh va uning mazasi, osh taomiga qo’yiladigan talablar asosida barcha kurslarni baholadilar. Natijada eng yuqori ball bilan 3-kurs talabalari ya’ni “Zamonaviy kelinlar” jamoasi 1-o’rinni egalladi. Tadbirning ikkinchi ya’ni badiiy qismi Qur’on tilovati bilan boshlandi. Tadbirni ta’lim muassasasi direktori N.Ibragimova ochib  berdilar. 

Tadbir ko’tarinki kayfiyatda, nashidalar, savol-javoblar, turli bellashuvlar bilan davom etdi.  Ayniqsa, ta’lim muassasasi jamoasi uchun yozilgan dasturxon va undagi noz-ne’matlar tadbirga o’zgacha shukuh baxsh etdi. Shunigdek, tadbirga alohida kayfiyat bag’ishlagan milliy an’analarimizdan sanalmish sovchilikka oid sahna ko’rinishi barchada o’zgacha taassurot qoldirdi. Bu tadbirdan barcha birdek mamnun bo’ldi.

 

 

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha

 direktor oʻrinbosari  Z.Komiljonova

 

 

 

Другие новости

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin
21.03.2025 14
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan go'zal va dilbar fasl bahor kirib keldi. Ana shu ulug' ayyom - sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin
Подробнее
Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 284
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 241
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry