17.03.2022
542

Qur’oni karimning nubuvvat davrida jamlanishi

Ma’lumki, Qur’on birdaniga to’liq holda nozil bo’lmagan, balki turli voqea va hodisalarga mos ravishda oyat oyat bo’lib tarqoq holda nozil bo’lgan. Shunday ekan, tarqoq holdagi oyatlar qanday qilib jamlandi? Qur’onning oyatlari sahifalarga yozilib, qay tarzda kitob holiga keltirildi? Ushbu savollar barchaga qiziq va qolaversa, ulumul Qur’on fanidagi eng muhim mavzulardandir. Biz quyida mazkur mavzuni o’rganishga kirishamiz.

Qur’oni karim ikki bosqichda jamlangan bo’lib, birinchi bosqich nubuvvat davri, ikkinchi bosqich esa xulafoi roshidinlar davrida amalga oshirildi. Arab tilida “jamlash” so’zi yodlash, qalbda mustahkam o’rnatish, ba’zida sahifa va varaqlarga yozish ma’nosida ham qo’llaniladi. 

Nubbuvvat asrida  Qur‘oni karimning jamlanishi bilan xulafoi roshidinlar davridagi jamlanish o’rtasida  farqlar mavjud. Nubuvvat davridagi jamlash quyidagi ikki xil uslubni o’z ichiga olgan edi: 

1. Qur’oni karimni yodlash bilan qalblarda jamlanishi;

 2. Yozish yo‘li bilan satrlarda  jamlanishi. 

Qur’oni karimning qalblarda jamlanishi

         Qur’oni karim ummiy bo’lgan Payg’ambar alayhissalomga nozil bo‘ldi. Shu sababli, u zot jamiki himmatlarini Qur’on qanday nozil bo’lgan bo’lsa, shunday yodlashga, qalblariga joylashga sarf qildilar. Shuningdek, sahobayi kiromlarning uni o’rganishlari, yodlab amal qilishlariga ham qattiq ahamiyat berar edilar. 

Bu haqida Alloh taolo O‘zining kalomida shunday zikr qiladi:  “U ( Alloh) omiylar orasiga o’zlaridan bo’lgan, ularga (Qur’on) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni poklaydigan hamda ularga Kitob va hikmatni o’rgatadigan 

 

payg’ambarni yubordi”. (Juma surasi 2- oyat). Ummiy o’qish, yozishni bilmaydigan kishidir. Bunday kishi bor e’tiborini yodlab eslab qolishga qaratadi. Qur’oni karim nozil bo‘lgan vaqtda arab ummati iste’molda sof arab tilidan foydalanar edi. Sof arab tilining ajoyib xususiyatlaridan biri insonda eslab qolish, tez yodlash quvvatini oshirishidir. Arablar yuz ming baytli she’rlarni, o’zlarining nasl-nasab shajaralarini, tarixiy manbalarni yoddan bilishardi. Bu mo’tabar kitob barcha arablarni  hukmlarining benazrligi, balog’atining mukammalligi, fasohatining kuchliligi bilan hayron qoldirdi. Endi ular bor mahorat va qobiliyatlarini Qur’onni yodlashga yo’naltirdilar.

Yuqorida keltirilgan sabablarga ko’ra sahobalar Qur’onni o’ta puxta yodlab, uni qalblarida jamladilar.  Sahobai kiromlar ichida Qur’onni yodlagan hofizi Qur’onlari juda ko’p edi. Ular Qur’onni Payg’ambar alayhissalomdan o’rganib yodlashar va ayollari, farzandlariga o’rgatishar edi. Shu tarzda Qur’oni karim yoddan qalblarda jamlandi. 

Qur’oni karimning satrlarda jamlanishi

Har qachon yangi oyat nozil bo’lsa, Payg’ambar alayhissalom vahiy kotiblarini chaqirtirib, ularga oyatlarni yozdirib qo’yar edilar.  Vahiy kotiblari oyatlarni xurmoning qurigan shoxlariga, yassi oq toshlarga, teri, taxta, suyak, agar topilsa qog’oz va shu kabi yozishga yaroqli narsalarga yozib saqlab qo’yishar edi. Nubuvvat davrida Nabiy alayhissalomning huzurlarida Qur’onning barchasi yozib bo’lingan edi. Biroq, ular tarqoq holda bo’lib, bir mushafga jamlanmagan. Qur’on oyatlarining bir mushafga jamlanishi keyinroq Abu Bakr roziyallohu anhu xalifalik davrlarida amalga oshirildi.

“At-Tibyon fiy ulumil Qur’on” kitobi asosida

4-kurs talabasi Shamsiddinova Sarviniso tayyorladi

Другие новости

QUR'ON O'QUVCHINING ODOBI
18.11.2023 260
Qur'on o'quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo'lg'iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so'zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad, gina-qudrat saqlamaydi.Qur'on o'qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni...
Подробнее
Qur'on mo'jizalari
20.07.2023 323
O'zining kalomini to qiyomatga qadar mo'jiza o'laroq nozil qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar, Qur'oni Karim u zotga eng katta mo'jiza qilib berilgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar...
Подробнее
QARGʻALAR
08.06.2023 345
Qur’oni karim nozil qilinganiga 14 asrdan oshgan bo‘lsa-da, har kuni undagi biror voqea bilan bog‘liq ilmiy kashfiyotlar e’lon qilinmoqda. Albatta, 14 asr avval aytilgan gaplarning ilmiy haqiqati haligacha topilayotgani bu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry