08.06.2023
345

QARGʻALAR




Qur’oni karim nozil qilinganiga 14 asrdan oshgan bo‘lsa-da, har kuni undagi biror voqea bilan bog‘liq ilmiy kashfiyotlar e’lon qilinmoqda. Albatta, 14 asr avval aytilgan gaplarning ilmiy haqiqati haligacha topilayotgani bu Kitob Allohning Kalomi ekanligining va Muhammad alayhissalomga mo‘jiza o‘laroq nozil qilingan, uning mo‘jizaligi esa qiyomatga qadar davom etadigan Kitobligining ochiq-oydin isbotidir. Ana shunday ilmiy mo‘jizalardan biri qarg‘a bilan bog‘liq mo‘jizadir. 
   Qur’oni karimning Moida surasida shunday oyatlar bor: “Ularga Odamning ikki o‘g‘li (Qobil va Hobil) haqidagi xabarni haqiqati bilan o‘qib bering! Ikkisi qurbonlik qilganlarida, biridan qabul qilindi, unisidan esa qabul qilinmadi. (Qurbonligi qabul bo‘lmagan Qobil ukasi Hobilga): "Seni, albatta, o‘ldirajakman!» – dedi. (Hobil) esa: "(Qurbonlikni) Alloh aslida taqvoli kishilardan qabul qilur. Agar meni o‘ldirish uchun qo‘lingni men tomonga cho‘zsang, men seni o‘ldirish uchun Sen tomonga qo‘limni cho‘zuvchi emasman. Axir, men olamlar Robbi – Allohdan qo‘rqaman. Men o‘zimning gunohimni ham, o‘z gunohingni ham (zimmangga) olib ketishingni va do‘zax ahlidan bo‘lishingni xohlayman. Zolimlarning jazosi shudir», – dedi. Uning (havoyi) nafsi birodarini o‘ldirishni xush ko‘rsatdi va darhol, uni o‘ldirdi. Shu bilan u ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng, Alloh unga birodari murdasini qanday ko‘mishni ko‘rsatish uchun yerni kavlovchi bir qarg‘ani yubordi. "Holimga voy! Nahot shu qarg‘achalik bo‘lishdan ojiz bo‘lsam? (Men ham) birodarim jasadini (tuproqqa) ko‘ma qolay", – dedi. Shunday qilib (u) pushaymon qiluvchilardan bo‘lib qoldi” (27-31). 
     Yer yuzidagi ilk jinoyat insonni o‘ldirish, qotillik bo‘lib, Odam alayhissalomning ikki o‘g‘illari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Qobil o‘z ukasi Hobilni o‘ldirgan. Bunga sabab Hobilning qilgan qurbonligi qabul qilinib, Qobilning qurbonligi qabul qilinmagani edi. Demak, bu jinoyatga Iblisning vasvasasi, hasad, gina, adovat sabab bo‘lgan ekan. Mana shunda Alloh taolo Qobilga o‘z ukasini qanday dafn etishni o‘rgatishi uchun qarg‘ani yuboradi. Xo‘sh, nima uchun Alloh taolo boshqa qushni emas, aynan qarg‘ani yubordi? Alloh taoloning inson jasadini qanday dafn etishni o‘rgatishi uchun qarg‘ani yuborishi bejizga emas, albatta. Qur’ondagi ushbu mo‘jizani zamonaviy ilm-fan yaqindagina isbot qildi. 
     Biologiya va zoologiya fani mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, qarg‘a qushlar orasidagi eng ziyrak va shu bilan birga eng makkor qush ekan. Bunga sabab qarg‘aning miyasi boshqa qushlar miyasiga nisbatan kattaroq hajmga ega ekanligidir. 
     Qarg‘alar jamoasida har bir jinoyat uchun muayyan jazo belgilangan. Masalan, biror qarg‘aning yosh polaponi og‘zidagi luqmasini tortib olgan qarg‘aga sud tomonidan o‘sha qarg‘a to ucholmaydigan bo‘lib qolgunicha bitta qo‘ymay patlarini yulish jazosi tayinlanadi. Jabrlangan tomon jinoyatchi qarg‘aning patlarini shu qadar yulib tashlashadiki, natijada jinoyatchining o‘zi ham haligi polapon kabi ucholmaydigan, zaif bo‘lib qoladi. 
    Qarg‘alar inini zolimlarcha egallab olgan yoki uni buzgan qarg‘aga adolatli sud tomonidan jabrlangan qarg‘a uchun yangi in qurib berish vazifasi yuklatiladi. 
    Boshqa qarg‘aning urg‘ochisiga tajovuz qilgan, tegajog‘lik qilgan qarg‘a o‘limga mahkum etiladi. Urg‘ochi qarg‘aning qarindoshlari jinoyatchi qarg‘ani tumshuqlari bilan to u o‘lgunicha urib, cho‘qishadi. 
    Qarg‘alar mahkamasi, odatda, birorta ekinzor dalada yoki kengroq maydonda olib boriladi. Avvaliga mahkama hay’ati a’zolari belgilangan joyga kelishadi va shundan keyin ayblanuvchi qarg‘a qo‘riqchilar hamrohligida va qattiq nazorat ostida maydonga keltiriladi. Sud boshlanganda aybdor qarg‘a boshini quyi solib, qanotlarini tushirib, aybini tan olgani uchun qag‘illamay jim turadi.

Soha mutaxassislarining aytishicha, boshqa qushlardan farqli o‘laroq, qarg‘alar oilasida o‘ziga xos sud, mahkama jarayoni bor ekan. Bu mahkamada oila va jamoa nizomiga bo‘ysunmagan axloqsiz qarg‘a sud qilinadi. Qizig‘i shundaki, bu sud Allohning marhamati bilan adolat asosida olib boriladi.

Tayyorladi: 2 kurs talabasi O.Orifjonova
Masʼul ustoz: M.Nigmatova

Другие новости

QUR'ON O'QUVCHINING ODOBI
18.11.2023 260
Qur'on o'quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo'lg'iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so'zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad, gina-qudrat saqlamaydi.Qur'on o'qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni...
Подробнее
Qur'on mo'jizalari
20.07.2023 323
O'zining kalomini to qiyomatga qadar mo'jiza o'laroq nozil qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar, Qur'oni Karim u zotga eng katta mo'jiza qilib berilgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar...
Подробнее
URGʻOCHI ASALARI
07.06.2023 355
URGʻOCHI ASALARIوَأَوۡحَىٰ رَبُّكَ إِلَى ٱلنَّحۡلِ أَنِ ٱتَّخِذِي مِنَ ٱلۡجِبَالِ بُيُوتٗا وَمِنَ ٱلشَّجَرِ وَمِمَّا يَعۡرِشُونَ ٦٨ ثُمَّ كُلِي مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ فَٱسۡلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلٗاۚ يَخۡرُجُ مِنۢ بُطُونِهَا شَرَابٞ مُّخۡتَلِفٌ أَلۡوَٰنُهُۥ...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry