30.03.2022
423

Dunyoni zabt etib

“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va hech qachon bo’lmagay”

-Imom  Buxoriy

Kishilik hayotini ilmsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Qur’oni Karimda ilm so’zi va uning shakldoshlari 811 joyda zikr qilingan. Bu esa Alloh taoloning nazdida ilmning naqadar muhimligini ko’rsatadi.

Ilm insonlarga dunyo va oxiratda eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchidir. Kishining bilim olishi, salohiyatli fuqaro bo’lib ulg’ayishi, el-yurt manfaati uchun xizmat qilishi va ilm fan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishi hamma zamonlarda dolzarb sanalgan masalalardan hisoblanadi. O’zbekistonda ta’lim bilan bog’liq muammolarga eng yuqori darajada e’tibor qaratilayotgani ham ilmning inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanidan dalolat  beradi.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimli, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga o’ziga xos tarzda, zamonaviy usullar bilan yondashilmoqda. Buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi, fizika bo’yicha Ahmad Farg’oniy, kimyo fani bo’yicha Abu Rayhon  Beruniy nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, yoshlarimiz uchun, ayniqsa qizlarimizning yanada ilmli bo’lishlari uchun, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga xotin-qizlarni o’qishga qabul qilish uchun 30 foizli maqsadli kvota ajratilishi, 2020-2021 o’quv yili uchun OTMlarga qabulda 8694 ta imtiyozli grant kvotasi ajratilganligi shular jumlasidandir.

         Ilm-fanga qaratilayotgan ana shunday e’tibor natijasida yoshlarimiz tobora ulkan yutuqlarga erishmoqdalar. Jumladan, matematika bo’yicha bo’lib o’tadigan xalqaro olimpiadada O’zbekiston terma jamoasi 18 marta ishtirok etib, 9ta kumush va 27 bronza medalini qo’lga kiritgan, joriy yilda esa 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi bo’lib o’tdi va unda Ozbekistonlik yoshlardan 1 nafari bronza, 5 nafari kumush va 1 nafari oltin medallarni qo’lga kiritdi. Shuningdek diniy soha borasida ham ulkan yutuqlarga erishilmoqda, 2021 yilda Bishkekda bo’lib o’tgan Qur’on musobaqasida Toshkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonovni 3-o’rinni egallagani ham shular jumlasidandir.

         Xulosa o’rnida aytish mumkinki, qaysiki bir jamiyat ilm yo’lidan borib, uning vositalarini to’g’ri tanlagan holda taraqqiyotni qurga bo’lsa, yuksak cho’qqilarga erishib, dunyoni zabt etgan.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus

 islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi Joziba Jamol qizi

Другие новости

9-MAY SANASI
08.05.2025 4
9-may sanasi — Buyuk Vatan urushi qatnashchilarini, o‘z Vatanini himoya qilishda hayotini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish uchun ajratilgan muqaddas kun hisoblanadi. Bu kun qahramonlik, fidoyilik va Vatanga muhabbat ramzi...
Подробнее
9-may yod etish va duo qilish
08.05.2025 4
9-may kuni Vatan uchun jonini fido qilganlarni yod etish, ularning jasoratini qadrlash va ular uchun duo qilish musulmonlar uchun muhim vazifadir.Urushda vafot etganlar uchun duo qilish, ularning oxiratda mukofot topishlari...
Подробнее
KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 267
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry