08.12.2023
143

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.


Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.
O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun asos sifatida xizmat qilishi barchamizga ma'lum. Shu kunga qadar qabul qilingan qonunlar, qonunosti hujjatlari Konstitutsiyamiz ilg'or qoidalarining ifodasidir.
Konstitutsiyaning muqaddimasida O'zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanavor e'lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatni anglagan holda tarixiy, milliy qadriyatlarimizga tayanib, shuningdek xalqaro huquq sohasidagi umume'tirof etilgan prinsiplar asosida insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsadida ushbu Konstitutsiyani qabul qilganligi e'tirof etilgan. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli vujudga kelgan Qomusimiz bizga tilimizni, dinimizni, tariximizni, ma'naviyatimizni, insoniy huquqlarimizni qaytarib berdi va ularni o'zining hayotbaxsh normalarida mustahkamlab qo'ydi. Shu bilan birga u siyosiy qadriyatlarimizni-davlat hokimiyatini boshqarishdagi xalqning ishtirokini ta'minlab berdi.
Ma'lumki, huquqiy demokratik davlatning eng muhim shartlaridan biri shaxs manfaatlarining muhofaza qilinishidir. Boshqacha qilib aytganda, davlat davlatligini ko'rsatmoqchi bo'lsa, fuqarolarini o'z muhofazasiga olishi zarur. Binobarin, Bosh qomusimizda ham inson, uning hayoti, erki, sha'ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida ulug'lanadi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda davlatimizning bosh maqsadi, bu aynan Harakatlar strategiyasi ustuvor yo'nalishlarida belgilangan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siesiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish kabi vazifalarni bajara borib, insonni farovon yashashini ta'minlash, uni ijtimoiy muhofaza qilish, bir so'z bilan aytganda "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosida "Inson-jamiyat-davlat" degan yangi tamoyilni hayotga keng tadbiq qilishdan iborat.
Konstitutsiyaning hayotimizdagi o'rni va ahamiyati nihoyatda kattadir. Rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir fuqaro, hech bir shaxs o'z ijtimoiy
shaxsiy hayotini, o'z qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi. Barchamiz kundalik hayotimizda Konstitutsiya belgilab bergan normalarga tez-tez murojaat qilib turamiz. Chunki, aynan Qomusimizdagina insonnig haq-huquqlarini himoya qilish ishonchli ravishda kafolatlangan. Shuning uchun Konstitutsiya qoidalarini puxta o'rganish, uni bilish va hurmat qilish zarur.
Yangi O'zbekistonda erkin va mustaqil fikrlaydigan, uning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etadigan, o'z so'zini aytishga qodir yoshlarimiz uchun ham bu Qomus kundalik hayotlarida asosiy dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

 

Muallif: 3-kurs talabasi F.Shodixonova
Mas'ul: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 242
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 235
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
АLISHER NAVOIY IJODIDA HADIS VA “АRBAIN”NING YARATILISHIGA TURTKI BERGAN OMILLAR
26.09.2023 302
Annotasiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy13-14 yoshga qadam qo‘yganida otasi hayotdan ko‘z yumgani, Uni Abulqosim Bobur o‘z tarbiyasiga olib, katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat muhim poydevor yaratib bergani, mutafakkirning she’riyatga kirib...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry