
9-MAY SANASI
9-may sanasi — Buyuk Vatan urushi qatnashchilarini, o‘z Vatanini himoya qilishda hayotini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish uchun ajratilgan muqaddas kun hisoblanadi. Bu kun qahramonlik, fidoyilik va Vatanga muhabbat ramzi sifatida qadrlanadi.
Islom dinida ham Vatanni sevish, uni himoya qilish va tinchligini ta'minlash muqaddas burch sanaladi. Qur'oni Karimda zulmga qarshi kurashish va mazlumlarga yordam berish targ‘ib etilgan. Shunday ekan, urushda ishtirok etgan har bir askar ham yurtini himoya qilishda fidoyilik ko‘rsatgan, Vatan uchun kurashgan hisoblanadi.
Islomda jasorat, fidoyilik va Vatanni himoya qilish
Islomda Vatanni sevish va uni himoya qilish juda muhim burchdir. Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ aytganlar:
"Musulmonlar bir-birlariga yordam berishlari kerak, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi."
Bu hadis Vatanni himoya qilish ham musulmonning burchi ekanini anglatadi.
Buyuk Vatan urushida qatnashgan o‘zbekistonlik askarlar o‘z jonini, molini, oilasini xavf ostiga qo‘yib, Vatan yo‘lida xizmat qildilar. Islomda Vatanini himoya qilishda shahid bo‘lganlarga jannat va rahmat va’da qilingan.
Fikrimizning dalili sifatida quyidagi oyatni keltirishimiz mumkin:
"وَمَا لَكُمْ لَا تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَٰذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَلْ لَنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَاجْعَلْ لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا"
Nima uchun Allohning yo'lida yurgan va : «Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga O'z tomoningdan nusratchi ato qilgin», deyotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo'lida jang qilmaysizlar?!
Bu oyat, zulm ostida qolgan yurtdoshlarni ozod qilish, Vatanni va xalqni himoya qilishning muqaddas ekanini ko‘rsatadi.
1- A guruh Abduvaliyeva Mubina
Другие новости


