04.04.2022
616

“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O’RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA “QUR’ON MUSOBAQASI - 2022”


 

“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O’RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA “QUR’ON MUSOBAQASI - 2022”

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Qur’on musobaqasi - 2022” bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 2 aprel kuni Qur’on fani ustozi G.Kenjaboy boshchiligida “Qur’on musobaqasi - 2022” tashkil etildi. Musobaqa 3 yo’nalishda  - 1. Murattaba yo’nalishi (30 poralik), 2. Murattaba yo’nalishi (15 poralik), 3. Mujavvada yo’nalishi bo’yicha jami 14 ta ishtirokchi talaba qizlar o’rtasida bo’lib o’tdi. 

 Hay’at a’zolari Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom institute “Tahfizul Qur’on” bo’limi kafedra mudiri Jahongir qori Ne’matov, shu kafedra ustozlari – Valixon qori Azimboyev, Zafar qori Maxmudov, Farxod domla Jo’rayevlar har bir ishtirokchini 100 ballik tizimda sovt, hifz, tajvid, tarannum kabi jihatlarga ko’ra baholadilar.

Natijaga ko’ra, mujavvada yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sohibasi 1-kurs talabasi Mohro’ya Abdurahmonova, murattaba yo’nalishi (15 poralik) bo’yicha 1-o’rin sohibasi 3-kurs talabasi Husniya Muhammadnazirova, murattaba yo’nalishi (30 poralik) bo’yicha 1-o’rin sohibasi 4-kurs talabasi Xo’jayor Aminalar g’olib deb topildilar va faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbir so’ngida Qu’ronni jamlash bo’yicha bir qancha taalabalar “Xadichai Kubro”, “Oishai Siddiqa” va “Fotimai Zahro” kabi nomdor faxriy yorliqlar va sovg’alar bilan taqdirlandilar. Qur’on tilovati bilan boshlangan musobaqa tadbiri Qur’on tilovati, ustoz va faxriy ustozlarning nasihat va maslahatlari, samimiy tilak va duoyi fotihalari bilan yakunlandi. 

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha

 direktor oʻrinbosari  Z.Komiljonova

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 80
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 67
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 70
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry