04.04.2022
509

  Nojoiz nikohlar

       

Shig'or nikohi

Shig’or nikohi islom harom qilgan johiliyat nikohlaridan xisoblanadi. 

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shig'ordan qaytarganlar".

Shig'or bu- bir kishi qizini boshqa bir kishiga nikohlaydi va u kishi esa qizini bu kishiga nikohlab beradi va oralarida mahr bo'lmaydi. Ya’ni ikki kishi o’zaro kelishib olgan holda bir birining qiziga o’rtada mahr bermaslik sharti bilan uylanadilar.

 Darul Muxtorda aytadilar: Shig'or mahrdan holi bo'lgani uchun man qilingan.

Ibn Abdul Bar aytadilar: Ulamolar shig'or nikoh joiz emasligiga ijmo qilganlar.

Mut’a nikohi

Mut’a nikohi ma’lum mablag’ evaziga qilinadigan vaqtinchalik uchun qurilgan nikohdir. Bu nikoh islomda harom qilingan. Agar u 100 yilga deb kelishilgan bo’lsa ham, nikoh aqdida nikohni vaqti tayin qilingani uchun botil bo’ladi. 

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar kuni ayollarni mut’a qilishdan va eshak go’shti yeyishdan qaytardilar”.

Yana bir hadisda Sabrota Al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ey insonlar, albatta men sizlarga ayollarga mut’a qilishga izn bergan edim. Batahqiq, Alloh taolo buni qiyomatga qadar harom qildi. Kimda ulardan birortasi bo’lsa ozod qilsin va ularga bergan narsangizdan hech narsa olmang”.

Nikohi harom qilinganlar.

Nikohi harom qilinganlar 2 turli bo’ladi:

1.  Nikohi abadiy harom qilinganlar

2. Nikohi vaqtincha harom qilinganlar.

Nikohi abadiy harom qilinganlarni o’zi 3 turli bo’ladi: nasab jihatidan, razoat(emizish) va qudachilik jihatidan.

Nasab jihatidan harom qilinganlar:

1. Ona 2. Qiz 3. Opa-singil 4. Amma 5. Xola 6. Aka ukaning qizlari 7. Opa singilning qizlari

Razoat(emizish) jihatidan harom qilinganlar:

1. Ona 2. Qiz 3. Opa-singil 4. Amma 5. Xola 6. Aka-ukaning farzandlari 7. Opa-singilning farzandlari 8. Qaynona 9. Farzandining xotini

Qudachilik jihatidan harom qilinganlar:

1. O’gay ona 2. O’gay qiz 3. Farzandining xotini 4. Qaynona 

Nikohi vaqtincha harom qilinganlar:

1. Eri o’zi 3 taloq bergan ayol (toki boshqa bir insonga turmushga chiqib, undan ajralmaguncha birinchi eriga halol bo’lmaydi)

2. Iddadagi ayol (iddasi tugaganidan so’ng unga uylanish mumkin bo’ladi)

3. Eri bor ayol (erli ayolga uylanib bo’lmaydi, ayol eridan ajragandan so’ng unga uylanish mumkin bo’ladi)

4. Samoviy dinda bo’lmagan va murtad ayol

5. Opa singillarni jamlash (bir vaqtda 2ta opa singilga uylanib bo’lmaydi. Agar opasiga uylansa, so’ngra undan ajralsa, ajralgandan keyin singlisiga uylanish mumkin bo’ladi)

                        Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus

 islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Mirzayeva Muattaroy tarjimasi (Mahmud Tahmozning "Al fiqhul hanafiy fiy savbihi jadid" kitobi )

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 182
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 209
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 388
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry