MUASSASASIMIZ MUTAXASSISI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI
“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR OʻRTA MAXSUS
ISLOM TAʼLIM MUASSASASI MUTAXASSISI ISHTIROKIDA
DAVRA SUHBATI
Ta’lim muassasasi mutaxassisi ishtirokida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 1 aprel kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi direktori, mutaxassis N.Ibragimova ishtirokida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” konseptual g‘oyasi asosida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbatda qizlarning odobi, axloqi, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib ta’lim olish, bilimli bo’lish va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishda asos ekani, Unda jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, islom odobining sifatlari, oila-turmush munosabatlari, yosh avlodga ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish masalalari yuzasidan mulohazalar bildirildi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Suhbat juda qizg’in va qiziqarli bo’ldi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
boʻyicha direktor oʻrinbosari
Zaynab Komiljonova