12.04.2022
319

Ayollarning namozidagi farqlar

 

Namoz o‘qish paytida erkak va ayollar qiladigan harakatlar orasida farqlar bor. Quyida ularni batafsil  bayon qilamiz. Ayol kishi:

  • Takbiri tahrimada qo‘llarini yelkalari barobarigacha ko‘taradi.

Ya’ni, «Takbiri tahrima»da, ya'ni namozni boshlash uchun niyatni qilib bo‘lib «Allohu akbar» degan paytda erkak kishilar qo‘llarini quloqlarigacha, ya’ni bosh barmoqlarini quloqlarining yumshoq joyigacha ko‘tarib, tekkizib takbir aytsalar, ayollar takbir paytida qo‘llarini bir oz qimtingan holda yelka barobar ko‘taradilar.

  • Ayol kishi takbiri tahrimada qo‘llarini yengidan chiqarmaydi.

Ya’ni, ayol kishi ikki qo‘l kaftini ko‘tarayotgan paytida yengidan chiqarib, ya’ni ochishga harakat qilmaydi, o‘sha yenglari bilan qo‘llarini to‘sgan holda takbir aytib qo‘l ko‘taradi.

  • Ayol qiyomda o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l kafti ustida qilib ko‘kragiga qo‘yadi.

Ya’ni, erkaklar namoz o‘qiyotgan paytlarida qo‘l bog‘laganlarida qo‘llarini kindiklari ostiga qo‘yadigan bo‘lsalar, ayollar shu qiyomda turganlarida ikki qo‘llarini ko‘kraklarida tutgan holda qo‘l bog‘lab namoz o‘qiydilar. 

  • Ruku’da o‘tirmoqchi bo‘lgan kishi kabi sal egiladi.

Ya’ni, ruku’ga borganlarida erkaklarga o‘xshab juda pastgacha egilib ruku’ qilmasdan, balki ruku’ desa bo‘larli holatda egilib ruku’ni boshlang‘ich suratini ado etadilar, erkaklarga o‘xshab juda pastga qarab engashib, bellari bilan boshlarini to‘g‘ri holga tushishini harakat qilmaydilar.

  • Ruku’da tirsak (chig‘anoq)larini sonlariga yopishtirib turadi.

Ya’ni, ruku’ qilgan paytlarida ikki chig‘anoqlari bilan qimtinib, biqinlariga tekkizib turadi, erkaklar esa ochib-kengaytirib turishlari kerak.

  • Sajdada qornini soniga, qo‘l bilaklarini yerga yopishtirib turadi.

Ya’ni, sajdaga borganlarida ham qimtingan hollarida qorinlarini ikki sonlariga tegadigan qilib, erkaklarga o‘xshab orani baland ochmasdan sajda qiladilar. Sajda qilgan paytida erkaklar chig‘anoqlarini ko‘tarib tursalar, ayollar yana qimtingan hollarida chig‘anoqlarini yerga tekkizib turishlari tavsiya qilingan.

  • Qa’dada chap dumbasini yerga tekkazib, ikki oyog‘ini o‘ng tomonidan chiqarib o‘tiradi.

Qa’da - o‘tirish, ya'ni «Attahiya-tu»ni o‘qish paytidagi ikki rak’atdan keyin yoki to‘rt rak’atdan keyingi o‘tirishda farq bo‘ladi. Bunda ayollar oyoqlarini yondan chiqarib orqalarini yerga qo‘yib o‘tirishadi. Erkaklar esa oyoqlari ustiga o‘tiradilar.

  • Jahriy namozlarni ham maxfiy (ichida) o‘qiydi.

Ya’ni, ovoz chiqarib o‘qiladigan joylarda, erkaklar ovoz chiqarib qiroat qiladigan joylarda ayollar jahriy qiroat qilmaydilar, takbirlarni ovoz chiqarib aytmaydilar.

Xulosa shuki, ayol kishi barcha holatlarda yig‘inchoq bo‘lishga, barcha tarafdan satrning tadbirini qilishga buyurilgan. Shuning uchun ham yuqoridagi holatlarda erkaklardan farqli ravishda, o’zlariga xos holatda bo’ladilar. 

Ayollarimiz mana shu farqlarni bilib olib, namozlarini shunday holatda o‘qib borishsa, qoidaga muvofiq namoz o‘qigan bo‘ladilar. Alloh taolo barchalarimizning namozini dargohida qabul aylagan bo‘lsin. Vallohu a’lam.

Xadichai  Kubro ayol-qizlar o‘rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi 

Najimatdinova Biybiaysha

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry