Dunyoni zabt etib
"Sport- sog'likning himoyachisidir"
- Gipokrat.
Haqiqatdan ham, bugungi tig'iz kun tartibimizda har birimizning sog'lom tana, sog'lom turmush hayotiga ehtiyojimiz kattadir. Bu borada eng birinchi hayolimizga keladigan narsa sportdir. Bundan tashqari, dunyoni zabt etish,yurt nomini dunyoga tanitishning eng asosiy yo'nalishlaridan biri ilm bo'lsa,ikkinchisi sport sohasidir.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror topishiga yordamchi omildir. U turli kasalliklar, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar juda tez mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.
Yurtimizda,so'ng yillarda bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur bo'lgan ko'plab sharoitlar yaratilmoqda.
Bu borada yurtimiz yoshlari kundan kunga yurtimiz sha'nini himoya qilib ko'plar natijalarga erishmoqdalar. Jumladan,
Indoneziyada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida sportchilarimiz 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza – jami 70 ta medalni qoʻlga kiritdi. Mamlakatimiz oltin medallar soni boʻyicha 5-oʻrinni egallagani oʻzbek sporti tarixida eng yaxshi natija boʻldi.
Bunday mukofotlar davlatimiz rahbari tomonidan yuksak e'tirofga sazovor bo'lmoqda. Bunga ularning quyidagi so'zlarini keltirishimiz mumkin:
– Biz xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirishga katta hissa qoʻshgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta eʼtibor berishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, sportchilarimiz dalatimiz tomonidan katta mukofotlar bilan taqdirlanmoqda. Bunga yaqqol misol,shaxmatning rapid yo'nalishi bo'yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan 17 yoshli Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti va 2 xonali xonadon kaliti topshirildi.Bundan tashqari, Nodirbek Abdusattorovga 250 million so‘m, ustozlari — Jahongir Vohidovga va marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi. Bunday mukofotlar va yutuqlarning tobora ortib borayotgani kishini albatta g'urur iftixorga to'ldiradi.
Dunyodagi global rivojlanish davrida texnika tariqqiy topayotgani natijasida insonlarning yumushlari qulaylashib bormoqda, bu esa turmush tarzimizda jismoniy harakatlarning kamayishiga qaramay yurtimizdagi aholini sog'lomlashtirish va sport sohasidagi islohotlarning natijasini yoshlarimizning sportdagi yutuqlarida yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus
islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi Joziba Jamol qizi